Geometrik masalalarni algebraik usuldan foydalanib yechish



Yüklə 55,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü55,51 Kb.
#191889
  1   2   3   4
Tursinaliyeva Dilnoza Mo’m injon qizi



Международный
научный
журнал

4
(100), 
часть
2
 
«
Научный импульс
»
Ноябрь
, 202
1658 
GEOMETRIK MASALALARNI ALGEBRAIK USULDAN FOYDALANIB YECHISH
METODIKASI 
Tursinaliyeva Dilnoza Mo’minjon qizi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika unversiteti magistranti 
Annotasiya:
Maqolada geometrik masalalarni algebraic usulda yechish orqali 
o'quvchilarni mantiqiy fikrlashga o'rgatish haqida fikr yuritiladi

Kalit so'zlar:
O'quvchi, mantiqiy fikrlash, geometrik masala, maktab 
 
O'quvchini mantiqiy fikrlashga, izlanishga, ijod qilishga, o'z navbatida mustaqil ta'lim 
olishga, o'z-o'zini rivojlantirishga tayyorlash maktabning asosiy vazifasidir. Mantiqiy 
fikrlashni shakllantirishga oid olib boriladigan ta'lim jarayonining asosiy mazmuni va 
mohiyatini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Mantiqiylik, pedagogik tushuncha sifatida 
ta'limning maqsadi va vositasiga birdek tegishlidir. Ya'ni ta'limdan maqsad, avvalo, 
mantiqiy fikrlaydigan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Ta'limning vositasi sifatida u 
o'quvchilarga taqdim etilayotgan bilimlarning mantiqiy jihatdan izchilligini ifodalaydi. Ta'lim 
jarayonida mantiqiy fikrlashga harakat qiladigan o'quvchilarni tarkib toptirish maqsadida 
ko'plab mutaxassislar izlanmoqdalar. Ularning fikricha, yuqoridagi masalalarni hal etishning 
samarali yo'llaridan biri - bu muammoli o'qitishdir. Bunday o'qitishning vazifasi faol bilish 
jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli 
o'qitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Muammoli darslar bilish 
jarayonining samaradorligini oshiradi, bilimlarni chuqur, ongli mustahkam o'zlashtirishga, 
mantiqiy fikrlash va izlanishlar natijasida o'ziga xos kashfiyotlar qilish imkonini beradi. 
Bunday ta'limdan maqsad o'quvchilarda o'quv topshiriqlarini hal etish, bilish va mantiqiy 
fikrlash faoliyatini shakllantirishdir. 
Geometriya materiallarini o'rganish jarayonida o'quvchilarda ziyraklik, diqqat 
rivojlanadi. Ular geometrik shakllarni tasniflash, tabaqalashtirish, taqqoslashga 
o'rganadilar. O'lchash malakalarini egallash orqali ularda mustaqillik va ishonch 
rivojlantiriladi. Maktab geometriya kursining asosiy maqsadi o'quvchilarni mantiqiy 
tafakkur qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ekan, shu maqsadni amalga oshirish uchun 
o'qish jarayonida bir qancha isbotlashga va hisoblashga doir masalalarni yechish talab 
qilinadi. Geometriya so'zi grekcha bo'lib, «geo» - yer, «metriya» -o'lchash so'zlаridаn 
tаshkil topgаn. Bu «yerni o'lchаsh» degаn fikrni bildirаdi. Geometriyaning tekislikdаgi 
shаkllаrining хossаlаrini o'rgаnuvchi bo'limi plаnimetriya deb аtаlаdi. Geometriya fonming 
vаzifаlаridаn biri shаkllаmi o'zаro tаqqoslаsh mаsаlаsidir. Shаkllаrni o'zBro tаqqoslаshdа 
ulBining chizmаlаridаn (tаsvirlаridаn) foydаlаnilаdi. Shаkllаrning chizmаsini hosil qilishni 
geometriyaning eng birinchi mаsаlаsi deb аytish mumkin. Shаkllаrning bа'zi mа'lum 
хossаlаridаn foydаlаnib, uning yangi хossаlаrini o'rgаnish geometriyaning umumiy 


Международный
научный
журнал

4
(100), 

Yüklə 55,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin