Asinxron elektr dvigatel


Sanoat elektrotexnologik qurilmalarining turlari



Yüklə 246,31 Kb.
səhifə12/35
tarix10.06.2022
ölçüsü246,31 Kb.
#61192
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Asinxron elektr dvigatel

2.7.2. Sanoat elektrotexnologik qurilmalarining turlari
1. Elektr tokining pirovard issiqlik ta’siriga asoslangan qurilmalar. Bu guruh qurilmalariga uy rozgor qizdirish jihozlari, bevosita va bilvosita qizdirish qarshilik pechlari, suyuqlik va gazlarni qizdirish qurilmalari - turli korinishdagi elektr qozonlari va elektrokaloriferlar, shuningdek qizdiruvchi elementlar vazifasini ishqorlar yoki oksidlar eritmalari bajaruvchi, elektrodli vannalar.
Metallarni elektroshlak usulida qayta eritish va elektroshlak usulida payvandlash qurilmalarining ishlash prinsipi, elektrodlar orasidagi muhitni (boshliqni) toldiruvchi shlaklarda elektr toki ta’sirida ajralib chiqadigan issiqlik energiyaisdan foydalanishga asoslanadi.
Kontaktli payvandlash qurilmalarida elektr energiyasi ikki detalning tutash nuqtalaridagi otish qarshiligida issiqlik energiyasiga aylanadi. Ushbu jarayon faqatgina tokning impulsli rejimida amalga oshirilib, mazkur korinishidagi payvandlash qurilmalarining sxemasi va elektr ta’minotining oziga xos xususiyatlarini belgilaydi.
Induksion qizdirish qurilmalarining ishlash prinsipi sanoat chastotasi va undan yuqori chastotadagi ozgaruvchan tok elektr energiyasini avval ozgaruvchan magnit maydon energiyasiga, bu energiyani esa yana elektr energiyasiga va songra oxirgi korinishdagi energiyani qizdiriluvchi materialda issiqlik energiyasiga aylantirishga asoslanadi. Ushbu usuldan faqat tok otkazuvchan materiallarni qizdirishda foydalaniladi.
Dielektrik materiallarni qizdirishda esa moddalarni polyari-zasiyalash jarayonida yuqori chastotali elektr maydon energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirishga asoslangan qurilmalardan foydalaniladi.
Ishlash prinsipi elektr yoyida ajralayotgan issiqlikdan foydalanishiga asoslangan qurilmalarga metallarni va otga chidamli materiallarni eritish, fosfor va boshqa metallarni olish uchun belgilangan elektr yoy pechlari va rudnotermik pechlar, shuningdek metallarni qayta eritish va rafinasiya qilish uchun belgilangan vakuum - yoy pechlarini misol qilish mumkin. Bunday qurilmalar sifatida metall va nometall (metall bolmagan) materiallarga plazmali va plazma yoy ususlida ishlov beruvchi qurilmalarni korsatish mumkin. Mazkur qurilmalarda metallarni qayta eritish, yuzalarga himoya qoplamalarini berish va shu kabi boshqa jarayonlarni amalga oshirish mumkin.
Elektr yoy payvandlash qurilmalarida ajralib chiqayotgan issiqlik energiyasining asosiy miqdori (quvvati) yoyning tayanch nuqtalariga (katod va anod «dog» lariga) togri kelishi bilan birga elektr yoy payvandlash jarayonining borishiga elektr yoyining «ustun» qismi ham oz ta’sirini korsatadi.
Elektron - nurli va lazer qurilmalarida issiqlik enegiyasi razryad kanalidagi suyuqlikdan katta kuchdagi tokning impuls rejimida oqishi natijasida ajralib chiqadi.



Yüklə 246,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin