ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00446 Academic Research, Uzbekistan 632 www.ares.uz yaxshi bo„lishiga olib keladi.Dasturiy majmuaning parallellashtirish bo„limi
protsessorning yadrolar sonini kiritgan holda N ta hajmga ega kiruvchi signalga
ketma-ket va parallel ishlov berish uchun sarflangan vaqtni aniqlash hamda bir
o„lchovli signalni approksimatsiyalash natijalarini diagramma ko„rnishida tahlil qilish
imkoniyatlarini beradi. YAratilgan dasturiy majmuaning umumiy tuzulmasi
quyidagicha keltirilgan ya„ni izlanishlarga asosan tuzilma 2- qismdan tashkil topgan.
1- qism ketma-ket hisoblash, 2- qism parallel hisoblash deb nomlangan. 1- qismda
“Bir o„lchovli splayn parametrlarini hisoblash dasturi” va “Xatoliklarni baholash
dasturi” joylashgan. 2- qismda “Ko„p yadroli protsessorlarda parallel algoritmlarni
amalga oshirish dasturi” va “Open MP texnologiyasi asosida parallel algoritmlarni
amalga oshirish dasturi” joylashgan.Bundan ko„rinib turibdi-ki Open MP
texnologiyasi asosida parallel algoritmlarni amalga oshirish dasturini C++ dasturlash
tilida, hisoblash jarayonlarini vektorlashtirishni va signallarini raqamli ishlab chiqish
jarayonini JAVA dasturlash tilida ishlab chiqsa bo„ladi.
Demak parallel oqimlar yordamida hisoblashlarni parallellashtirishning mavjud
kutubxonasi protsedura va funksiyalardan foydalanishga nisbatan taklif etilgan
algoritmlardan foydalanish samaradorlikni oshirish imkoni ni berar ekan. Ushbu
mulohazalarni inobatga olib, parallelsikl jarayonlarini tashkil qilish va to„liq
nazoratga olish uchun JAVA dasturlash tilida faqat splayn-funksiya usullari uchun
maxsus protseduralar yaratildi va tizimli dastur sifatida kutubxonaga joylashtirildi.
XULOSA Xulosa qilib shuni ta‟kidlab aytish mumkin, ko„p yadroli protsessorlarda
signallarga raqamli ishlov berishda splayn-funksiyalar usullari shunisi bilan
qulayki,ular har qanday signalni bazisli funksiya koeffitsiyentiga ko„paytirish va
ko„paytmalarni jamlash ko„rinishida tasvirlash imkonini beradi.Bu esa ko„p yadroli
arxitektura yordamida hisoblashlarni samarali algoritmlarini yaratish imkonini beradi.
Open MP dasturiy vositasi yordamida ko„p yadroli protsessor yadrolariga va maxsus
xotira turlariga murojaatlarni to„g„ri yo„lga qo„yish mumkin. JAVA dasturlash tilida
esa parallel hisoblash jarayonlarini tashkil qilish uchun Thread, Runnable va Stream
sinflari mavjud bo„lib, parallel oqimlar bajarilishiga ajratilgan vaqtlarni nazorat qilish
va optimallashtirish imkonini beradi.
Splaynning parametrlarini topishda lokal hisoblash formulalaridan foydalanish
algebraik tenglamalar sistemasini yechishdan xalos qiladi.Lokal formulalar usuli
boshqa usullarga nisbatan hisoblashlar sonini keskin kamaytirish imkonini