Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari



Yüklə 253,29 Kb.
səhifə44/55
tarix05.12.2023
ölçüsü253,29 Kb.
#173076
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m-fayllar.org

Musiqadan va ritmika markazi butun kun davomida mashg‘ulotlarni
birlashtirish uchun foydalanish mumkin. Kuylash, harakatlar, qarsak chalish, o‘yinlar,
musiqa asboblari chalish va yozilgan kuy-qo‘shiqlarni tinglash har qanday dasturni
yaxshigina to‘ldiradi. Musiqaviy mashg‘ulotlar zehnni charxlaydi, ritmga, sanashga
o‘rgatadi va nutqni rivojlantiradi; umumiy va nozik harakatlanishni (motorikani)
rivojlantiradi va ijodiy qobiliyatni namoyish etishga imkon beradi.
Maktabgacha ta’lim sifat va samaradorligini yanada oshirish maqsadida
tayyorlov guruhlari uchun mashg‘ulotlar haftaligi tashkil etish mumkin. Bunda
mashg‘ulotlar odatdagi tartib bo‘yicha davom etadi. Lekin har bir haftaga nom
beriladi. Masalan: Matematika haftaligi, Nutq o‘stirish haftaligi, Tabiat haftaligi,


Tasviriy faoliyat haftaligi, Badiiy adabiyot haftaligi kabi. Bu haftaliklar davomida
bolalarga matematika, nutq o‘stirish, tabiat, tasviriy faoliyat, badiiy adabiyotga oid
ko‘nikmalarni rivojlantirish ishlari kuchaytiriladi. Shuningdek,

Matematika

haftaligida har bir mashg‘ulot matematika bilan, Nutq o‘stirish haftaligida har bir
mashg‘ulot nutq o‘stirish mashg‘uloti bilan, Tabiat haftaligida har bir mashg‘ulot
tabiat bilan tanishtirish mashg‘uloti bilan, Tasviriy faoliyat haftaligida har bir
mashg‘ulot tasviriy faoliyat bilan, Badiiy adabiyot haftaligida har bir mashg‘ulot
badiiy adabiyot bilan mujassamlashtirilishi ko‘zda tutiladi. Shuningdek, ta’lim


tayyorlov guruhi bolalarining matematik tasavvurlarini rivojlantirish uchun


matematika haftaliklarida shashka musobaqalari, intellektual tadbirlar, guruhlararo
musobaqalar tashkillashtirilishi taklif etiladi. Pedagoglarning vazifasi – bolalarning
muloqotga kirishishga bo‘lgan qiziquvchanligini rag‘batlantiruvchi muhitni yaratish
va bolalarning o‘zgaruvchan ehtiyojlariga qarab, o‘z vaqtida kerakli sharoitlarni
moslashtirishdan hamda ularni kuzatishdan iborat. Individual yoki kichik guruhlar
uchun topshiriqlar ota-onalar bilan suhbatlashgandan so‘ng, qaysidir ko‘nikmalarga
alohida e’tibor berish uchun ishlab chiqiladi. Ota-onalar va oilaning boshqa a’zolari
mashg‘ulotlarga kelar ekanlar, ular o‘z farzandlarida ishtiyoqning ortib
borayotganligini, intilishning o‘sayotganligin his etadilar va ta’lim jarayoni qanday
ketayotganligini, kelajakda bilimli, ijodkor kishilar bo‘lish uchun bolalar qanday
o‘zaro muloqot qilayotganliklari, kelishayotganliklari, izlanayotganliklari,
tanlayotganliklari va bilim hamda ko‘nikmalarni egallayotganliklarining guvohi
bo‘ladilar. Bu ishlarning izchillikda amalga oshirilishi ta’lim sohasidaning sifat va
samaradorligini oshirish uchun muhim omil sifatida xizmat qiladi. Bolalarning
maktabga har tomonlama tayyor holda kelib bilim olishlari uchun zamin yaratadi.




Yüklə 253,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin