Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


haqida nima deydi?», «Qismlariga ko‘ra buyumning nomini ayt», «Raqamli



Yüklə 253,29 Kb.
səhifə31/55
tarix05.12.2023
ölçüsü253,29 Kb.
#173076
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m-fayllar.org

haqida nima deydi?», «Qismlariga ko‘ra buyumning nomini ayt», «Raqamli

va shaklli domino» kabi o‘yinlardan, shuningdek, kubchalar, qirqma rasmlardan
foydalanish mumkin. O‘yin - aqliy rivojlanishida muammosi bo‘lgan bolaning
kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti, hamkorlik maktabidir. Samimiylik,
o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, quvnoqlik kayfiyatlarini yaratish bilan o‘yin orqali bola
taraqqiyotiga erishiladi.


Masalan, bolaga 10 ichida matematik amallar bajarish taklif etiladi.



1+1=2 2+1=3 3+1=? 4+1=? 5+1=? 6+1=?

7+1=? 8+1=? 9+1=? ...
Keyingi etapda topshiriqlar mazmuni murakkablashtiriladi.


5+2=? 2+7=? 5+2=? 4+3=? 5-2=? 9-7=?

5+3=? 2+6=? ...

Ta’limiy o‘yinlar. Bolani didaktik material bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda
yangi narsalarni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini tarbiyalash, narsalarning o‘lchami,
shakli, rangi haqidagi tushunchalarini boyitish vazifalari amalga oshiriladi.

Mozaika”, “Domino”, “Pazl”, “Tangramma” o‘yinlari (doira, uchburchak,


kvadrat) xos shakllarning o‘zaro munosabatlari ichida to‘g‘ri mo‘ljal olishga, bir
necha qismlardan (qirqma rasmlar, kubiklar) bir butunni hosil qilishga, bir xildagi
narsalarning bitta sensor belgisi (rang, shakl, o‘lcham) bo‘yicha mosligi va
farqlarini aniqlashga, qiyoslashga va guruhlashga o‘rgatishni ko‘zda tutadi. Bunday
o‘yinlar aqliy tarbiyalashning muhim vositasi hisoblanadi. Ta’limiy o‘yinlar
bolalarda bilish jarayonlarini, fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi. Didaktik
o‘yinlarning muhim jihati bolalarning fikrlash faolligini, mustaqilligini va nutqini
rivojlantirishidir. O‘yin vositalari sifatida turli o‘yinchoqlar, konstruktorlar (koptok,
piramida, kub...) yordamchi vositalar sifatida misol bo‘la oladi.



Yüklə 253,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin