Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni to ‘g'ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulab ishga tushirish sxemasi (a) va bunda tok ¡t va aylantiruvchi moment M ning o ‘zgarish grafiklari (b).
1-rasm
Motorning stator chulg‘amini to‘g‘ridan to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulab ishga tushirish yuqoridagi kamchiliklarga ega bolishidan qat’iy nazar, u sodda, arzón va energetik ko‘rsatkichlari kattadir.
Tarmoq kuchlanishini pasaytirib ishga tushirish. Bunday usul bilan quwati katta bo‘lgan qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlar ishga tushiriladi. Tarmoq kuchlanishini pasaytirish usullari quyidagidan iborat:
a) stator chulg'amini yulduz usulidan uchhurchak usuliga o'tkazish yo‘li bilan ishga tushirish. Asinxron motorni bunda stator chulg'ami fazalariga berilayotgan kuchlanish marta kamayadi, xuddi
shuningdek faza toklari ham 3 marta kamayadi. Liniya toklari esa 3
marta kamayadi. Stator chulg‘amlarining ulanish sxemasini o‘zgartirish 3 fazali kontaktor yoki ulagich yordamida amalga oshiriladi ( 1.a- rasm).
b) asinxron motorni reaktor yordamida ishga tushirish.Bunday usul bilan ishga tushirishda (1.b-rasm) reaktiv qarshiliklarda ishga tushirish tokiga to‘g‘ri mutanosiblikda boiadigan kuchlanish pasayishi U vujudga kelib, stator chulg‘amlariga pasaygan kuchlanish U1 beriladi.
2-rasm. Tormoz kuchlanishini pasaytirib ishga tushirish sxemalari: stator chulg‘amini yulduz ulanish sxemadan uchburchak ulanish sxemasibilan ishga tushirish (a); statorchulg‘amiga reaktor R (reaktiv qarshilik) ulab (b) yoki AT — avtotransformator yordamida kuchlanishni pasaytirib (d) ishga tushirish sxemalari (bularda: QU — qayta ulagich; Ql, Q2 va Q3 — ishga tushirish kontaktorlari). Bu kuchlanish ta’sirida motorning rotori aylana boshlaydi. Motorning aylanish chastotasi oshib borgan sari rotor chulg‘amida hosil bo‘ladigan EYK kamayib boradi, natijada ishga tushirish toki ham kamayadi.
Stator chulg‘amlari bilan ketma-ket ulangan qarshiliklarda kuchlanish pasayishi U kamayadi va motorning aylanish chastotasi oshgan sari unga berilayotgan kuchlanish U,avtomatik ravishda ko‘payib boradi. So‘ngra Q2 ulagich ulanadi va motorga tarmoq kuchlanishi U, beriladi, bunda motor nominal kuchlanish bilan ishlaydi.