Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida matematik



Yüklə 253,29 Kb.
səhifə28/55
tarix05.12.2023
ölçüsü253,29 Kb.
#173076
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m-fayllar.org

2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida matematik

tasavvurlarni rivojlantirishda interaktiv usullardan foydalanish imkoniyatlari
Xalq ta’limi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish o‘sib
kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat
jihatdan yanga darajaga ko‘tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek,
o‘quv-tarbiya jarayonida ta’limning innovatsion shakllari va usullarini qo‘llashga
ko‘maklashadi. Mamlakatimizda ayni paytda vujudga kelgan shart-sharoitlar
o‘qitishning shakli, mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlarini qayta ko‘rib
chiqishni va bu jarayonga tegishli o‘zgartirishlarni kiritishni taqozo etmoqda.
Xususan, shu kunlarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan
chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun tarbiyachilarining malakasini oshirish
mazmuni va shakllarini takomillashtirish zarurati paydo bo‘ldi.
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat
talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv
dasturini amalda joriy etish, shu asosda maktabgacha ta’lim muassasalari
tarbiyachilari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish
hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni nazarda tutadi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilariga ta’limda innovasion
texnologiyalar, mashg‘ulotlarni metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etishning mazmun va
mohiyatini ochib beradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining tayyorlov guruhlarida
elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg‘ulotlarini o‘tkazish va bu
mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish, bolalarning matematik tushunchalarini, sensor
tuyg‘ularini o‘stirish, bolalarga son-sanoq, kattalik, geometrik shakl, tevarak-atrofda
mo‘ljal olish, vaqtni chamalash haqida tushunchalar berishni ko‘zda tutadi.


Dastur asosida olib boriladigan ishlarni to‘laqonli amalga oshirish esa,


tarbiyachilardan mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazishga oid kasbiy bilim va
ko‘nikmalarini malaka talablari asosida chuqurlashtirish, yangilash va ta’lim-tarbiya
jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish yo‘llarini egallashlarini nazarda
tutadi. Buning uchun maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining
zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlari haqidagi bilim, ko‘nikma va
malakalarini rivojlantirishlari, mashg‘ulotlarni tashkil etish usullari, samarali
yo‘llarni qo‘llash orqali mashg‘ulotlarni o‘tkazishlari, zamonaviy yondashuvlar va
innovatsiyalarni amalga oshirishlari, mashg‘ulot ishlanmalarini ishlab chiqishga
qo‘yilgan zamonaviy talablarni o‘zlashtirishlari, mashg‘ulotlar jarayonida
integratsiya va innovasiyalardan foydalanishlari zarur. Shuningdek, ular
mashg‘ulotlarda tarbiyalanuvchilarning faolligini oshirishga xizmat qiladigan
interfaol ta’lim shakllari, metodlari va vositalaridan samarali foydalanishlari,
mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazishda rivojlangan mamlakatlardagi jahon
tajribalaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallashlari, mashg‘ulotning didaktik
ta’minotini takomillashtirish kompetensiyalariga ega bo‘lishlari bolalarda matematik
tasavvurlarni rivojlantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Bular tarbiyachilarning kasbiy
pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi. Chunki ta’lim tizimiga,
jumladan maktabgacha ta’lim tizimiga xam yangi pedagogik texnologiyalar,
interfaol usullar kirib kelmoqda. Bu usullar sirasiga ta’limiy o‘yinlarning bir qancha
turlaridan matematik tasavvurlarni rivojlantiruvchi interfaol o‘yinlar, idrokni
o‘stirishga qaratilgan o‘yinlar, diqqatni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlar, xotirani
o‘stirishga qaratilgan o‘yinlar, tafakkurni o‘stirishga qaratilgan o‘yinlar, o‘yin
vositalari yordamida va o‘yin vositalarisiz amalga oshiriladigan o‘yinlar va individual
mashqlar misol bo‘ladi. Pedagogik nuqtai nazardan to‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin
bolaning axloqiy, irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga unda bilim
olishga, atrofdagi olam sirlarini ochishga qiziqish uyg‘otadi. Shuning uchun
maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘yin texnologiyalaridan keng foydalanish kerak.
O‘yin texnologiyasi an’anaviy ta’limdagi o‘yin metodidan o‘zining aniq maqsadi,
amalga oshirish kerak bo‘lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o‘zaro
bog‘liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.
Birinchi navbatda matematik tasavvurlarni rivojlantiruvchi interfaol



Yüklə 253,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin