Intellektual – anglash malakalari bolada tug‘ilgandan boshlab oila a’zolari
yordamida shakllantirilsa, keyinchalik bog‘chada bu malakalar mashg‘ulotlar orqali
tarbiyachilar tomonidan boyitiladi. Mashg‘ulotlar, mashg‘ulotlardan tashqari ishlar,
jamoada olib boriladigan ta’limiy va tarbiyaviy tadbirlar yordamida intellektual
malakalar rivojlantiriladi.
“Ilk qadam” dasturi asosida bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-
tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
· bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi;
· o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan
foydalanadi;
· predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va
ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;
· raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi;
· makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;
· elementarmatematikhisoblashlarni amalga oshiradi;
· atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi;
· atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadi.
Elementar matematik malakalar- Har kaysi yosh guruhi dasturi bo‘yicha
o‘rgatiladigan miqdor va sanoq, kattalik, geometrik figuralar, fazoda mo‘ljal olish,
vaqt bo‘yicha mo‘ljal olish.
Davlat talablari asosida bolalarni maktabga tayyorlash uchun har bir yo‘nalish
bo‘yicha samarali tashkil etilgan metodik ishlar nihoyatda zarur. Bular asosan
mashg‘ulotlar, mashg‘ulotlardan tashqari amaliy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar,
oila bilan maktabgacha ta’lim muassasalarining hamkorlikdagi ishlardir.Chunki,
bolalarning asosiy vaqti maktabgacha ta’lim muassasasida o‘tsa, qolgan vaqtda ular
oila davrasida bo‘ladilar. Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun
maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi
shakllarini tashkil qilishi mumkin: