Sekin-asta bolalarda matematikani idrok etish tajribasi boyitildi. Bolalarda esa
Bugungi kunda olib borilayotgan har bir tadqiqotning vazifalari quyidagilardan
iborat:
- mavzuga oid pedagogik manbalarni o‘rganish, taxlil qilish va
umumlashtirish;
- muammoning nazariya va amaliyotdagi axvolini o‘rganish xamda taxlil
qilish;
- maktabgacha ta’lim muassasalarining katta va tayyorlov guruhi bolalarida
bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishning mazmuni va metodikasini ishlab
chikish;
- bolalar bilimini shakllantirishga yunaltirilgan pedagogik tizimning
samaradorligini amaliy tajribada sinab kurish;
- Tadqiqot natijalari asosida respublikadagi maktabgacha ta’lim muassasalari
xodimlari va ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalar va qo‘llanmalar yaratish.
Sonlar va raqamlar xususida tarbiyalanuvchilarga tushunchalar berildi. Dastlab,
sonlar qanday kelib chiqishi, ular nimani anglatishi xususida ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng, geometrik shakllarni ushlab ko‘rishlari, burchaklariga qo‘llari bilan
tegishlariga ruxsat berildi. Uchburchak so‘zma-so‘z tarjima qilinganda uchta burchak
degan ma’noni anglatishi gapirib berildi. Shundan so‘ng geometrik shakllar dan
pedagog-tarbiyachilar o‘z amaliyotida keng foydalanadigan bir necha shakllardan
yaxlit tasvir chizish taklif qilindi.
Matematika mashg‘ulotlarini integratsiyalash o‘zaro hamfikrlilik, bir biriga
qarab rasm chizish, o‘rtoqlarining harakatlariga e’tiborli bo‘lish tuyg‘usini
rivojlantirishga imkon beradi. Matematik fikrlash bola miyasining intellektual
faollashuvi vazifalarini uyg‘unlashtirishga ko‘maklashadi, natijada barcha bolalar
aqliy jihatdan faollashadi. Ularda fantaziya va ijodiy qobiliyat, matematik nutq
rivojlantiradi, matematikani tushunish va sevishga o‘rgatadi. Matematika
mashg‘ulotlari jarayonida sanashni o‘zlashtirish borasida, misollarni yechish
barobarida bolalar misollarning tuzilishini yaxshiroq tushuna boradilar, ularning ko‘p
yoki kamligini, mazmunini farqlaydilar va o‘zlari uchun yangi bo‘lgan matematika
olamiga kirib boradilar.
Matematika mashg‘ulotlarida tarbiyalanuvchilarni sonlar bilan tanishtirishda
raqamlarni eslab qolish maqsadida ularni belgilash uchun rangli aylanalardan, sanoq
cho‘plaridan foydalanadilar, keyinroq bolalar rangli aylanalar va sanoq cho‘plarsiz
mustaqil uddaladilar. Tarbiyalanuvchilarning matematika mashg‘ulotlarini
o‘zlashtirishlarini hamda ular tomonidan erishilayotgan muvaffaqiyatlarni monitoring
qilish shart deb hisoblaymiz, chunki u nafaqat bolalarning muvaffaqiyatlarini
baholashni, balki pedagogning o‘zini va korreksion jarayonning barcha ishtirokchilari
faoliyati samaradorligi darajasini tahlil qilish imkonini beradi. Pedagog esa, olingan
natijalardan kelib chiqib, bolalar, pedagoglar, ota-onalar bilan ishlashda tanlangan
usullar, texnologiyalarning to‘g‘riligi yuzasidan xulosa qilish imkoni tug‘iladi va
zaruriyat bo‘lganida o‘quv dasturini mukammallashiga erishiladi.
Mashg‘ulotlarning natijasi bolalarning o‘zlashtirish darajasi va ochiq mashg‘ulotlarda
ko‘rinadi. Aynan shunda bolalar mas’uliyatli, intizomli, e’tiborli bo‘lishga
o‘rganadilar. Agar kuzatuvchilar nafaqat bolalar, balki sevimli ota-onalar bo‘lsa,
unda muvaffaqiyatdan quvonch ikki barobarga ortadi. Bu yo‘nalishda birmuncha
mahsuldori, bolalar bilan ishlashda maktabgacha ta’lim muassasasida yuzaga kelgan,
jamoaviy sharoitda maxsus matematik qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan
qo‘shimcha ta’lim va ijodiy ishlash konsepsiyasi bo‘ldi. Bugungi kunda bu loyihaviy
usul maktabgacha ta’lim faoliyatida ta’limning innovatsion usuli hisoblanadi. Bu
usullar mashg‘ulotni faollashtiradi, ularni hissiy jihatdan maftunkor va yorqin qiladi.
Mazkur texnologiyaning maktabgacha pedagogikada mavjud bo‘lgan boshqa
texnologiyalardan farqi shundan iborat.
Loyixaviy mashg‘ulotlar quyidagicha amalga oshiriladi. O‘yinli,
kommunikativ, bilishga oid-tadqiqotchilik, matematik va harakatli faoliyat, bolalar va
kattalar bilan muloqot tarzida. Bunda tarbiyalanuvchilarda o‘zaro harakat, ijtimoiy va
emotsional intellekt rivojlanadi, tengdoshlari bilan birgalikda faoliyat yuritish
ko‘nikmasi shakllanadi. Shuningdek, tasavvur va ijodiy faollik rivojlanadi, matematik
zukkolik, miqdor, sanoq, vaqt, geometrik shakllar, vaqt bo‘yicha mo‘ljal olish,
harakatlar uyg‘unligi, matematik qobiliyatlar rivojlanadi. Matematikadan eng sodda
tasavvurlar shakllantiriladi, har bir bolaning individual chiziqlari, irodaning
mavjudligi, emotsionallik, diqqati jamlanganligi namoyon bo‘ladi. Tarbiyalanuvchida
o‘z kuchiga ishonmaslik, tortinchoqlik, juratsizlik bartaraf etiladi.
Dostları ilə paylaş: