Asosida parallel algoritmlarni amalga oshirish tuzilmasini ishlab chiqish


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 71,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü71,31 Kb.
#201264
1   2   3   4   5   6
628-633

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00446 
Academic Research, Uzbekistan 629 www.ares.uz 
hisoblashlarning kamligi, raqamli ishlash algoritmlarining moslashuvchanligi, 
optimal differensial va ekstremal xossalari, parametrlarni hisoblashning soddaligi, 
xatoliklarning yaxlitlashga ta‟sir darajasining pastligi tufayli signallarga raqamli 
ishlov berishning uzluksiz algoritmlarini yaratishda matematik vosita hisoblanadi. 
Ushbu yo„nalishda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, jumladan AQSH,Rossiya 
federatsiyasi, Xitoy, Janubiy Koreya, Germaniya va Yaponiya davlatlarida 
signallarga raqamli ishlov berishning uzluksiz texnologiyalari hamda signallarni 
tahlil qilish va tiklash masalalarida uzluksiz qayta ishlash va splayn funksiyalar 
usullarini takomillashtirish ustida jadal tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 
Ko„p yadroli arxitektura asosida parallel algoritmlarni va dasturiy vositalarni 
ishlab chiqish xususan, kompyuterning tarqatilgan va umumiy xotira turlarida parallel 
texnologiyalari yaratish muammolari jahon va O„zbekiston ilmiy adabiyotida 
ancha keng yoritilgan. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Dunyoda uzluksiz algoritmlar rivojining zamonaviy bosqichida murakkab 
jarayonlarni tez va sifatli tahlil qilish va ulkan hajmdagi axborotni real vaqtda qayta 
ishlash tezligini oshirish usullari va algoritmlarini ishlab chiqish hamda uzluksiz 
ishlov berish texnologiyalari asosida zamonaviy protsessorlarning hisoblash 
jarayonlarini tezkorligini oshirish masalalari o„rganilmoqda. Hisoblash jarayonidagi 
buyruqlarni konveyrli va uzluksiz shakllantirish, katta hajmdagi buyruqlarni amalga 
oshirishning yangi texnologiyalarini yaratish asosida tezkorlikning sifatli o„sish 
ko„rsatkichiga erishish mumkin. SHu kabi tezkor hisoblash usul va algoritmlarni 
takomillashtirish va dasturiy vositalarni ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri 
hisoblanadi. 
Respublikamizda ham signallarga raqamli ishlov berish masalalarini yechishda 
uzluksiz algoritmlar yaratish va ishlov berish jarayonlarini ko„p yadroli arxitektura 
asosida amalga oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda, jumladan, signallarga raqamli ishlov 
berishda kubik splaynlar asosida ko„p yadroli protsessorlar uchun uzluksiz 
algoritmlar yaratish, ma‟lumotlarga tezkor ishlov berish, signallarni raqamli ishlash 
algoritmlarining samaradorligini oshirish va signallarning lokal xususiyatlarini 
aniqlashga mo„ljallangan usul, algoritm, apparat va dasturiy vositalarni ishlab chiqish 
muhim vazifalardan biri hisoblanadi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son 
«O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo„yicha Harakatlar strategiyasi 



Yüklə 71,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin