Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


Qurilish, konstruksiyalash va matematika markazi



Yüklə 253,29 Kb.
səhifə43/55
tarix05.12.2023
ölçüsü253,29 Kb.
#173076
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m-fayllar.org

Qurilish, konstruksiyalash va matematika markazida turli xil va shakldagi
qurilish elementlari mavjud bo‘lib, bolalar ulardan o‘z fantaziyasiga tayangan xolda
inshootlar bunyod etadilar: misol uchun ko‘rgan tarixiy obidalari, uylar, garajlar,
ferma va shu kabilar. Qurilish bilan mashg‘ul bo‘lgan bolalar bu yerda juda ko‘p
narsalarni o‘zlashtirib oladilar. U bolalarning matematik qobiliyatlarini
rivojlantirishga, ijtimoiy ko‘nikmalarni egallashga yordamlashadi, muammolarni xal
etish tajribasini beradi. Bu yerda, shuningdek, ijodiy yondashishni namoyon etish va
bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni o‘rganish mumkin. Ushbu markazga
tarbiyachilar va bolalar xoxish-istagiga ko‘ra ko‘plab turli narsalarni – o‘yinchoq
mashinalar, yuk mashinalari, samolyotlar, gazlama bo‘laklarini qo‘shib qo‘yish
mumkin.

Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazida bolalarda haqiqiy
hayotdan olingan kichik sahna ko‘rinishlarini o‘ynashga xoxish-istak uyg‘otish uchun
albatta kerakli kiyimlar va boshqa narsalar bo‘lishi zarur. Bular ularda atrofda


nimalar sodir bo‘layotganini anglash, ularni ajrata olish hamda hayotda o‘z o‘rinlarini


tushunib yetishlariga yordam beradi.


Til va nutq markazida kitoblar va eshitish hamda yozish uchun o‘quv
qurollari mavjud bo‘ladi. Bu tinch burchak bo‘lib, unda bolalar kitoblarni qarab
chiqishlari, bir-birlariga o‘qib berishlari mumkin. Shuningdek, bu yerda tarbiyachi
yoki ko‘ngilli yordamchi bolalarga kitobni ovoz chiqarib o‘qib berishi mumkin. Unda
bolalarga kitobchalarni o‘z qo‘llari bilan yasash, mavzu(syujet)larni o‘ylab topish va
ijro etish, hikoyalar eshitish taklif etiladi.


Ilm-fan va tabiat markazida boshqotirma va konstruktor kabi bolalar
yig‘ishi va bo‘laklarga ajratishi mumkin bo‘lgan narsalar bo‘lishi lozim. Bu yerda,
shuningdek, bolalarning bir xilda taqqoslashlari, turlicha tasniflashlari, sanashlari
uchun yordam beradigan o‘yinlar ham bo‘lishi kerak. Ushbu markazda bolalarning
tabiat hodisalari haqida bilib olgan tushunchalari va ko‘chadan topilgan narsalar bilan
mashg‘ul bo‘lishlari uchun foydalaniladi.


San’at markazi bolalarning o‘z ijodiy qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazish va
amalga oshirishga rag‘batlantiradi, ularga yangi materiallar bilan tanishishdan
qoniqish olish imkoniyatlarini beradi, bolalarning sezish qobiliyatini boyitadi. Bu
yerda bo‘yoq, qog‘oz, qaychi, bo‘rchalar, qalamlar, gazlama bo‘laklari va kesish
hamda yelimlash uchun turli qiyqimlar mavjud. Shuningdek, tabiiy materiallar –
yog‘och, barg, qum-tuproqni ham qo‘shib qo‘yish foydadan xoli emas. Ushbu
markazdagi mashg‘ulotlar ijodiy qobiliyat, so‘z orqali va so‘zsiz muloqot, umumiy
va nozik harakatlanish, aqliy qobiliyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.



Yüklə 253,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin