ko‘nikmalar hosil kilinadi. Atrofdagi xamma narsani mikdor jihatidan kuzatishlarni
uyushtirishga, bolalarning o‘z faoliyatlarining xilma-xil turlarida matematik
mazmundagi bilim va ko‘nikmalaridan kanday foydalanishlariga katta axamiyat
beriladi. Mashg‘ulotlarda va kundalik hayotda didaktik o‘yinlardan hamda o‘yin-
mashqlardan keng foydalaniladi. Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda o‘yinlar
tashkil kilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi,
chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. Bir qancha hollarda, masalan, joyni bilish
ko‘nikmasini rivojlantirish yuzasidan olib boriladigan ishlarda o‘yinlar asosiy o‘quv
vazifasini o‘taydi. Mashg‘ulotlarda bolalarning aktiv faoliyati birinchi navbatda
yangi material ustida ishlashni xamda ilgari o‘tilgan materialni takrorlashni birga
to‘g‘ri qo‘shib olib borish bilan ish turlarini va uni tashkil etish
usullarini almashtirib turish bilan ya’ni, mashg‘ulot tuzilmasi bilan taqsimlanadi.
Mashg‘ulotlar dastur vazifalarining hajmi, mazmuni, uyg‘unlikda olib
borilishi, tegishli bilim va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishi darajasi, bolalarning
yosh xususiyatlari bilan belgilanadi. Maktabga borish davriga kelib bolalar
to‘plam va son, shakl va kattalik xakida o‘zaro bog‘langan bilimlarni nisbatan
ko‘prok egallagan, fazada va vaqtni mo‘ljallay olishni o‘rgangan bo‘lishlari zarur.
Tajriba, birinchi sinf o‘quvchilarida uchraydigan qiyinchilik, odatda mavhum
bilimlarni egallab olish, aniq predmetlar, ularning obrazlari bilan amal kilishdan,
sonlar va boshka mavhum tushunchalar bilan bajariladigan amallarga o‘tish
zarurligini ko‘rsatadi. Bunday o‘tish bolaning rivojlangan aqliy faoliyatini talab
etadi. Bolalar turli matematik bog‘lanishli munosabatlarni aniqlash usullarini,
masalan, to‘plam elementlari o‘rtasidagi moslikni aniqlash usullarini egallaydilar
(to‘plamdagi elementlarni birma-bir amalda solishtiradilar, kattalik nisbatlarini
aniklash uchun ularni ustma-ust, yonma-yon qilib ko‘rish usullaridan
foydalanadilar).Ular mikdor nisbatlarini aniqlashda eng anik usul predmetlarni
sanash va kattaliklarni o‘lchash ekanligini tushuna boshlaydilar. Sanash va ulchash
malakalari ularda tobora mustaxkam va ongli bo‘lib boradi.
Har qaysi yosh guruhi dasturi ushbu bo‘limlardan iborat:
· Miqdor va sanoq.
· Kattalik.
· Geometrik figuralar.
· Fazoda mo‘ljal olish.
· Vaqt bo‘yicha mo‘ljal olish.
O‘quv yilining oxirida katta guruh bolalari kuyidagilarni bilishlari kerak:
· narsalarni 10 tagacha sanay olish;
· sanok va tartib sonlardan to‘g‘ri foydalanish;
· 10 tagacha bo‘lgan sonlarni yonma-yon turganlarini (ko‘rgazma asosida)
taqqoslay olish;
· teng bo‘lmagan 2 guruh narsalar sonini ikki usul bilan tenglashtira olish
(1ta narsa ko‘shish yoki ayirish usuli bilan);
· 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlarni nomi va farqini bilish;
· turli mikdordagi 10 tagacha bo‘lgan narsalarni eni, bo‘yi, balandligi,
qalinligi, o‘lchami va ular orasidagi munosabatlarni hisobga olgan holda
ortib borishi yoki kamayib borishi tartibida joylashtirib taqqoslash;
· narsalar shaklini doiraviy, uchrubchak, to‘g‘ri to‘rtburchakli, kvadrat,
to‘rtburchakli, oval ko‘rinishdagilarini farklash;
· kog‘oz varag‘ida yo‘nalishlarini farqlash;
· narsalarning o‘ziga yoki boshqa narsalarga nisbatan joylashish vaziyati,
yo‘nalishini so‘z bilan ifodalash;
· hafta kunlari ketma-ketligi, sutka qismlari nomlari kabilar.
Bu tushunchalar mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda ham olib boriladi.
Masalan,
miqdor va sanoq tushunchalari bilan bolalar turli hayotiy
vaziyatlarda duch keladilar. Ular nechta?, qancha?, nechanchi? kabi savollarga javob
topadilar. Bu ishlar oilada, tevarak – atrofda, o‘yin faoliyati davomida amalga
oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tayyorlov guruhi bolalari egallashlari kerak bo‘lgan
malakalar quyida o‘z aksini topadi:
Dostları ilə paylaş: