Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari



Yüklə 253,29 Kb.
səhifə34/55
tarix05.12.2023
ölçüsü253,29 Kb.
#173076
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m-fayllar.org

«Son-sanoq» bo‘limi «Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish»
bo‘limining asosiy o‘zagidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning mazkur bo‘lim
dasturiy masalalarini o‘zlashtirishlari maktabning boshlang‘ich sinflarida ularning
matematikani ongli o‘zlashtirishlariga xizmat qiladi.
Maktabgacha yoshidagi bolalarni o‘qitishda matematik bilimlar tarkibini
tekshirish tenglik-tengsizlik, qism-butun munosabatlari, bilvosita tenglashtirish sanoq
va arifmetik amallarni to‘liq va ongli o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladigan sodda
masalalar va munosabatlarning o‘zidan iborat eqanini ko‘rsatadi. Bu munosabat
va masalalarni (ularning eng sodda shakllarini) bolalar 3 yoshdan boshlab tushuna
boshlaydilar. Ular bunday mashg‘ulotlarga katta qiziqish bilan yondashadilar, xuddi
shu yerning o‘zida o‘zlashtirganlari (tenglik, qism-butun va h.k. munosabatlari)ni
o‘yinlarga ko‘chiradilar, turmushda amaliy ishlar qilishda foydalanadilar, bir-
birlariga (katta va tayyorlov guruhi bolalari) shunga o‘xshash masalalarni taklif
qiladilar.

Kattalik”. Mashg‘ulotlar bolalarning masofalarning har xil turlari haqidagi


tasavvurlarini aniqlashdan boshlanadi. («uzunlik», «kenglik», «balandlik»
«qalinlik» «yo‘g‘onlik») buyumlarning kattaliklarida mustaqil mo‘ljal olish
tushunchalarini egallab olish, ularni taqqoslash va kattaliklar bo‘yicha
munosabatlarini tushunib olish imkonini beradi. Buyumlar orasida kattalik bo‘yicha
konkret munosabatlarni o‘rnatish tajribasi qanchalik boy va turli-tuman bo‘lsa,
keyinchalik bolalarni bu munosabatlarni umumlashtirishga, konkret tavsiflarni
abstrakt ta’riflarga, ya’ni «teng», «ortiq», «kam» («katta», «kichik») tushunchalariga
o‘rgatish shunchalik oson bo‘ladi. Kattalik tushunchasi mashg‘ulotlardan tashqari
doimiy tarzda kun tartibi davomida ham rivojlantiriladi. Bolalar buyumlarning
o‘lchamlarini taqqoslashga o‘rganadilar.

Geometrik shakllar”. O‘quv yilining dastlabki oylarida maktabgacha


yoshidagi bolalarning o‘zlariga tanish geometrik shakllar - doira va kvadratlarni
farq qilish hamda to‘g‘ri aytish malakalarini mustahkamlash kerak. Bu ishni


guruhlarni miqdoriy taqqoslash va sanoqqa o‘rgatish mashqlari bilan bir vaqtda


o‘tkazish maqsadga muvofiq. Mashg‘ulotlarda bolalarni doira, kvadrat,
uchburchakning ba’zi belgilari bilan, keyinroq esa, to‘g‘ri to‘rtburchakning
belgilari bilan tanishtirish, shakllar har xil o‘lchamli va har xil rangli bo‘lishini
ko‘rsatish muhim.
Bolalar tarbiyachi bilan birga katta o‘lchamli (diametri 15 sm) shakllarni
qarashadi, kichik o‘lchamdagi xuddi shu shakllarni ko‘rsatishadi. Bolalarga o‘z
konvertlaridagi shakllarni ajratish va ular qanday shakllar ekanini va qanchaligini
aytish taklif qilinadi. Tarbiyachining topshirig‘iga binoan, bolalar shakllarning
kattaliklari bo‘yicha ortib va kamayib borish tartibida joylashtiradilar, har xil
shakllarning miqdorlarini taqqoslab, qaysi shakllar kam, qaysi «shakllarning
miqdori barobar eqanini aniqlaydilar. Birinchi mashg‘ulotda bolalarga
shakllarning bir xil komplekti beriladi, keyingi mashg‘ulotlarda esa, har qaysi bola
shakllarning shunday komplektini oladiki, unda shakllarning miqdori, rangi va
o‘lchami har xil bo‘ladi. Tarbiyachining ko‘rsatmasiga binoan, bolalar figuralarni
ikki poloskali kartochkalarga shakli, rangi, kattaligi bo‘yicha joylashtiradilar, so‘ngra
poloskalarning har qaysisidagi shakllar miqdorini taqqoslaydilar. Mashg‘ulotlarda
bolalar kvadratlar bilan to‘g‘ri to‘rtburchaklarni taqqoslaydilar va ularning ba’zi
xususiyatlari bilan tanishadilar.
Shuni kuzatish kerakki, bolalar «burchak» so‘zini burchakning uchi bilan,
ya’ni burchakni hosil qiluvchi nurlar (tomonlar) chiqadigan nuqta bilan
bog‘lamasinlar. Shuning uchun burchak ko‘rsatilayotganda, qo‘lni burchak
tekisligida bir tomondan ikkinchi tomongacha surib borib ko‘rsatish maqsadga
muvofiqdir.
Bolalar o‘z kvadratlari va to‘g‘ri to‘rtburchaklarining tomonlarini topishadi,
so‘ngra esa burchaklarini topishadi, tomonlar va burchaklar miqdorlarini
sanashadi, kvadrat va to‘rtburchakning to‘rttadan burchagi va to‘rttadan tomoni
borligini aniqlashadi.
Navbatdagi mashg‘ulotda ular uchburchaklarni ham xuddi shunday
tekshirishadi va hamma uchburchakda uchtadan burchak va uchtadan tomon
borligini aniqlashadi. Bunday mashqlarni bolalar shakllarni tekshirib, ko‘yilgan
savolga javobni mustaqil izlab topa oladigan qilib tuzish kerak.
Geometrik shakllar haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun tarbiyachi
bolalarga oldin sanoq cho‘plaridan shakl tuzishni, so‘ngra murakkabroq
ornamentlar hosil qilishni taklif qiladi.
Shakllarni farq qilish va aytish bo‘yicha mashq qildirish uchun «Nima
o‘zgardi?», «Nima yo‘q bo‘ldi?», «Shakllar dominosi», «Xuddi shunday shaklni
ko‘rsat» kabi didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.
Masalan, tarbiyachida plakat bo‘lib, unga har xil geometrik shakllar
joylashtiriladi. Tarbiyachi goh u shaklni, goh bu shaklni ko‘rsatadi, bolalar esa,

o‘z shakllari orasidan xuddi shunday shakllarni topishadi, ko‘rsatishadi va nomini


aytishadi.



Yüklə 253,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin