Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


O‘yin vositalarisiz amalga oshiriladigan o‘yinlar



Yüklə 253,29 Kb.
səhifə32/55
tarix05.12.2023
ölçüsü253,29 Kb.
#173076
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m-fayllar.org

O‘yin vositalarisiz amalga oshiriladigan o‘yinlar xontaxta ustida, xonada
va dalada o‘ynaladigan o‘yinlar, kompyuter va televizor o‘yinlari kabi texnik
vositalar mavjudki, bular o‘yin vositalari ham bolalarga matematik ko‘nikmalarni
rivojlantirishda katta yordam beradi. Maktabgacha ta’limda yoshi kattalarning
to‘plagan tajribasini kichik yoshdagilarga singdirish jarayonida o‘yinlar ta’lim
metodi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘yin metodlariga qarab maktabgacha ta’lim
vazifalaridan kelib chiqib, predmetli, syujetli-ishchan, drammalashtirilgan
o‘yinlardan keng foydalaniladi. Maktabgacha ta’limda rivojlantiruvchi pedagogik
o‘yinlarni o‘quv tarbiya jarayonida qo‘llash quyidagi o‘ziga xos xarakterga ega
bo‘ladi.

Birinchidan, rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlar maxsus topshiriqlar
majmuasidan iborat bo‘ladi.


Ikkinchidan, o‘yin faoliyatidagi topshiriqlar rangli kublar, g‘ishtchalar,
kvadratlar, plastilin, karton qog‘ozlar, konsruktor-mexanik to‘plamlarida turli
ornament, rasm va bezakli predmetlar vositasida amalga oshiriladi.




Uchinchidan, topshiriqlar mustaqil bajarilishini ta’minlash maqsadida ularni
oddiydan murakkabga tomon, aniq vaqt oralig‘ida sifatli bajarilishini ta’minlash
darkor.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida interfaol o‘yinlardan foydalanish ijobiy

natijalarga olib keladi. Bu o‘yinlar jarayonida bola passiv ob’ektdan faol sub’ektga


aylanadi. Tarbiyachining asosiy vazifasi esa o‘yinni tashkil etish, bolalar ijodiga
sharoit yaratishdan iborat. Interfaol o‘yinlar jarayonida bola mustaqil fikrini to‘g‘ri
bayon etishga, boshqalarni tinglashga o‘rganadi, boshqacha qilib aytganda interfaol
o‘yinlar orqali kelajakda har bir bola uchun zarur bo‘lgan ijobiy sifatlar
shakllantiriladi.
Interfaol o‘yinlarni samarali o‘tkazish uchun quyidagi qoidalarga e’tibor
berish lozim:
1. Mashg‘ulot oldidan bolalar o‘yin qoidalari va mazmunini qay darajada
tushunganliklarini aniqlash.
2. Bolalarning yosh xususiyatlari va bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini hisobga
olish.

3. Har bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish.


4. O‘yin jarayonida bolalarga qiziq bo‘lgan materiallardan foydalanish.
5. Diqqat va e’tiborni jalb etadigan usullarni izlab topish.
6. Bolalarga rollarni to‘g‘ri taqsimlash.
7. O‘yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bilish.
8. O‘yinning asosiy bosqichlari haqida tasavvurga ega bo‘lish va natijalarini
prognoz qilish.


Yüklə 253,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin