Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


Illustrasiya vositalari yordamida matematik tasavvurlarni rivojlantirish



Yüklə 253,29 Kb.
səhifə24/55
tarix05.12.2023
ölçüsü253,29 Kb.
#173076
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m-fayllar.org

Illustrasiya vositalari yordamida matematik tasavvurlarni rivojlantirish.
Illustrasiya vositalariga axborot kommunikatsiya texnologiyalari, ko‘rgazma
plakatlar, guruhlarda tashkil etilgan turli faoliyat markazlari kiradi. Maktabgacha


ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyasidan foydalanishning keng


imkoniyatlari mavjud. Jumladan, tarbiyalanuvchilariga raqam va harflarni
o‘rgatishda, elementar matematik tushunchalar bilan tanishtirishda, ijobiy va salbiy
ekologik ta’sirlarni bayon qilishda, ta’limiy va rivojlantiruvchi kompyuterli
o‘yinlarni amalga oshirishda foydalaniladi. Bu vositalardan foydalanishda bolalar
e’tibori namoyish etilayotgan mavzuga qaratiladi. Axborot kommunikatsiya
texnologiyalaridan kompyuterlar, prezentatsiya-slaydlar, televizor, elektron doskalar
yordamida namoyish etiladigan materiallar asosida bolalarga matematik bilimlar
berishda asosiy mavzu sifatida geometrik shakllar, sanoq, vaqt va fazoviy
tushunchalar, mo‘ljal olish, miqdor va matematik munosabat, o‘lcham kabi mavzular
tanlanadi. Mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishda ko‘rsatma-qo‘llanmalarni
to‘g‘ri tanlashning ahamiyati katta. Matematik tasavvurlarni shakllantirishda ham,
bolalarni dastlabki umumlashtirishlarga keltirish (qo‘shni sonlar orasidagi
bog‘lanishlar va munosabatlar, «teng», «ortiq», «kam», «butun», «qism»)
borasida ham ko‘rsatmalilik asos bo‘lib xizmat qiladi. Hamma mashg‘ulotlarda
kundalik turmushda ishlatiladigan buyumlar, o‘yinchoqlar, tabiiy materiallardan
keng foydalaniladi. Hamma bolalar o‘yinchoqlar bilan o‘ynashlari uchun
o‘yinchoqlar ko‘p miqdorda tanlanadi. Matematik bilimlar abstraksiyalash yo‘li
bilan o‘zlashtirilishi sababli turli-tuman buyumlardan foydalaniladi. O‘rgatishning
ma’lum bosqichida jadvallar, sxemalar (olmani ikkita va to‘rtta teng qismga bo‘lish
sxemasi) ko‘rsatmali material bo‘lishi kerak. Ko‘rsatmalilikning xarakteri yoshdan
yoshga o‘tish bilangina emas, balki joyga hamda bilimlarni o‘zlashtirishning har xil
bosqichlarida konkret bilan abstrakt orasidagn munosabatlarga bog‘liq holda ham
o‘zgarib turadi. Chunonchi o‘rgatishning ma’lum bosqichida buyumlar to‘plamini
sanash


Yüklə 253,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin