yunoncha so‘z bo‘lib, «tecne» - «mahorat», «san’at» va «logos» - «tushuncha»,
«o‘rganish» demakdir. “Texnologiya” so‘zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish
usullari va vositalari xaqidagi bilimlar yig‘indisi,
shuningdek, ob’ektda sodir
bo‘ladigan sifat o‘zgarishlari tushuniladi. O‘yin texnologiyasi ham o‘yin metodidan
o‘zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo‘lgan jarayonlarning mantiqiy
ketma-ketligi va o‘zaro bog‘liqligi, oldindan belgilangan natijalarga
erishish kafolati
bilan farq qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga matematik bilimlarni
izchillikda va mukammal tarzda yetkazib berish uchun ham interfaol usullarni
qo‘llash zaruriyati mavjud. Tarbiyachining vazifasi bolalar ko‘zi o‘ngida o‘yin
vaziyatining ko‘rgazmali manzarasini gavdalantirishdan, o‘yin obrazlarini
yorqin
tasvirlashdan, bolalar tasavvuri va hislariga ta’sir etishdan, ularning ijodiy
tashabbusni faollashtirishdan iboratdir. Tayyorlov guruhlarida o‘yinlar
rollarni
taqsimlashdan boshlanadi.
Idrokni o‘stirishga qaratilgan o‘yinlar bolada narsalarning rangi, shakli,
kattaligiga ko‘ra tahlil qilish malakasini shakllantiradi. Bunday o‘yinlar qatoriga
“Shakllar ichidan qizil ranglilarni top”, “O‘lchamiga qarab guruhla”, “Nechta
burchaklilar bor?”, “Figurali domino”... o‘yinlari kiradi.
Maktabgacha yosh
oxiriga kelib, bolalar rang qatoridagi 7 xil rangni bemalol farqlay oladilar. Ular
asosiy geometrik shakllar (doira, oval, to‘rtburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak,
uchburchak)ni bilishlari lozim. Namunaga ko‘ra yoki nomi aytilgan ma’lum bir
shakldagi narsalarni ajrata olishlari kerak. Bolalar narsalarning kattaligini farqlashda
ularning o‘lchami bo‘yicha terib chiqishni biladilar, 20
ta tayoqcha, doiracha yoki
boshqa bir xil turdagi kattaligi har xil predmetlarni kattalashib va kichiklashib
boruvchi tartibda qo‘yib chiqadilar. Narsalar kattaligini 3 xil o‘lchamda nomini
ayta oladilar (uzunlik, kenglik, balandlik). Bu ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari
uchun
bolalarga shu turdagi o‘yinlar taklif etiladi.
Navbatdagi o‘yinlar guruhi
diqqatni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlar
bo‘lib, ular voqelikning ma’lum jihatlariga qarata diqqatni to‘plashga o‘rgatadi
(diqqatni to‘plamasdan hech bir ishni bajarish mumkin emas). Bu o‘yinlar turkumi
orqali bolalar diqqatining turg‘unligi, ko‘chuvchanligi, bo‘linuvchanligi kabi
xususiyatlari shakllantiriladi.
Diqqatning turg‘unligi biror narsa ustida uzoq vaqt
diqqatni to‘plab
tura olish, demakdir. Ma’lumki, aqliy rivojlanishida muammolari
bo‘lgan bolalar diqqati muqim bo‘lmay, bolalarda ish jarayonida muqimlilik
bo‘lmaydi. Ya’ni bolalar bir faoliyatda uzoq shug‘ullana olmaydilar.
Diqqatni
Dostları ilə paylaş: