Aslus kurs loyihasi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə3/18
tarix12.02.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#84004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
A Bahritdinov Aslus

Kirish


Yangi sanoat korxonalarini yaratish va amaldagilarini zamon talablari darajasiga keltirish ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirishni ham qamrab olib, u mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, sarf-harajatlar miqdorini kamaytirish, ishlab chiqarish sharoitlarini talab darajasiga keltirish kabi ijobiy samaralarga olib keladi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish to‘xtovsiz rivojlanib, u fan-texnikaning ko‘pchilik sohalari bilan bevosita bog‘langandir.


Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirshda hal qilinadigan masalalar mutaxassislardan turli avtomatika vositalarining tгzilishi va ishlash prinsiplari, avtomatik sistemalarining turli ko‘rinishlari va sinflarini yasash usullarini bilishni ham texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish soxasidagi ishlar bilan birga aniq va bir qiymatli almashish mumkin bo‘lgan texnik tilni egallashni ham talab qiladi. Bu biror texnologik jarayonni avtomatlashtirshning mantiqiy hisoblangan va texnik jihatdan asoslangan sistemasini montaj qilish, sozlash va ishlatish masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun birday tushunarli bo‘lgan shaklda ifodalanishi kerak.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni samarali amalga oshirish hamda Respublikamizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda “Navoiy Kon-Metallurgiya Kombinati” davlat korxonasi va Navoiy shahri alohida o’ringa ega. Mustaqillik yillarida “Navoiy Kon-Metallurgiya Kombinati” davlat korxonasi dunyoning ilg’or kon-metallurgiya sanoati kompaniyalari qatoridan munosib o’rin egallab, mintaqadagi eng yirik va ishonchli sanoat gigantlarini biriga aylandi. Ko’p millatli navoiy shahri aholisining fidokorona mehnati bilan hududda faoliyat ko’rsatayotgan metallurgiya, yoqilg’i-energetika, kimyo, yengil sanoat tarmoqlari, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari hamda ijtimoiy soha obyektlarida qo’lga kiritilayotgan yutuq va marralar respublikamizning umumiy taraqqiyot sur’atlarini oshirishda katta hissa bo’lib qo’shilmoqda.
O’zbekiston budjetining 10 foizi, viloyat budjetining 70 foizidan ortig’i Navoiy kon-metallurgiya kombinati hisobiga to’g’ri keladi. Kombinat oltin ishlab chiqarishda dunyoda 10-o’rinda turadi. Butun jahon bo’yicha oltin ishlab chiqarish ko’rsatkichi pasayib borayotgan bir paytda 2026-yilga borib oltin ishlab chiqarishni 30 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.
Kombinat metall konstruksiyalari, nostandart uskunalar, turli modentifikatsiyali metall kesuvchi stanoklar, ehtiyot qismlar va boshqalar bo'yicha katta hajmdagi buyurtmalarni bajaradi. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish davlat dasturiga faol kirishib, NKMK metall konstruksiyalari, nostandart uskunalar, ehtiyot qismlar tayyorlash bo'yicha katta hajmdagi buyurtmalarni bajaradi, import o'rnini bosuvchi mahsulotlarni tayyorlaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan bajarilishi NKMK topshirilgan mahalliylashtirish loyihalarining ko'pchiligi noyob uskunalar bilan jihozlangan, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyali- Navoiy mashinasozlik zavodi IChBda joylashtirilgan.
Sanoat elektr yuritmalar rivojlanishining zamonaviy bosqichi o'zgaruvchan
elektr yuritmalarni qo'llanish sohasining sezilarli darajada kengayganligi bilan
harakterlanadi. Ayniqsa bu jarayon, rostlash xususiyati bir muncha yaxshiroq
bo'lgan mustaqil qo'zg'atishli o'zgarmas tok dvigatelli elektr yuritmalar
qo'llanilgan sanoat korxonalarda (masalan, metallarga qayta ishlov beruvchi
korxonalar, qog'oz sanoati va h.k.), shunindek texnologik parametrlar elektr
yuritma vositalari bilan rostlanmaydigan sohalarda (masalan, nasos stansiyalavri va
havo ventillyatorlarida) yaqqol namoyon bo'la boshladi.
Asinxron dvigatel yaratilishining asosiy omili aylanuvchan magnit maydon
hodisasining ochilishi hisoblanadi. Bu hodisa bir vaqtning o’zida va bir-biridan
mustaqil ravishda ikki olim G. Ferraris (Italiya) va N. Tesla (AQSH) tomonidan
kafsh qilingan va 1888 yilda chop etilgan. SHu vaqtning o’zida rus elektrotexnigi
M.O. Dolivo-Dolrovolskiy tomondan uch fazali asinxron dvigatel konstruksiyasi
ishlab chiqildi va 1889 yilda ushbu olim tomonidan rotor cho’lg’amining shakli
olmagon g’ildiragini eslatuvchi qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motor ishlab
chiqildi.
Zamonaviy asinxron dvigatelning konstruksiyasi o’sha paytdayoq ishlab
chiqilgan bo’lib shu kungacha saqlanib qolgan va u hozirda eng arzon va uzoq
muddat ishlash qobiliyatiga ega bo’lgan elektr motorlardan biri bo’lib hisoblanadi.
Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatel eng keng tarqalgan elektr
motorlardan hisoblanadi. Bu undagi kontakt xalqalarning va cho’tkalarning mavjud
bo’lmasligi bilan bog’liq ravishda konstruksiyasining soddaligi va yuqori
ishonchliligi bilan tushuntiriladi. Asinxron dvigatel tezligini rostlash usuli nazariy
jihatdan ma’lum bo’lsada, u uzoq muddat asosan rostlanmaydigan elektr eritmalar
uchun qo’llanilib kelindi. Bir vaqtning o’zida rostlanadigan o’zgaruvchan elektr
yuritmalar yaratish borasida amaliy ishlar olib borildi.
Asinxron dvigatelni rostlashning ma’lum bo’lgan barcha usullari ichida (stator cho’lg’amidagi kuchlanish o’zgarishini rostlash, juft qutblar sonini o’zgartirish, faza rotorli dvigatellar uchun rotor zanjiriga qo’shimcha qarshilik yoki qo’shimcha EYUK ulash) faqatgina statordagi kuchlanish chastotasining o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan rostlanadigan elektr yuritmalar tezlikni keng diapazonda rostlash va uni yuqori aniqlikda ta’minlash talab qiladigan qurilmalarda qo’llanilib kelgan mustaqqil qo’zg’atishni o’zgarmas tok dvigatelli elektr yuritmalar uchun
raqobatbardosh bo’lib qoldi.

I. Texnologik jarayon tavfsifi

1.1 3L722A mashina haqida umumiy ma'lumot


Silliqlash mashinalarida kesish vositasi sifatida abraziv yoki olmos doirali uskunalardan foydalaniladi.Ushbu mashinalarning qo'llanilishi sirt sifati, o'lchamlarning aniqligi, ishlov beriladigan sirtlarning shakli va pozitsiyasi va ishlov berish qiyin bo'lgan materiallarni qayta ishlash qobiliyati bilan yuqori talablar bilan belgilanadi.
Silliqlash mashinasining turi va dizayni ishlov beriladigan sirtning shakli va uning silliqlash doirasining ishchi yuzasiga nisbatan joylashishini hisobga olgan holda silliqlash sxemasi bilan belgilanadi
Barcha silliqlash mashinalari yuqori tezlikda silliqlash rejimi bilan belgilanadi yuqori ishlashi bilan xarakterlanadi, (1 mm doira kengligi boshiga 500 mm3/min gacha) vaqt birligi boshiga materiallar katta miqdorda olib tashlash va qayta ishlash tsikli keng avtomatlashtirish imkonini beradi.
Yassi silliqlash mashinalari tekis va shaklli yuzalarni turli o'lchamdagi detallarga ishlov berish uchun mo'ljallangan.
To'rtburchak stol va 3L722A (rasm5) gorizontal shpindelli yuqori aniqlikdagi tekis silliqlash mashinasi periferik tekis sirtlarni va silliqlash doirasining uchini, shuningdek, profilli sirtlarni alohida va katta hajmli ishlab chiqarishda qayta ishlash uchun mo'ljallangan. Mashinaning aniqligi - A.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin