Asinxron dvigatelni tormozlash rejimlari



Yüklə 22,65 Kb.
səhifə1/6
tarix20.06.2023
ölçüsü22,65 Kb.
#132941
  1   2   3   4   5   6
Asinxron dvigatelni tormozlash rejimlari


Asinxron dvigatelni tormozlash rejimlari
Asinxron dvigatelli ko‘p yuritmalar uchun ishga tushirishga nisbatan tormozlash rejimi katta ahamiyat­ga ega. Chunki bu rejimga ishonchlilik va soz ishlash talablari qo‘yiladi. Ko‘pincha berilgan holatda aniq to‘xtash va aniq vaqt orasida tormozlash talab etiladi.
Asinxron dvgatellarda quyidagi: tarmoqqa energiya­ni qaytarish yo‘li bilan generator rejimida tormozlash; mashina generator rejimida ishlab statorga o‘zgarmas tok bilan turli qo‘zg‘atish hosil qilgan holda dinamik tormozlash, teskari ulash bilan tormozlash; o‘z-o‘zini qo‘zg‘atib kondensatorli yoki magnitli dinamik tormozlash rejimlari qo‘llanadi. Stator magnit maydoni qo‘zg‘atish usuli bo‘yicha ikkita guruhga bo‘linadi: o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas tok tarmog‘i orqali mustaqil qo‘zg‘atishli (rekuperativ teskari ulash va dinamik tormozlash) va kondensator batareyasi orasida energiya almashuvi hisobiga yoki dvigatel statori qisqa tutash­tirilganda magnit oqimi o‘zinduksiya EYK hisobiga hosil bo‘ladigan o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish orqali.
Yuqorida qayd etilgan rejimlarni qisqa tutashgan va faza rotorli mashinalar uchun qo‘llash mumkin.
Energiyani tarmoqqa qaytarib tormozlash. Boshqa mashinalar kabi asinxron dvigatel uchun ham elek­tromagnit induksiya prinsipini qo‘llab (dvigatel va generator rejimida ishlash qobiliyati) uni generator rejimida ishlashiga imkon yaratish mumkin. Agarda mashina o‘qida yuklama bo‘lmasa (salt yurish) u holda tarmoqdan olinayotgan energiya rotordagi mexanik isroflar, po‘latdagi isroflar hamda statordagi isroflarni qoplash uchun sarflanadi. Mashina o‘qiga rotor­ning aylanish tomoni bo‘yicha ta’sir etayotgan tashqi moment qo‘yish bilan sinxron tezlikka erishish mumkin. Bu holda rotordagi isroflar tashqi energiya manbayi hisobiga qoplanadi, tarmoqdan esa faqat statordagi isroflarni qoplash uchun energiya iste’mol qili­nadi. Shundan so‘ng tezlikning sinxrondan yuqoriga o‘zgarishi asinxron mashinani generator rejimiga o‘tishga olib keladi.
Bu rejimda ishlaganda stator simlarini (chulg‘amini) oldingi yo‘nalishdagi magnit maydoni kesib o‘tadi, rotor simlarini esa teskari yo‘nalishda kesib o‘tadi. Shuning uchun rotor EYK E2 o‘z ishorasini o‘zgartiradi, ya’ni Eў2= (-s)Eў2»-Eў2S.
Bu ifodadan ko‘rinib turibdiki, AD generator rejimiga o‘tishi bilan faqat rotor tokining aktiv tashkil etuvchisi o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi. Chunki dvigatel o‘qidagi aylantiruvchi moment dvigatel rejimiga nisbatan o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgani uchun Iў2a tokining aktiv tashkil etuvchisi ishorasining o‘zgarishi elektromagnit quvvatining manfiy bo‘lishiga olib keladi, ya’ni tarmoqqa qaytariladi, chunki < 0 bo‘lib
Ikkilamchi kontur reaktiv quvvatining belgisi mashi­naning ishlash rejimiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgarmay saqlanishi quyidagi ifodadan ko‘rinadi:
Asinxron dvigatellarda reaktiv statik moment mavjud bo‘lganda energiyani tarmoqqa qaytarib, generator tormozlashni ularning qutblar sonini o‘zgartirish yoki aylanish tezligini chastotali, chastota-tokli va vektor usulida rostlab amalga oshirish mumkin. Birinchi holda (4.10- rasm, a) mashina statorini kam qutblar sonidan ko‘p qutblar soniga o‘zgartirib, sinxron tezlik kamaytiriladi w02 < w01 va bunda butun davr davomida dvigatel ikkinchi kvadrantda ishlayotganda tormozlash energiyani tarmoqqa qayta­rish bilan amalga oshiriladi.

Tezlikni chastota yordamida rostlayotganda stator ta’minot chastotasini asosiydan kamaytira borib, (f1 dan to ff1 va f< f2) dvigatelni bir mexanik tavsifdan boshqasiga o‘tkaziladi (4.10-rasm, b).


Yuritma ishchi nuqtasi ikkinchi kvadrantda joylashgan mexanik tavsif bo‘laklari bo‘yicha harakatlanishi davomida energiyani tarmoqqa qaytarib tormozlash rejimida ishlaydi. Dvigatelni ta’minlovchi chastotani ravon va avtomatik ravishda o‘zgartirib ozgina o‘zgaruvchi moment bilan yuritmaning tormozlash rejimini olish mumkin.

Yüklə 22,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin