7. Rangni sezishni shakllantirish, asosiy rang va tuslarni bilish, rang birikmalarini
tuzish mahoratini o‘zlashtirish;
8. Shakl, nisbat, kompozitsiya hissini shakllantirish;
9.
Geometrik shakllarni ajratish, ularni nomini bilish;
10. Hajm va sonlarni bilish;
11. Kompozitsion mahorat
malakalarini shakllantirish;
12. Syujetli applikatsiyada predmet (buyum yoki narsa)larni joylashtirishda mo‘ljal
olish.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida esa, bolalarga sakrash, yugurish, o‘ng va
chap
tomonga qaytish, asosiy harakat turlarini bajarishda sanoq sonlar va fazoviy
parametrlardan foydalanishda bolalar e’tibori mashqlarning necha marta
bajarilganligiga, qo‘l-oyoqlarning yuqoriga, pastga, o‘ng
va chap tomonga
harakatlantirishga qaratilishi samarali natijalar beradi. Chunki jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlarida bolalarning tartib sanoq bilan shug‘ullanishlariga, harakat
yo‘nalishlarini aniqlashlariga to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: