Asosisiy qism



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə1/7
tarix23.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#134593
  1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Byudjet-soliq siyosatining iqtisodiy o\'sishga ta\'siri



Mavzu:Byudjet-soliq siyosatining iqtisodiy o'sishga ta'siri


KIRISH
ASOSISIY QISM
1.Byudjet-soliq siyosatining mohiyati.
2.Byudjet-soliq siyosatitini amalga oshirishda soliq siyosatining huquqiy asoslari va yo’nalishlari
3.Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishda byudjet-soliq siyosatining o'rni.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining ishlab chiqarishning modernizatsiyalashuvi sharoitida soliqlar vositasida bir tomondan tartibga solish ikkinchi tomondan esa rag’batlantirish hamda ikkala jarayonni to’g’ri tashkil eta olish xo’jalik yurituvchi sub’ektlarimiz faoliyatining bozor munosabatlarining iqtisodiy talablariga moslashishida, ularning bosqichma-bosqich rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.O’zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o’tish xususiyatlaridan biri davlatning iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi qilib belgilanganligidir. Iqtisodiy islohotlar boshlangan to hozirgi davrga qadar respublikamizda iqtisodiy islohatlar yangi bosqichga ko’tarildi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy, shujumladan soliq siyosatida ham bir qancha o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi.Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi. Yillik byudjet yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi.Inflyasiya darajasi 5,6 foizni tashkil qildi, ya’ni prognoz ko‘rsatkichlari doirasidabo‘ldi. Xalqaro miqyosda katta nufuzga ega bo‘lgan Jahon iqtisodiy forumireytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 2014-2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017 yillarda iqtisodiy o‘sish prognozlari bo‘yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgani albatta barchamizga mamnuniyatetkazadi. Bugungi kunda O’zbekistonda to’laqonli bozor iqtisodiyotini yaratish borasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tarkibida, korxonalarimizning barqaror rivojlanish, ularning faolligi,byudjet munosabatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatishning muhim vositasi sifatida, soliq siyosati ham, islohotni zamonaviy talablariga moslashtirib borilishini talab qilmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashuvi sharoitida soliq siyosati davlat byudjetida romadlarini ta’minlash jumladan, mamlakatimizda olib borilayotgan soliq siyosatining bir tomondan davlat byudjeti daromadlarini ta’minlash shu o’rinda iqtisodiyotni barqarorlashtirishva ikkinchi tarafdan kichik biznes va xususiytadbirkorlikning rivoji hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarimizning moliyaviy ahvolni mustahkamlashga oid muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, 2011-yilda soliq yuki, 1991-yil bilan solishtirganda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 2 barobar kamayib, 41,2 foizdan 22 foizga tushganini qayd etish zarur. Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining xozirgi bosqichida bozor munosabatlari to’la xukmron bo’lgan, bozor iqtisodiyoti qonunlari va talablari to’la amal qilinayotgan yoki iqtisodiyotni boshqarishning to’la iqtisodiy, demokratik usullari yoki to’liq ma’muriy buyruqbozlik usullari qo’llanilmoqda deb bo’lmaydi. Bunday o’tish sharoitida soliqlar vositasida iqtisodiy jarayonlarni tartiblash tizimini to’g’ri tashkil eta olish bozorning iqtisodiy talablariga moslashishda, ularning bosqichma-bosqich xukumronligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin