2.4.2. TRANSFORMATORNING TUZILISHI
Transformatorlar o‘zgaruvchan tokning kuchlanishini o‘zgartirish-ga xizmat qilib, asosiy va yordamchi qismlardan iborat. Asosiy qism-transformatorlarning elektromagnit jarayonlarini vujudga keltiruvchi cho‘lg‘amlardan va magnit oqimni kuchaytiruvchi magnit o‘zakdan iborat. Yordamchi qismlar esa transformatorning quvvati, kuchlanishi, turlari va h.k. larga qarab, bir necha o‘nlab bo‘laklardan iborat. Ular qatoriga moyli transformatorlarning baklari, ulamani va cho‘lg‘amlarni bolovchi izolyatorlar va boshqalar kiradi.
Transformatorning yordamchi qismlariga shuningdek:
1. Gaz relesi;
2. Kengaytiruvchi bak;
3. Gaz chiqaruvchi truba;
4. Sovutish radiatorlari yoki trubalari kiradi.
2.4.3. TRANSFORMATORNING MAGNIT O‘ZAGI
Transformatorning magnit o‘zaklari elektrotexnik po‘latdan tayyorlanadi.
2.1 - rasm. Transformatorning umumiy ko‘rinishi: 1- cho‘lg‘amlar; 2- magnit o‘zak; 3-termosifon filtr; 4- izolyator; 5-radiatorli bak; 6-gaz chiqaruvchi truba;
7-kengaytiruvchi bak
Magnit o‘zakni tayyorlashda gisterezis va uyurma toklari ta’siridagi quvvat isroflarini kamaytirish tadbirlari hisobga olinishi kerak. Shuning uchun magnit o‘zaklarni tayyorlashda magnit yumshoq elektrotexnik po‘latdan foydalaniladi. Uyurma toklarni kamaytirish maqsadida elektrotexnik po‘lat tunukalar bir-biridan maxsus elektr himoyalovchi laklar yordamida qop-lanadi. Himoyalovchi lakning qalin-ligi transformator cho‘lg‘amlarining kuchlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Magnit o‘zakni tayyorlash uchun ishlanilgan elektrotexnik po‘-lat tunukaning qalinligi o‘zakning magnitlanish chastotasiga bog‘liq, chastota f = 50 Gs bo‘lganda po‘lat tunukaning qalinligi 0,35 yoki 0,5 mm bo‘ladi. Transformatorning magnit o‘zaklari asosan ikki xil konstruksiyada, ustunli (sterjnevoy) (2.2,a-rasm) va qobiqli (bronevoy) (2.2,b-rasm) ko‘rinishda tayyorlanadi, keyingi paytlarda fazoviy ustunli magnit sistemalar ham tayyorlanmoqda.
2.2-rasm. Transformatorning magnit o‘zagi:
a) ustunli, b) qobiqli. 1. Ustun; 2. To‘sin.
Uch ustunli transformatorning o’zaro bog‘langan magnit o‘tkazgichlari 2.3-rasmda ko‘rsatilgan, bu transformatorning xarakterli tomoni uning magnit tizimlarining nosimmetrikligidadir, chunki aloxida A, V va S fazalarining o‘zaklaridagi magnit zanjirlari bir xil emaC. O‘rtada joylashgan V o‘akning magnit zanjiri ikki chekkadagi A va S o‘zaklarnikidan qisqaroq, chunki uchala zanjirdagi magnit kuch chiziqlari bir-biri bilan ikki va nuqtalarda tutashadilar.
Kuch transformatorlarining magnit o‘zaklari issiq holda juvalangan E41, 42, E43 markali yoki sovuq holda juvalangan E310, E320, E330 markali elektrotexnik magnit yumshoq po‘latlardan tayyorlanadi. Keyingi paytlarda elektr mashinasozlik zavodlarida elektr mashina va transformatorlarning magnit o‘zaklarini tayyorlashda sovuq holda juvalangan E310, E320, E330 markali po‘latlar keng ishllanilmoqda.
Transformatorlarning magnit o‘zaklaridagi induksiya asosan 1,2 - 1,5 Tl, issiq holda juvalangan po‘latlar uchun 1,5-1,7 Tl ni va magnit o‘zagi sovuq holda juvalangan po‘latdan tayyorlangan moyli transformatorlarda induksiya 1,0-1,5 Tl tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |