Asinxron dvigatelni tormozlash rejimlari


 Asinxron dvigatellarning tezligini rostlash



Yüklə 22,65 Kb.
səhifə4/6
tarix20.06.2023
ölçüsü22,65 Kb.
#132941
1   2   3   4   5   6
Asinxron dvigatelni tormozlash rejimlari

4.6. Asinxron dvigatellarning tezligini rostlash

Asinxron dvigatellarning tezligini rostlash uch xil usulda amalga oshirilishi mumkin. Birinchi usul — parametrik rostlash bo‘lib, u dvigatelning ayrim para­metrlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq. Bunda stator zanjirining aktiv yoki aktiv-induktiv qarshiliklarini; rotor zanjirining aktiv yoki aktiv-induktiv qarshiliklarini; mashinaning qutblar sonini o‘zgartirish mumkin.

Ikkinchi usul rotor zanjiriga qo‘shimcha EYK kiritib yoki qo‘shimcha EYK hosil qilish maqsadida maxsus qo‘shimcha chulg‘am qo‘llash orqali bajariladi (o‘zgaruvchan tok kollektorli mashinalar).

Tezlikni rostlashning uchinchi usuli dvigatel ta’minot manbayi qiymatlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq. Bu esa dvgatel kuchlanishini; dvigatel ta’minot manbayi chastotasini; dvigatel ta’minotini impuls ravishda o‘zgartish orqali amalga oshiriladi. Hozirda asinxron mashina tezligini rostlashning quyidagi: chastota orqali rostlash, bunda chastota boshqariladi va statordagi kuchlanish shakllantiriladi; chastota-tokli boshqarish, bunda chastota boshqariladi va tok shakl­lantiriladi; vektorli boshqarish, bunda mashinaning asosiy magnit ilashishi vektori shakllantiriladi; momentni bevosita boshqarish usullari mavjud.

Asinxron mashina uchun tarmoqdan berilgan quvvat quyidagi ko‘rinishga keltiriladi:

PMwPtPt(1-S) =D Pm, (4.30)

bu yerda: PtPm, D P — mos ravishda tarmoqdan berilgan, mexanik ishga aylantirilgan va isrof bo‘layotgan quvvatlar; M — elektromagnit moment.

Tezlikni rostlash rejimlari mashina parametrlarini uzoq vaqt nominal qiymatdan og‘ishiga olib keladi. Shuning uchun bu yerda: energiya isrofi qurilmaning FIK va quvvat koeffitsiyenti muhim rol o‘ynaydi.

Rotor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik kiritish. Simmetrik aktiv qarshiliklar kiritilganda kritik sirpanish ortadi, kritik moment esa o‘zgarmay qoladi. Demak, tezlikni yuklama momenti o‘zgarmay qolganda ham rostlash mumkin. Sirpanish energiyasi qo‘shimcha qarshiliklarda chiqib ketganligi uchun mashinaning qizishi xuddi nominal rejim­dagidek saqlanib qoladi. S= 0,5 ga teng bo‘lgandayoq umumiy sirpanish


4.14- rasm. Ko‘p fazali asinxron dvigatelning stator fazalari seksiyalarining ulanish sxemalari: juft qutblar sonini 2= 8 (a) va 2= 4 ni seksiyalarni ketma-ket (b) va parallel (d) ulagan holatdagi sxemalari.


4.15- rasm. Ikki tezlikli dvigatelning mexanik tavsiflari:

a — o‘zgarmas moment rejimida; b — o‘zgarmas quvvat rejimida.

isroflari mexanik ishga aylanadigan quvvatga teng bo‘ladi. MMnom bo‘lganda rostlash diapazonini quyidagi formula orqali hisoblash mumkin:


= wnom/wnom = 1-Snom/n = [1-Snom/(m1-1)]•m1, (4.31)
bu yerda: wnom va wmin — dvigatel burchak tezligining nominal va minimal qiymatlari; nmin — minimal tezlikning nisbiy qiymati; m1 — ishga tushirish momentining nisbiy qiymati.
Odatda m1 ning qiymati m= 1,5-2,0 oralig‘ida beriladi, u holda = (3ё2)(1-Snom) yuritmaning FIK ni topamiz:

h = Pm/Pt = Mnomw/Mnomw= ni.


FIK ning o‘rtacha qiymati:
hur = (+ 1/2D)•ht,
bu yerda: ht — dvigatelning nominal qiymatlari beril­ganda tabiiy tavsifdagi FIK.
Bu holda dvigatelning quvvat koeffitsiyenti ham o‘zgaradi. Induktiv qarshilik Skr va Mkr qiymatlarini kamaytiradi va quvvat koeffitsiyentini pasaytiradi. Shuning uchun amalda asosan rotorda faqat aktiv-induktiv qarshilikdan foydalaniladi. Rostlashning bu usuli reostatli rostlashga qaraganda faqat ravonligi bilan farq qiladi.
Bunday rostlash usullarida quvvat isrofi katta bo‘ladi. Shu bois bu usul amalda kam qo‘llanadi.


Yüklə 22,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin