bir biridan farqini topib, ikkinchi bosqichda bir necha geometrik shakllar asosida
yaxlit obrazli figura xosil qilish so‘raladi. Bolalar tezlik bilan to‘rtburchak,
uchburchaklardan qandaydir yaxlit buyumlarni hosil qilishi kerak.
Keyingi rejada bolalarning diqqati figuralarning nechtaligi, ularning
o‘lchamlariga ko‘chiriladi.
Shuningdek, bu o‘yinlar orqali bolalarning tafakkuri ham
rivojlantiriladi.
O‘yinlarning yana bir turi
xotirani o‘stirishga qaratilgan o‘yinlardir.
Bunday o‘yinlar o‘quvchilarni o‘z oldiga maqsad qo‘ya olishga o‘rgatadi: biror
narsani
eslab qolish, ana shu maqsadni amalga oshirish vositalarini izlab topish
shular jumlasidandir. Bolalarga ilgari o‘rganilgan mavzu eslatiladi. Yangi mavzu
bilan tanishtirishdan oldin oldingi mavzuni mustahkamlashda shunday o‘yinlardan
foydalaniladi. Masalan, “Nechta shaklni bilasiz?”, “Kim uzoq sanaydi?”, “Sonlarning
qo‘shnilarini top” kabi o‘yinlar xotira mashqlari sanadi.
Tafakkurni o‘stirish o‘yinlarining maqsadi obrazli-harakatli, ko‘rgazmali-
obrazli, mantiqiy tafakkur turlarini egallashdan iborat. Bunday o‘yinlar mobaynida
bolalarda mantiqiy tafakkur elementlari shakllana
boshlaydi, ya’ni ular xulosalar qila
oladilar, mantiq qonunlariga ko‘ra fikrlaydilar. Bola ijodiy qobiliyatining o‘sishi
deganda tasavvur xayolning taraqqiyoti va noan’anaviy tafakkur qila olish
tushuniladi. Ijodkorlik ko‘p jixatdan o‘z his - tuyg‘ulari,
olam haqidagi
tasavvurlarini turli usullar bilan bayon eta olishga bog‘liq. Buning uchun esa
bola har bir narsada uning turli tomonlarini ko‘ra olishi, narsaga xos alohida
belgilarning
barchasini his qilishi, obrazni ko‘z oldiga keltira olishi kerak. Shu
sababli bunday o‘yinlar puxta reja asosida muntazam o‘tkazib turilishi kerak.
Deyarli har bir o‘yin uchun uni o‘tkazishning soddaroq yoki murakkabroq
ko‘rinishlaridan foydalanish lozim.
Bolalar topshiriqlarni bajarishga qiynalmasa, unga birmuncha murakkabroq
topshiriq beriladi, agar qiynalsa, soddaroq topshiriq berish lozim.
«Buyum o‘zi
Dostları ilə paylaş: