Asosisiy qism


Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishda byudjet-soliq siyosatining o'rni



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə5/7
tarix23.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#134593
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Byudjet-soliq siyosatining iqtisodiy o\'sishga ta\'siri

3.Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishda byudjet-soliq siyosatining o'rni
O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 14 yanvarda qabul qilingan "Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning soliqlari to'g'risida" gi qonunga binoan 1992 yildan boshlab yangi soliq tizimi joriy etildi. Bu tizimning shu davrgacha amal qilgan tizimdan tub farqi shundaki Respublikamiz xududida ayrim soliq turlari bekor qilinib, ularning qrniga yangilari kiritildi.
1992 yilgacha 62 yil davomida o'zgarmasdan xizmat qilgan korxona va tashkilotlarning asosiy salmog'i bo'lgan oborot solig'i qrniga qo'shilgan qiymat solig'i, foydadan ajratma to'lovi qrniga yalpi daromaddan daromad solig'i va yangidan Respublikadan chetga chiqarib sotiladigan tovarlarga soliq, cheklangan tovar turlariga aksiz solig'i va mol-mulk soliqlari joriy etildi.
Soliq tizimiga bunday o'zgartirishlar kiritishning zaruriyati nimada?
Birinchidan, Ma’muriy - buyruqbozlik uslubiga asoslangan sobiq ittifoq davrida davlat korxona daromadlarini xoxlagan istagi bo'yicha taksimlar edi. Soliq stavkalarini davlat xoxlagan paytda va xoxlagan miqdorda o'zgartirar edi. 90 - yillarga qadar foydadan ajratma stavkasi orqali korxona foydasining 90 % gacha byudjetga olib qo'yilar edi. Bozor iqtisodiyoti qonunlari bunday o'zgartirishlar qilinishiga yo'l qo'ymaydi, sababi korxonalarda moddiy manfaatdorlik va rag'batlantirish yuqolganligi bo'lib, ular ishlab chiqarishni rivojlantirishga qiziqmay qo'yadilar, ishlarida o'sish bo'lmaydi, korxonalarda boqimandalik kayfiyati, davlat dotatsiyasiga ko'z to'tish kabi illatlar tug'iladi. Bu illatlardan qutulishning yagona yo'li soliq tizimini qayta qurish xisoblanadi. Ikkinchidan, korxonalar moliyaviy erkinlikka ega emas edilar. Qancha maxsulot ishlab chiqarilish kerak, ularning xom ashyosi qaerdan olinadi, maxsulot birligiga qancha xom ashyo ishlatilishi kerak, ishchilar soni, ish xaqi miqdori, elektr energiya va yoqilg'i sarfi, tovarlar baxosi markaz tomonidan boshlab berilar edi. Bu bozor iqtisodiyoti talablariga zid bo'lganligi uchun xam korxonalarga moliyaviy erkinlik berilishi zarurligi tug'ildi.
Uchinchidan, ish xaqi xarajatlarining oshib ketishi natijasida davlat g'aznasiga tushadigan foydadan ajratmalar miqdori kamayib ketganligi sababli uning qrniga yalpi daromaddan soliqqa tortish zaruriyati paydo bo'ldi. To'rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida ishlab chiqarish darajasining pasayishi, infliyatsiya, ishsizlarning ko'payishi, moliyaviy tanqislik, baxolarning keskin oshib ketishi kabi xodisalar yuz berdi. Ularni qoplash uchun zarur daromadlar bo'lishligi talab etiladi. Bu daromadlarni faqat to'g'ri soliqlar orqali byudjetga jalb qilish etarli bo'lmay qoladi. Shuning uchun, to'g'ri soliqlardan tashqari egri soliqlarni xam qo'llash zaruriyati tug'uldi.
Beshinchidan, mustaqillikka yerishgan xar bir davlat o'zining mustaqil soliq tizimiga ega bo'lishi kerak. Bu xam iqtisodiy, xam maonaviy jixatdan zaruriyat xisoblanadi. Shu sababli xam soliq tizimi isloxati amalga oshrilimoqda.Shunday qilib soliq tizimi muayyan sharoitda davlat foydasiga undiriladigan soliqlar majmuidir, ularni yig'ib olish yo'llari va usullarining tashkil etilishidir.Soliq tizimiga soliq turlari, soliq miqdori, soliq undiriladigan daromadlarni aniqlash kabilar kiradi. Endi soliq tizimining vazifasi to'g'risida gaplashaylik. Ular:Soliq to'lovchilar bilan davlat o'rtasida daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash vazifasi; Iqtisodiy va ijtimoiy soxadagi faoliyatini rag'batlantirish yoki cheklab qo'yish; O'zbekiston bozor iqtisodiyotiga o'tishning o'ziga xos va o'ziga mos yo'lini tanlab oldi va uni jamiyatda bosqichma-bosqich muvaffakiyatli amalga oshirilmokda. Ushbu tanlangan yo'lning moxiyati O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning besh tamoyilida taxriflab berilgan. Bu qoida O'zbekiston davlat qurish va iqtisodiy islox qilish dasturining o'zagi bo'lib ularning moxiyati quyidagichadir: Birinchidan, iqtisodiyotning siyosatdan ustivor bo'lishi va uning uchun iqtisodiyot mafkuradan xoli qilinishi; Ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo'lishi; Uchinchidan, qonunlarga rioya qilishning xamma narsadan ustivor bo'lishi; To'rtinchidan, kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazilishi; Beshinchidan, bozorga iqtisodiyotiga o'tishni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi; Iqtisodiyotning siyosatdan ustivor bo'lishi va uning uchun iqtisodiyot mafkuradan xoli qilinishi: Bu tamoyilning mahnosi shuki, iqtisodiy islohotlar xech qachon siyosatning ta’siri ostida bo'lmasligi, Ya’ni biror bir mafkuraga buysundirmasligi kerak. Bu esa iqtisod xamisha siyosatdan ustun turmogi kerak. Na siyosat, na mafkura iqtisodiyotni nazorat qilish, unga tayzik o'tkazish darajasiga kutarilmasligi, xam ichki, xam tashki iqtisodiy munosabatlar xar qandaymafkuradan xoli bo'lishi lozim. Avval iqtisodiyot keyin siyosat, "avval taom, badaz kalom" degan xikmalar bekorga aytilmagan. Butun insoniyat tajribasi shuni ko'rsatadiki, xar bir ishchi, muxandis, texnik o'z ish joyida korxona, birlashma, tsexlarda o'zini xujayin deb xis qilish, o'z mexnatining pirovard natijasidan moddiy jixatdan manfaatdor bo'lishi kerak. Ular ishlab chiqarilgan traktor, mashina, taer va boshqa maxsulotlar ichki bozorda va jaxon bozorida, bozorning o'zi belgilab beradigan narxlar bo'yicha erkin sotilish kerak. Bozor qoidasiga ko'ra kimning maxsuloti yuqori sifatli, kurinishi yaxshiroq va narxi arzonlik bo'lsa, qsha maxsulotga talab boshqa maxsulotlarga nisbatan ko’proq bo'ladi. Bunday vaziyatda bozorga xech qanday siyosat yoki mafkura o'z ta’sirini o'tkaza olmaydi. Soliq siyosati davlatning moliya siyosatini eng muxim, tarkibiy ajralmas qismidir.Bozor munosabatlarning shakllanishi va riaojlanishi sharoitida aynan soliqlar davlatning iqtisodiyotiga ta’sir o'tkazishdan asosiy vositalardan biri bo'lib kolmokda. Davlatning iqtisodiy funksiyasi orqali xalq xo'jaligining rivojlantirishni rag'batlantiriladi, shuning barobarida uning xazina (fiskal) funksiyasi uchun bazani kengaytiriladi. Oqilona tashkil etilgan davlat soliq siyosati soliqlarining rag'batlantirish funksiyasi orqali ishlab chiqarishni rag'batlantirish, rivojlantirishlar olib boriladi.
Soliqlarning nazorat funksiyasiga kelsak, bu funksiya orqali soliqlar ijtimioy maxsulot qiymatini qanchaga tushganligi, milliy daromadning salmogini nazorat qilib bilib olgandan so'ng undan qancha qismini soliqlar orqali byudjetga tuplash zarurligi, ularning obyektlarini, soliq to'lovchilarini, soliq stavkalarini to'g'ri belgalish hamda soliqlarni o'z vaqtida to'g'ri xisoblab byudjetga o'tkazish jarayonini nazorat qilib boradi. Bu nazorat doimo taqsimlash funksiyasi bilan yonma-yon olib boriladi. Soliqlarning nazorat funksiyasi ba’zan taqsimlash funksiyasidan xam kengayib ketadi.
6


Xulosa
Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq-byudjet siyosati mamlakat moliya tizimining asosini tashkil etadi. Mavjud moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, ularni to’g’ri yo’naltirish samaradorligini oshirish va ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda soliq siyosati strategiyasi va taktikasi munosabatlarining qanday asosga tayanayotganligi juda muhimdir. Soliq siyosati strategiyasi va taktikasining yaxlitligiga erishish mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, samarali byudjet siyosatini yuritishga, aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.
Soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlaridan biri korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish emas, balki soliqqa tortishning maqbul tizimini shakllantirish deb hisoblaymiz.Belgilangan yo’nalishlardagi muammoldar ijobiy hal qilinsa, korxonalar boqimandaligini kamayishiga, soliqlarni byudjetga o’z vaqtida to’liq undirishga, takror ishlab chiqarishni tezlashtirishga va boshqa muammolarning hal qilinishiga, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning va soliq siyosatining asosiy maqsadlaridan biri, mamlakatda ishlab chiqaruvchilar o’rtasida erkin raqobatni yuzaga keltirish orqali ichki bozorni to’yintirish hisoblanadi. Soliq siyosatining imtiyozli yo’nalishlari bu maqsadni ba’zan inkor eishini kuzatamiz, ya’ni bir tarmoqdagi ikki xo’jalik yurituvchi sub’ektning biriga imtiyoz berish orqali, ikkinchisining imkoniyatlarini kamaytirib qo’yish mumkin. Imtiyozlarni belgilashda asosiy omil qilib tarmoq xususiyatini e’tiborga olish maqsadga muvofiq. Bu esa, bir tarmoq ichida erkin raqobatni va narxlar tengligini ta’minlaydi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, soliqlar umumiqtisodiy tizimning bir bo’g’ini hisoblanib, amalga oshirilayotgan soliq siyosati strategiyasi va taktikasi mamlakatning makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy ko’rsatkichlariga sezilarli tarzda ta’sir etadi. Shunday ekan, soliq siyosatining strategiyasini va taktikasini uzviyligini ta’minlashning asoslarini o’rganish ham muhimdir. Chunki soliq siyosati strategiyasini chuqur o’rganib, ilmiy asoslash orqali soliq taktikasini samaradarligini oshirish va bozor iqtisodiyotida davlatimiz va yurboshimiz mamlakatimiz ravnaqi uchun belgilagan strategiyasiga, ko’zlagan maqsadiga erishish oson kechadi.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin