foydalanish. 6 yoshli bolalarda o‘z xulq-atvorini boshqarish qobiliyati paydo
bo‘ladi. Ularda erkin xotira, diqqat rivojlanadi. Shu yoshda ular topshiriqni
bajarishga, o‘z ishiga ijobiy baho olishga intiladilar. Bolalar o‘quv topshiriqlariga
katta qiziqish bilan qaraydilar. Katta guruh bolalari birinchi o‘nlik sonlarini yaxshi
o‘zlashtirishlari kerak. Har xil buyumlar to‘plamini sanash, patternlarni o‘rganish,
ularning qatorda kelish tartiblarini aniqlash jarayonida sonlar mohiyatini
o‘zlashtirish amalga oshiriladi. Bolalar bilan bajariladigan hamma ishlar ular oldingi
bosqichlarda olgan bilimlar va ularni hisobga olish asosida tashkil qilinadi.
O‘rganishni o‘tilganlarni takrorlashdan boshlash kerak. Har qaysi yangi bilim
oldin o‘zlashtirilgan bilimlar tizimiga kiritilishi zarur. Mashqlar miqdori yetarli
bo‘lgandagina bolalarda puxta malaka va ko‘nikmalar shakllanishi mumkin.
Bolalarni buyumlar, o‘yinchoqlar, geometrik figuralar, kartochkalar va rasmlardagi
tasvirlarni sanash (qayta sanash, qo‘shib sanash, teskari sanash, ajratib sanash)ga,
ob’ektlar miqdorlarini sezish bilan aniqlashga mashq qildirish kerak. Maktabga
tayyorlov guruhida bola 7 yoshga qadar son, buyumlarning shakli va kattaligi haqida
nisbatan ko‘proq bilimlarni o‘zlashtirgan bo‘lishi, fazoda va vaqt bo‘yicha mo‘ljal ola
bilishi kerak. Tarbiyachi bolalarda matematik bilimlarga turg‘un qiziqish, ulardan
foydalanish malakasi va ularni mustaqil egallashga intilishni tarbiyalashga harakat
qilishi kerak. Shu yoshda bolalarda mustaqil fikrlash va fazoviy tasavvurni
rivojlantirish, ayniqsa, muhim. Bu vazifalar barcha mashg‘ulotlarda amalga
oshiriladi. Masalan: