Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari



Yüklə 253,29 Kb.
səhifə16/55
tarix05.12.2023
ölçüsü253,29 Kb.
#173076
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m-fayllar.org

Geometrik shakllar bolalar uchun doim qiziqarli tuyuladi. Bolalar bilan olib
boriladigan turli didaktik o‘yinlarning aksariyati geometrik figuralar bilan bog‘liq.
Ular geometrik figuralar ishtirok etgan o‘yinlarni jon-dili bilan qiziqib o‘ynaydilar.
Ularni tasvirlash, bo‘yash, bir necha figuralarni birlashtirib, yaxlit tasvirlar hosil
qilishni xush ko‘radilar. Shuning uchun ham bolalarga bunday shakllarni tanishtirish
qiyin bo‘lmaydi.


Fazoda mo‘ljal olish malakalari bolalarda mashg‘ulotlardan tashqari ochiq
havoda olib boriladigan harakatli o‘yinlar, turli ko‘rsatmalar, tasavvurni boyitish
uchun olib boriladigan didaktik materiallar natijasida rivojlantiriladi.

Vaqt bo‘yicha mo‘ljal olish malakalari turli mashg‘ulotlarning tashkiliy
qismida, kunning turli qismlarida tashkil etiladigan ishlar davomida o‘rgatib boriladi.
Asosan, bolalarga ertalab, kechqurun, kun, tun, kecha, bugun, ertaga kabi
tushunchalar orqali savollar beriladi. Bolalarning bu savollarga bergan javoblari
tarbiyachi tomonidan to‘g‘rilab boriladi.

Narsalar shaklini doiraviy, uchrubchak, to‘g‘ri to‘rtburchakli, kvadrat,

to‘rtburchakli, oval ko‘rinishdagilarini farqlash - Bunda bolalarning ilgari
egallagan geometrik shakllar to‘g‘risidagi bilimlari, tasavvurlari yangi murakkabroq
ma’lumotlar asosida boyitiladi va mustahkamlanadi. Chunki 4-5 yoshli bolalar
geometrik shakllarga o‘xshash predmetlarni topadilar, geometrik figura va shakllarni
nomini biladilar, miqdoriy aloqalarini belgilaydilar, tayyorlov guruhlarida bu bilimlar
boyitiladi.


Qog‘oz varag‘ida yo‘nalishlarini farqlash – Bu vazifalar nafaqat matematik
tasavvurlarni rivojlantirish mashg‘ulotlarida, balki boshqa turdagi mashg‘ulotlarda
ham amalga oshiriladi. Bolalar daftar kataklarida raqamlarni qay holatda yozishni,
4
Бикбаева Н.У. ва бошқалар Мактабгача ёшдаги болаларда математик тасаввурларни шакллантириш. Т.: 1995.

Б 133
5


Бикбаева Н.У. ва бошқалар Мактабгача ёшдаги болаларда математик тасаввурларни шакллантириш. Т.: 1995.

Б 78



yozishni qaysi tomondan boshlash qoidalarini o‘rganishlari lozim. Shuningdek, ular


raqamlarni yozishda avval ularning elementlarini yozishni o‘rganadilar.



Yüklə 253,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin