tanlash u yoki bu dastur masalasi mazmuni, shuningdek bolalarning tegishli bilim va
ko‘nikmalari darajalari, nihoyat, har qaysi yosh xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda
amaliy metod yetakchi
metod hisoblanadi. Uning mohiyati bolalarning buyumlar yoki ularning o‘rnini
bosuvchilar (tasvirlar, grafik rasmlar, modellar, mulyajlar...) bilan ishlashning jiddiy
aniqlangan usullarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyatlarini tashkil
qilishdan iborat. Ko‘rsatmali va og‘zaki metodlar elementar matematik tasavvurlarni
shakllantirishda amaliy va o‘yin metodlari bilan birga qo‘llanadi. Bu ularning
mohiyatini hech ham kamaytirmaydi. Maktabgacha ta’limda ko‘rsatmali, og‘zaki va
amaliy metodlarga taalluqli va bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda qo‘llaniladigan
usullardan keng foydalaniladi. Bolalarning olgan bilimlari kundalik hayotda,
o‘yinda, mehnatda, turmushda, shuningdek, boshqa mashg‘ulotlarda doimiy ravishda
mustahkamlanishi juda muhim.
Dostları ilə paylaş: