MUNDARIJA
Kirish …………………………………………………………………………
|
3
|
Asosiy qism ……………………………………………………………………
|
5
|
Xulosa …………………………………………………………………………
|
25
|
Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………………….
|
26
|
Ochiq iqtisodiyotda byudjet-soliq siyosati.
Reja:
Byudjet-soliq siyosati: nimalarni va qanday o’rganamiz.KITOB
Byudjet-soliq siyosatining mohiyati.1
Diskretsion va nodiskretsion fiskal siyosat.1
O'zbekiston soliq siyosatining mazmuni, strategiyasi va taktikasi.2
KIRISH
Byudjet-soliq siyosati xususida chuqur nazariy bilimlar berish va atroflicha amaliy ko'nikmalar hosil qilishdan iborat. Buning uchun shu sohaning bolg’usi magistrlari byudjet-soliq siyosatining mohiyati, uning tarkibiy qismlari, hozirgi davrdagi byudjet-soliq siyosati va uning o‘ziga xos xususiyatlari, byudjet-soliq siyosatini amalga oshirish vositalari, budjet defitsitini kamaytirish - byudjet siyosatining markaziy masalasi, zamonaviy soliq siyosatini ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etishning fundamental asoslari, soliq yuklamasini optimallashtirish - soliq siyosatining eng dolzarb muammosi, soliq yuklamasini taqsimlash nazariyalari va byudjet-soliq siyosatini ishlab chiqishda ularning roli, soliq imtiyozlarini oqilona taqdim etish - soliq siyosati samaradorligini ta'm inlash garovi, budjet-soliq siyosatining zamonaviy dolzarb muammolari, ularga nisbatan bildirilayotgan e'tirozlar, muammolarni hal qilish va e’tirozlarni yum shatish yollari, O‘zbekistonda byudjet-soliq siyosatini takomillashtirishning fundamental asos (ustuvor yo‘nalish)lari to‘g‘risida aniq tasaw urga va o‘z mustahkam pozitsiyalariga ega bo‘lmoqlari lozim. Bir vaqtning o'zida bu kursdan olingan bilimlar bilan bir qatorda, magistrantlar byudjet-soliq siyosatiga tegishli bolgan xalqaro maydondagi o'zgarishlardan xabardor ham bo’lib turishlari darkor. Bunda, eng avvalo, o‘tish iqtisodiyotiga ega bo’lgan mamlakatlar byudjet-soliq siyosatida qanday o‘zgarishlaming sodir bolayotganligini kuzatib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, xuddi shu masalada jahonning taraqqiy etgan m am lakatlarida qanday qarorlaming qabul qilinayotganligi va ularning qanday oqibatlarga olib kelayotganligi xususidagi m’alum otlar hamda ularning qiyosiy tahlili magistrantlarning nazaridan chetda qolmasligi kerak. Ayni paytda, “Byudjet-soliq siyosati” kursidan olingan bilimlar asosida magistrantlar jahonning ilg‘or mamlakatlarida ro’y berayotgan byudjet-soliq siyosatidagi o‘zgarishlar va ularning O‘zbekistonda qo'llash imkoniyatlari xususida ham atroflicha va chuqur asoslangan ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bolgan xulosalar chiqarishga qodir bo‘lmoqlari lozim. “Byudjet-soliq siyosati” kursini o‘rganish asosida qo’lga kiritilgan bilimlar bo’lg’usi magistrlarda oliy o‘quv yurtini tamomlagandan so‘ng byudjet-soliq siyosati amaliyotiga oid kundalik faoliyatda uchraydigan dolzarb amaliy masalalarni yechishda va juda ko‘plab hayotiy savollarning javobini topishda qo’l kelishi, shubhasiz.
Byudjet-soliq siyosatini pul mablag‘larining harakatidan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bordi-yu, shunday qilinsa, u o‘z kuchini va ta’sirchanligini yo‘qotib, siyosatga emas, balki oddiy safsataga aylanadi-qoladi. Shuning uchun byudjet-soliq siyosati ham u nihoyatda murakkab, nozik, mas’uliyatli va qaltis siyosat hisoblanadi. Shu bois bu siyosat bilan ham odatda, “o‘ynashib” bo‘lmaydi. Aks holda, u haqiqatdan ham “kuydirish”i va “qimmat”ga tushishi mumkin.
Siyosat – juda nozik va murakkab masala. Uning oddiy ko‘z ilg‘amaydigan yoki aql bovar qilmaydigan tomonlari juda ko‘p. Siyosatda “kosa tagida – nimkosa”, “qizim senga aytaman, kelinim sen eshit” kabi holatlar ko‘plab uchraydi. Shuning uchun uni to‘g‘ri tushunishga hamma ham har doim yetarli darajada tayyor bo‘lavermaydi. Buning aynan shunday ekanligi ham tabiiy. Shunday ekan, unga nisbatan munosabat bildirayotganda juda ehtiyot bo‘lmoq lozim. Aslida, siyosatni tushunishga tayyor bo‘lmaganlar unga nisbatan munosabat bildirmaganlari ma’qul. Chunki bu jarayonda “qosh qo‘yaman” deb, “ko‘z chiqarish” hech gap emas. Hatto siyosatga nisbatan fikr bildirishim kerak, degan qaror qabul qilinganda ham yetti o‘lchab, ayrim joylarda esa, yetmish o‘lchab, bir kesish lozim. Aksincha, tarzda ish tutganlar hayotning achchiq tajribasi va haqiqatining ko‘rsatishicha, qolgan umrlarining oxirigacha muzdek qatiqni ham puflab ichishni xush ko‘radilar yoki afzal biladilar. Siyosatning juda ko‘p yoki xilma-xil tur (ko‘rinish)lari mavjud. Ulardan biri byudjet-soliq siyosatidir. Bu siyosat ayrim hollardagidek, quruq gap bilan emas, balki pul mablag‘larining harakati bilan bevosita bog‘liq. Undan doimo pul mablag‘larining o‘ziga xos bo‘lgan o‘tkir “hid”i ufurib turadi. “Pul bo‘lsa, changalzorda – sho‘rva”, “Vaqt – bu pul” degan maqollar bekordan-bekorga kundalik hayotimizga shiddat bilan kirib borib, tobora dolzarbroq ahamiyat kasb etayotgani yo‘q. Ijobiy ma’noda “Hammasini pul hal qiladi”, deb ham bejizga aytilmayapti.
Eng umumiy va sodda tarzda byudjet-soliq siyosati bir tomondan, byudjet daromadlarini shakllantirish va ikkinchi tomondan, byudjet xarajatlarini sarflash bilan bog‘liq. Aslida byudjet siyosati tom ma’noda o‘z ichiga soliq siyosatini ham qamrab oladi. Biroq amaliyotda ko‘pchilik hollarda, byudjet daromadlarini shakllantirishga qaratilgan siyosatni, odatda, soliq siyosati va byudjet xarajatlarini sarflashga qaratilgan siyosatni esa byudjet siyosati, deb yuritiladi. Shu ma’noda byudjet-soliq siyosatini shartli ravishda bir-biridan va nisbiy jihatdan mustaqil bo‘lgan byudjet va soliq siyosatlarining majmuyi sifatida ham e’tirof etish mumkin4. Biroq bu siyosat bekordan-bekorga yagona nom bilan atalib, byudjet-soliq siyosati, deb yuritilmaydi. Buning o‘ziga xos sababi bor. Bu sababning negizida ularni bir-biridan mutlaqo ajratib bo‘lmasligi yotadi. Byudjet siyosatidan absolyut mustaqil bo‘lgan hamda unga bevosita bog‘liq bo‘lmagan holda ishlab chiqilgan soliq siyosati mavjud emas va aksincha. Navbatdagi moliya yilida soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari va unda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ba’zibir o‘zgarishlar, boshqa ba’zi bir sabablar bilan bir qatorda, oxir oqibatda, o‘sha yilga daxldor bo‘lgan byudjet xarajatlari ko‘lamining qanday ekanligiga borib taqaladi. O‘z navbatida, shu yildagi byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini va unda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayrim o‘zgarishlarni asosan, shak-shubhasiz, byudjet daromadlari hajmi ning qanday ekanligi belgilab beradi. Shu ma’noda byudjet siyosatisiz soliq siyosatini va aksincha, soliq siyosatisiz byudjet siyosatini to‘g‘ri tasavvur etib bo‘lmaydi. Ular ikkalasining o‘zaro mushtarakligi, bir-birini taqozo etishi va vobastaligi byudjet-soliq siyosatining yagonaligidan dalolatdir. Ifodali qilib aytilganda, byudjet siyosati oqqush singari ko‘kka tomon parvoz qilayotganda, soliq siyosati cho‘rtanbaliq kabi dengiz tomon yoki qisqichbaqaga o‘xshab quruqlik sari yo‘l olmog‘i kerak emas. Aks holda, arava o‘rnidan qo‘zg‘almaganidek, byudjet-soliq siyosatining samaradorligi ham pastligicha yoki “0”ga tengligicha qolaveradi. Byudjet-soliq siyosati to‘g‘ri va oqilona yurgizilsa, bir so‘mlik mablag‘ni sarflab, ba’zi hollarda o‘n so‘mlik samarani kutsa bo‘ladi. Aksincha bo‘lganda esa, milliard-milliard so‘mlik mablag‘lar samarasiz, “qumga suv singib ketgandek” g‘oyib bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri va oqilona yurgizilayotgan byudjet-soliq siyosati ishlab chiqarishning rivojlanishiga, aholi turmush darajasining yaxshilanishiga, soliqqa tortish bazasining kengayishiga, mablag‘larning samarali sarflanishigalarga olib kelsa, aksincha bo‘lganda esa, bu siyosat iqtisodiy taraqqiyotga to‘siq, xufyona iqtisodiyot ko‘lamini kengaytirish, mablag‘larni talon-taroj qilish va shu kabi salbiy holatlar vujudga kelishining omiliga aylanishi turgan gap. Bunday vaziyatda “Byudjet-soliq siyosatining o‘zi nima, uning asosini nima tashkil etadi, tarkibiy qismlari nimalardan iborat, bu siyosat ishlab chiqilayotgan paytda nimalarga e’tibor berish kerak, uning zamonaviy dolzarb muammolari nimalar va ularni qanday qilib hal qilish maqsadga muvofiq?” kabi ko‘plab savollarga aniqlik kiritib olish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu va shunga o‘xshash yana bir necha o‘nlab hayotiy savollarning mavjudligi, tabiiy ravishda mazkur o‘quv qo‘llanmaning tarkibiy tuzilmasini belgilab berdi. Shuningdek, o‘quv qo‘llanmaning tarkibiy tuzilmasini belgilashda ta’lim tizimining nisbatan mustaqil bosqichi bo‘lgan magistraturada o‘quv jarayonining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyati jumladan, ayrim dolzarb mavzuni “ipidan-ignasigacha” yoki chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish inobatga olindi. Xususan, o‘quv qo‘llanmada ta’lim tizimining bakalavriat bosqichida muhokama qilingan “Moliyaviy siyosat” mavzusini atroflicha ko‘rib chiqishga harakat qilindi. Bunda uning asosan, ikki jihatiga, ya’ni byudjet va soliq siyosatlarining majmuyidan iborat ekanligiga jiddiy e’tibor qaratildi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bu yerda eng avvalo, boshqa bir narsaga aniqlik kiritildi. Gap shundaki, hozirgi paytda u yoki bu mamlakat doirasida ishlab chiqilayotgan va hayotga tatbiq etilayotgan har qanday siyosatni shu mamlakatda tarkib toptirilayotgan bozor iqtisodiyotining qaysi modelga asoslanganligidan ayro holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari sun’iy tarzda emas, balki tabiiy ravishda mamlakatdagi har qanday siyosatga, jumladan, byudjet-soliq siyosatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Chunki bozor iqtisodiyotini shakllantirishning har bir modeli faqat o‘ziga xos bo‘lgan bir necha xususiyatlarga egaki, ular albatta, siyosatda o‘z izini qoldiradi. Ularni hisobga olmasdan ishlab chiqilayotgan va yurgizilayotgan byudjet-soliq siyosati mamlakatni muvaffaqiyat sari yetaklamaydi. Shu bois o‘quv qo‘llanmaning dastlabki bobidayoq ana shu masalaga alohida e’tibor qaratildi hamda masala bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq siyosatining o‘zaro vobastaligi kesimida qisqacha tarzda bo‘lsada, ilk bora ko‘rib chiqildi. Biroq bu yerda yana bir masalaga oydinlik kiritib olish kerak. Gap bu o‘rinda siyosatning nisbatan mustaqil bo‘lgan bir turi sifatida byudjet-soliq siyosatining qayerdan “start” olishi, unga tegishli bo‘lgan boshlang‘ich “nuqta”ning qayerda ekanligini aniqlab olish xususida ketayapti. Bu bejizemas, albatta. Chunki amaliyotda ayrim hollarda, byudjet-soliq siyosati makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida qaralsa, boshqa hollarda esa, u moliyaviy siyosatning ajralmas qismi sifatida talqin qilinadi. Shu munosabat bilan ushbu masalaga aniqlik kiritishda bizningcha, uning quyidagi jihatlariga e’tibor bermoq lozim:
• makroiqtisodiy siyosat iqtisodiy siyosatning tarkibiy (bir) qismi. Uning bunday ko‘rinishi iqtisodiy siyosat tur (ko‘rinish)larining ma’lum bir belgilarga (iqtisodiy siyosatning qaysi darajada ketayotganligiga) qarab turkumlarga ajratish natijasi hisoblanadi;
• moliyaviy siyosat ham iqtisodiy siyosatning tarkibiy (bir) qismi. Uning bunday ko‘rinishi iqtisodiy siyosat tur (ko‘rinish)larining boshqa bir belgilarga (iqtisodiy siyosatni amalga oshiruvchi instrumentlarga) qarab turkumlarga ajratish natijasidir;
• ma’lum ma’noda va ba’zi bir istisnolarni hisobga olgan holda bir vaqtning o‘zida moliyaviy siyosatni iqtisodiy siyosatning va makroiqtisodiy siyosatning ham tarkibiy qismi sifatida e’tirof etish mumkin;
• xalqaro amaliyotda makrodarajada fiskal siyosat to‘g‘risida gap ketganda uning konkret mazmuni byudjet-soliq siyosati orqali namoyon bo‘layotgan bo‘lishiga qaramasdan, bu narsa byudjet-soliq siyosatining faqat va faqat makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida e’tirof etilishiga yetarli darajada asos bo‘la olmaydi. Chunki aslida, o‘shanda ham makrodarajadagi fiskal siyosatni moliyaviy siyosatdan ajratib bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda, haqiqatdan ham xorij amaliyotida “fiskal siyosat” deyilganda “moliyaviy siyosat” nazarda tutiladi va aksincha;
• byudjet-soliq siyosati moliyaviy siyosatdan ajralgan holda mustaqil ravishda, iqtisodiy siyosatning ham va makroiqtisodiy siyosatning ham tarkibiga bevosita kira olmaydi;
• iqtisodiy siyosat doirasida byudjet-soliq siyosati xususida gap ketayotganda moliyaviy siyosat to‘g‘risida gap ketmayapti, deb bo‘lmaydi;
• makroiqtisodiy siyosat doirasida ham byudjet-soliq siyosati to‘g‘risida gap ketganda uni moliyaviy siyosatdan ajralgan holda tasavvur etish mumkin emas. Yuqoridagi mulohazalardan “aylanganda ham, o‘rgilganda ham” byudjet-soliq siyosatining “start” oladigan “joyi” yoki “tayanch nuqta”si moliyaviy siyosatdir, byudjet-soliq siyosatining makroiqtisodiy siyosatdagi o‘rni umumiy moliyaviy siyosatning doirasi bilan belgilanadi , degan mantiqiy xulosaning kelib chiqishi, tabiiy. Byudjet-soliq siyosati moliyaviy siyosat doirasida ishlab chiqiladi va hayotga tatbiq etiladi. Qolaversa, uning tub asosini yoki fundamentini ham moliyaviy siyosat tashkil qiladi. “Byudjet-soliq siyosatini moliyaviy siyosatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Usiz byudjet-soliq siyosati xususida gapirish o‘z ma’nosiga ega emas. Bu siyosat moliyaviy siyosatdan kelib chiqadi va uni yanada konkretlashtiradi” degan fikrlar o‘zida obyektiv reallikni aks ettiradi. Shuning uchun ham oldin moliyaviy siyosatning ma’no-mazmuniga yoki mohiyatigatushunmasdan turib byudjet-soliq siyosatiga nisbatan shunday urinish befoyda hisoblanadi. Moliyaviy siyosat doirasida amal qiladigan byudjet-soliq siyosatining ma’no-mazmunini o‘quvchilarga (ayniqsa, magistrantlarga) qanday tarzda tushuntirish maqsadga muvofiq? “Hamma narsa va hech narsa” tarzidami yoki ayrim hollardagidek, “omixta” qilibmi? Balki “har sohadan – bir shingil” qilib tushuntirish kerakdir? Xursand bo‘lib, qayd etiladigan joyi shundaki, mustaqillik sharofati ila qo‘lga kiritilgan yutuqlardan bahramand bo‘lgan hozirgi kundagi ko‘plab o‘quvchilarning bilim saviyasi juda baland, didi nozik. Ular o‘z oldilariga qo‘yilgan har qanday taomni iste’mol qilavermaydilar. Shu bois, o‘quv qo‘llanmaning keyingi qismlarida masalaning ana shu jihatlari e’tiborga olindi va byudjet-soliq siyosati hamda unga tegishli bo‘lgan muammolar alohida-alohida tarzda, ya’ni byudjet siyosati va soliq siyosati kesimlarida ko‘rib chiqildi. Bularning har biri to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lgan o‘quvchi byudjet siyosati va soliq siyosatini muvaffaqiyatli birlashtirib, yagona byudjet-soliq siyosatini mustaqil ravishda vujudga keltirish vazifasini uddalaydi, deb o‘yladik va buni o‘quvchilarimizning ixtiyoriga qoldirdik. U yoki bu mamlakatda byudjet-soliq siyosatining ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, o‘z-o‘zidan emas, balki obyektiv reallikka asoslanadi. Bu yerda, eng avvalo, inobatga olinishi lozim bo‘lgan narsa shu mamlakatda bozor munosabatlari unga o‘tishning qanday modeliga borib taqalishi bilan belgilanadi.Byudjet siyosati byudjet-soliq siyosatining va shunga mos ravishda moliyaviy siyosatning ham eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi va unga nisbatan birlamchi xarakterga ega. Eng oddiy tarzda bu narsa masalaning “soliq-byudjet siyosati” tarzida emas, balki aynan “byudjet-soliq siyosati” tarzida qo‘yilayotganligi bilan ham belgilanadi. Bu yerda “Alixo‘ja” “Xo‘jaali” emas. Byudjet siyosati doirasidagi eng dolzarb muammolarning barchasi beixtiyor byudjet defitsitiga borib taqaladi. Birgina uning darajasiga qarab turib, byudjet siyosatining ahvoliga makrodarajada baho berish mumkin. Bir vaqtning o‘zida byudjet defitsitining darajasi har qanday davlatning moliyaviy mustaqilligini belgilashda muhim ahamiyatga ega. U ma’lum bir darajada bo‘lmog‘i lozim. Byudjet defitsitining darajasi umum-e’tirof etilgan darajadan oshsa, u mamlakatning mustaqilligiga jiddiy xavf soladi. Bu esa, o‘z navbatida, hozirgi sharoitda byudjet defitsitini kamaytirish byudjet siyosatining markaziy, ayrim hollarda esa, “Yo hayot, yo mamot!” masalasi bo‘lib qolganligini anglatadi. Ana shularni e’tiborga olgan holda bu bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar, zamonaviy soliq siyosatini ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etishning fundamental asoslariga jiddiy e’tibor qaratildi. Ular soliqlar, soliq tizimi va soliq siyosatidagi vaziyat; soliqqa tortish nazariyasining eng dolzarb muammosi va soliq siyosati; soliq tizimi, soliqqa tortish va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining prinsiplari, ularning soliq siyosati hayotiychanligiga ta’siri; iqtisodiyotni tartibga solish instrumenti sifatida soliqlar va soliq siyosati; soliq siyosati va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari kesimida bayon qilindi. Soliq yuklamasiga nisbatan bo‘lgan munosabat masalasi soliq siyosatida eng muhim o‘rin tutadi. Amaliyotda unga nisbatan befarq bo‘lgan soliq to‘lovchini topishning iloji yo‘q. Ko‘pchilikning nazarida barcha iqtisodiy muammolarning yechimi oxir-oqibatda soliq yuklamasiga borib taqaladi. Ayrim hollarda soliq yuklamasini yengillashtirish barcha iqtisodiy muammolarni hal qilishning “sehrli tayoqcha”si sifatida qaralmoqda. Soliq siyosatidagi eng munozarali muammolardan yana biri soliq imtiyozlariga tegishli. Bir vaqtning o‘zida soliq imtiyozlarini oqilona taqdim etish soliq siyosati samaradorligini ta’minlashning garovi hisoblanadi. Byudjet-soliq siyosatining zamonaviy dolzarb muammolari, ularga nisbatan bildirilayotgan e’tirozlar, muammolarni hal etish va e’tirozlarni yumshatish yo‘llariga bag‘ishlandi. Unda tor doiradagi iqtisodchi-olimlarni emas, balki eng avvalo, keng jamoatchilik ommasi, oddiy fuqarolar, tadbirkorlar, xullas barcha oddiy soliq to‘lovchilarni qiziqtiruvchi hayotiy savollarga javob berishga harakat qilindi. Yetarli darajada o‘zining obyektiv asosiga ega bo‘lishiga qaramasdan, biz bu yerda ko‘r-ko‘rona ularga itoat qilinishi, ularning ma’qullanishi yoki qo‘llab-quvvatlanishi tarafdori emasmiz. Byudjet-soliq siyosati – dogma emas. Garchi “shamolning qay tomondan esayotganligi” unga unchalik ta’sir ko‘rsatmasa-da, hayotning o‘zi o‘zgaruvchan bo‘lganligi uchun u ham o‘zgarib turadi. Kishilik jamiyati taraqqiyotida bir bosqichdagi vazifalar muvaffaqiyatli hal etilganidan so‘ng navbatdagi yangi vazifalar kun tartibiga qo‘yiladi. Yangi vazifalarni “eski” byudjet-soliq siyosati doirasida bajarishga urinish hamma vaqt ham muvaffaqiyat keltiravermaydi. Yangi vazifalarga nisbatan yangi byudjet-soliq siyosati zarur. Shuning uchun ham vaqt o‘tib, takomillashtirishni taqozo etmagan byudjet-soliq siyosati mavjud emas. Bunda esa “boshni har toshga urmasdan” dastlabki kunlardanoq byudjet-soliq siyosatini takomillashtirishning fundamental asos (ustuvor yo‘nalish)larini aniqlab olish prinsipial ahamiyat kasb etadi. Biroq bu yerda ba’zi hollardagidek, “Amerikani kashf etish”ga harakat qilinmadi. “Velosipedni ham ixtiro qilish”ga urinilmadi. Aksincha, O‘zbekistonda byudjet-soliq siyosatini takomillashtirishning fundamental asoslari allaqachon mustahkam yaratilganligi yoki ustuvor yo‘nalishlari belgilanganligi qayd etildi. Eng muhimi, ularning hayot sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganligi va o‘tayotganligi, bizni esa buyuk kelajak sari ishonch bilan yetaklayotgani e’tirof etildi. Va nihoyat, yana bir muhim narsa. Masala kun turtibiga “Byudjet-soliq siyosati: nimalarni va qanday o‘rganamiz? shakli va mazmunida qo‘yilganda avvalo, nimalarni o‘rganish albatta, muhim va u birinchi darajali ahamiyat kasb etishi tabiiy. Biroq shu jarayonda uning qanday o‘rganilishi ham undan kamroq bo‘lgan muhimlik va ahamiyat kasb etmaydi.
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga fiskal siyosat orqali erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, byudjet-soliq siyosati deb ham aytiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to’liq bandlilikni, to’lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o’sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o’zgartirishni o’z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turg’unlik yoki pasayish davrida bo’lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag’batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi.
Iqtisodiyotda to’liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo’lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarnni (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo’lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o’sishini chegaralashdan iborat.
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o’ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo’lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o’z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo’lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko’tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo’l hisoblanadi.
Xukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur’atlari va to’lov balansi holatini o’zgartirishga yo’naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini maqsadli o’zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskretsion fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida jami talabni rag’batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. O’z navbatida davriy ko’tarilish paytida byudjet ortiqchaligi yuzaga keltiriladi.
Diskretsion fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol o’ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalambor, vaqt oraliqlari bilan bog’liq.
Nodiskretsion fiskal siyosat — davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini avtomatik o’zgartirishni ko’zda tutadi. Nodiskretsion fiskal siyosat o’rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o’rnatilgan barqaror-lashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o’ynaydi. Nodiskretsion fiskal siyosat davriy tebranishlarni yumshatish uchun huqumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi.
Iqtisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasi davriy byudjet taqchilligi va ortiqchaligi miqdorlariga bog’liq. Davriy taqchillik (ortiqchalik) iqtisodiy faollik pasayishi (oshishi) sharoitida soliq tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) va davlat xarajatlarining avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga keladigan davlat byudjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir.
Davriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat transfertlarining oshishi natijasida byudjet taqchilligi kelib chiqadi.
Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko’payishi va davlat xarajatlarining kamayishi natijasida byudjet ortiqchaligi paydo bo’ladi.
Davlat xarajatlari o’zgarmas bo’lgan sharoitda ham byudjet taqchilligi va ortiqchaligi mavjud bo’lishi mumkin. Davriy taqchillik va ortiqchalik miqdorlari soliq va byudjet funktsiyalari grafiklarining «tikligiga» bog’liq. Soliq funktsiyasi T ning egilish burchagi miqdori chegaraviy soliq stavkasiga t ga bog’liq. t qancha yuqori bo’lsa, T chizig’i shuncha tikroq, γ qancha pastda bo’lsa, G chizig’i ham shuncha tik bo’ladi. Bu esa iqtisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasini oshiradi. Ammo iqtisodiy o’sishning ta’minlash vazifasi T va G chiziqlarini yotiqroq bo’lishini taqozo etadi.
O’rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YaIM hajmini, uning potentsial hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to’liq tugatmaydi va ishlab chiqarishning har qanday darajasida mavjud bo’lishi mumkin.
To’liq bandlikni ta’minlagan diskret fiskal siyosat yuritilishi natijasida davlat byudjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya’ni to’liq bandlik sharoitida byudjet xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o’rtasidagi farq yuzaga keladi. Davriy taqchillik ko’pincha davlat byudjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy taqchillik farqi sifatida baholanadi.
Nazariy jihatdan olib qaralganda byudjetning sog’lom (normal) faoliyat ko’rsatishi unga tegishli bo’lgan daromadlar va xarajatlarning tengligini taqozo eadi. Haqiqatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun byudjet shu miqdordagi daromadlarga ea bo’lishi kerak. Aks holda bu xarajatlarni amalga oshirishning iloji bo’lmaydi. Byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligi byudjetning balanslashtirilganligidan dalolat beradi. Amaliyotda byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko’p bo’lishi mumkin. Bunday byudjet profitsitli byudjet deyiladi.
Aksincha, ba’zi hollarda esa byudjetning xarajatlari uning daromadlaridan ko’proq bo’ladi. Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan boshqa hollar teng bo’lgan sharoitda, byudjet defitsiti vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
• iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital quyilmalarini amalga oshirishning zarurligi;
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikki guruhga bo’lish qabul qilingan:
ichki manbalar;
tashqi manbalar.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar;
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilayotgan davlat zayomlari;
davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar;
davlat zaxiralari va rezervlar bo’yicha daromadlaming xarajatlardan o’sgan qismi summasi;
byudjet mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlaridagi mablag’lar qoldig’ining o’zgarishi;
va boshqalar.
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar kiradi:
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari;
xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kreditlari.
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlarni qo’shgan holda) mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari hukumatning davlat qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil etadigan davlat mulki bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak.
Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika byudjetining daromadlarini shakllantirish bo’yicha barcha vakolatlardan foydalanadilar.
Mamlakatning qarziy majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:
qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va shartnomalari;
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilgan davlat zayomlari;
mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to’g’risidagi shartnomalar;
o’tgan yillardagi mamlakatning qarziy majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish va muddatini o’zgartirish to’g’risidagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan (shu jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnomalar;
va boshqalar.
Mamlakatning qarziy majburiyatlari o’zining muddatiga qarab qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan yuqori) bo’lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda (zayom shartlarini, jumladan, to’lov muddatlari, foiz to’lovlarining miqdori, muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak.
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
hukumatning davlatni qimmatbaho qog’ozlari bo’yicha qarzining asosiy nominal summasi;
hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarzning hajmi;
mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo’yicha majburiyatlar hajmi;
va boshqalar.
O’z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:
xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlar hajmi;
xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo’yicha asosiy qarz hajmidan iborat bo’ladi.
Xususan, bunda iqtisodiyotdagi soliq yukini izchil kamaytirib borish siyosati sharoitida byudjet xarajatlarini manzilli va maqsadlik darajasini oshirish, jon boshiga moliyalashtirish tizimini joriy etish, byudjet ijrosining g’aznachilik tizimini joriy qilish kabi chora-tadbirlarning ahamiyati kattadir.
Respublikamizda chuqur tarkibiy islohotlar, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish bilan bog’liq keng ko’lamli islhotlar olib borilishiga qarmasdan, davlat tashqi qarzlarining YaIMga nisbatan xajmi 13 foizdan ortmaydi. Bu ham amalga oshirilayotgan oqilona qarz siyosatining natijasidir.
Soliq siyosati davlatning soliq munosabatlarini tashkil qilishdagi chora-tadbirlari, faoliyatlar yig'indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o'z mustaqil soliq siyosatiga ega bo'la oladi.
Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati orqali respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlanishiga xar tomonlama faol ta’sir ko'rsatish mumkin. Soliqlar pul munosabatlari bo'lib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi ekan, soliq siyosati xam iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir.
Soliq tizimi deganda moxiyati jixatidan bir xil bo'lgan va markazlashgan pul fondiga tushadigan soliq turlarining yig'indisi tushuniladi.
Tizim - bu yig'ma tushunchadir. Bu tushunchada soliqlarning bir-biri bilan bog'liqligi xam ifoda etilgan. Soliq tizimini quyidagi guruxlarga bo'lish mumkin:
Soliq tizimini soliq obyektiga qarab uch guruxga bo'lish mumkin: oborotdan, daromaddan va mulklar qiymatidan olinadigan soliqlar. Oborotdan olinadigan soliqlarga ko'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i, konlardan foydalanganligi uchun solig, bojxona boji kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga foyda solig'i va daromad soliglari kiradi. Mulklardan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig'i va yer soliqlari kiradi.Iqtisodiy moxiyatga qarab to'g'ri va egri soliqlarga bo'lish mumkin. To'g'ri soliqlar bevosita daromad oluvchimulk egasining daromadlaridan (foydalaridan) olinadi. Bunday soliqlar huquqiy va xaqikiy soliq to'lovchi bitta shaxs bo'ladi. Soliq ilgarida aniq belgilangan bo'ladi.Uning manbai bo'lib korxona va tashkilotlarning xo'jalik faoliyati natijasida erishilgan moliyaviy yakun xisoblanadi. Axoli soliqlarida esa soliq manbai bo'lib to'g'ridan-to'g'ri axolining daromadi xisoblanadi. Foyda (daromad) solig'i, yer solig'i va daromad solig'i to'g'ri soliqlarning eng yirik daromaddir.
Egri soliqlar korxona va tashkilotlar faoliyatining moliyaviy yakuniga bog'liq bo'lmaydi. Ular sotilayotgan tovarlar va xizmatlar oborotiga (baxosiga) ustama tarzda belgilanadi. Ular so'zsiz tovar qiymati va xizmat summasini oshiradi va iste’mol ni kamytiriladi. Bu soliqlarni ba’zan iste’mol soliqlari deb xam ataladi. Bundan qaraganda ularni guyo maxsulot sotuvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi to'laetgan bo'ladi. Aslida esa ularning xaqiqiy to'lovchisi tovar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar bo'ladi. Egri soliqlar guruxiga ko'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i va bojxona bojlari kiradi. Soliq solish tizimining bir qancha elementlari mavjud va bular quyidagilardan iboratdir: soliq subyekti, obyekti, manbasi, soliq stavkasi, soliq solish birligi, soliqlardan imtiyozlar va boshqalar kiradi.
Biz avvalo soliq tizimi va soliq solish tizimi tushunchalarni bir-biridan farqini bilishimiz zarur. Bu yerda nazariy jixatdan soliq tizimi soliqlar yig'indisi tushuniladi. Soliq solish tizimi esa tashkiliy jixatdan, tuzilish usullari yig'indisi tushuniladi, Ya’ni soliq solish tizimi amaliy uslublar yig'indisidir.
Shunday qilib, soliq solish tizimi deb, Oliy majlis tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarni tuzilish usullari va tamoyillari yig'indisiga aytiladi. Bu tizimning urni jamiyatning ijtimioy-iqtisodiy tizimi bilan aniqlanadi.
Soliq solish tizimining bir qancha elementlari mavjud va bular quyidagilardan iboratdir: soliq subyekti, obyekti, manbasi, soliq stavkasi, soliq solish birligi, soliqlardan imtiyozlar va boshqalar kiradi.
Soliq subyekti bu soliq munosabatlarni tashkil qiluvchilar. Bularga asosan soliq to'lovchilar:
yuridik shaxslar korxona, tashkilot, firma va jismoniy shaxslar-axoli kiradi. Ikkinchi tomondan soliq subyektiga davlat kiradi, Ya’ni soliq oluvchi.
Soliq obyekti - bu soliq solinadigan daromad, narsa (buyum), mulk, qiymati, tovar, yer maydoni, ot kuchi va boshqalar. Ko'pincha soliq nomi obyekt nomi bilan ataladi. Masalan, yer solig'ida yoki daromad solig'ida.
Ma’lumki biz o'tgan mahruzamizda soliq tizimi va soliqqa tortish tizimi tushunchalari o'rtasida farq bor degan edik. Soliq tizimi nazariy jixatidan soliqlar turlarining yig'indisidan iborat, soliq solish tizimi esa soliqqa tortish amaldagi uslublari yig'indisidan iborat deb tushuntirgan edik. O'tgan mahruzada aytganimizdek bozor iqtisodiyoti yo'lini tanlagan ekanmiz soliqqa tortish tizimi bilan bir qatorda soliq tizimini xam islox qilish zaruriyatiga aylandi.
O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 14 yanvarda qabul qilingan "Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning soliqlari to'g'risida" gi qonunga binoan 1992 yildan boshlab yangi soliq tizimi joriy etildi. Bu tizimning shu davrgacha amal qilgan tizimdan tub farqi shundaki Respublikamiz xududida ayrim soliq turlari bekor qilinib, ularning qrniga yangilari kiritildi.
1992 yilgacha 62 yil davomida o'zgarmasdan xizmat qilgan korxona va tashkilotlarning asosiy salmog'i bo'lgan oborot solig'i qrniga qo'shilgan qiymat solig'i, foydadan ajratma to'lovi qrniga yalpi daromaddan daromad solig'i va yangidan Respublikadan chetga chiqarib sotiladigan tovarlarga soliq, cheklangan tovar turlariga aksiz solig'i va mol-mulk soliqlari joriy etildi.
Soliq tizimiga bunday o'zgartirishlar kiritishning zaruriyati nimada?
Birinchidan, Ma’muriy - buyruqbozlik uslubiga asoslangan sobiq ittifoq davrida davlat korxona daromadlarini xoxlagan istagi bo'yicha taksimlar edi. Soliq stavkalarini davlat xoxlagan paytda va xoxlagan miqdorda o'zgartirar edi. 90 - yillarga qadar foydadan ajratma stavkasi orqali korxona foydasining 90 % gacha byudjetga olib qo'yilar edi. Bozor iqtisodiyoti qonunlari bunday o'zgartirishlar qilinishiga yo'l qo'ymaydi, sababi korxonalarda moddiy manfaatdorlik va rag'batlantirish yuqolganligi bo'lib, ular ishlab chiqarishni rivojlantirishga qiziqmay qo'yadilar, ishlarida o'sish bo'lmaydi, korxonalarda boqimandalik kayfiyati, davlat dotatsiyasiga ko'z to'tish kabi illatlar tug'iladi. Bu illatlardan qutulishning yagona yo'li soliq tizimini qayta qurish xisoblanadi. Ikkinchidan, korxonalar moliyaviy erkinlikka ega emas edilar. Qancha maxsulot ishlab chiqarilish kerak, ularning xom ashyosi qaerdan olinadi, maxsulot birligiga qancha xom ashyo ishlatilishi kerak, ishchilar soni, ish xaqi miqdori, elektr energiya va yoqilg'i sarfi, tovarlar baxosi markaz tomonidan boshlab berilar edi. Bu bozor iqtisodiyoti talablariga zid bo'lganligi uchun xam korxonalarga moliyaviy erkinlik berilishi zarurligi tug'ildi.
Uchinchidan, ish xaqi xarajatlarining oshib ketishi natijasida davlat g'aznasiga tushadigan foydadan ajratmalar miqdori kamayib ketganligi sababli uning qrniga yalpi daromaddan soliqqa tortish zaruriyati paydo bo'ldi. To'rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida ishlab chiqarish darajasining pasayishi, infliyatsiya, ishsizlarning ko'payishi, moliyaviy tanqislik, baxolarning keskin oshib ketishi kabi xodisalar yuz berdi. Ularni qoplash uchun zarur daromadlar bo'lishligi talab etiladi. Bu daromadlarni faqat to'g'ri soliqlar orqali byudjetga jalb qilish etarli bo'lmay qoladi. Shuning uchun, to'g'ri soliqlardan tashqari egri soliqlarni xam qo'llash zaruriyati tug'uldi.
Beshinchidan, mustaqillikka yerishgan xar bir davlat o'zining mustaqil soliq tizimiga ega bo'lishi kerak. Bu xam iqtisodiy, xam maonaviy jixatdan zaruriyat xisoblanadi. Shu sababli xam soliq tizimi isloxati amalga oshrilimoqda.
Shunday qilib soliq tizimi muayyan sharoitda davlat foydasiga undiriladigan soliqlar majmuidir, ularni yig'ib olish yo'llari va usullarining tashkil etilishidir.
Soliq tizimiga soliq turlari, soliq miqdori, soliq undiriladigan daromadlarni aniqlash kabilar kiradi. Endi soliq tizimining vazifasi to'g'risida gaplashaylik. Ular:
Soliq to'lovchilar bilan davlat o'rtasida daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash vazifasi;
Iqtisodiy va ijtimoiy soxadagi faoliyatini rag'batlantirish yoki cheklab qo'yish;
Axolining muayyan tabaqalariga ijtimoiy imtiyozlar berish vazifalari.
O'zbekiston bozor iqtisodiyotiga o'tishning o'ziga xos va o'ziga mos yo'lini tanlab oldi va uni jamiyatda bosqichma-bosqich muvaffakiyatli amalga oshirilmokda. Ushbu tanlangan yo'lning moxiyati O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning besh tamoyilida taxriflab berilgan. Bu qoida O'zbekiston davlat qurish va iqtisodiy islox qilish dasturining o'zagi bo'lib ularning moxiyati quyidagichadir:
Birinchidan, iqtisodiyotning siyosatdan ustivor bo'lishi va uning uchun iqtisodiyot mafkuradan xoli qilinishi;
Ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo'lishi;
Uchinchidan, qonunlarga rioya qilishning xamma narsadan ustivor bo'lishi;
To'rtinchidan, kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazilishi;
Beshinchidan, bozorga iqtisodiyotiga o'tishni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi;
Iqtisodiyotning siyosatdan ustivor bo'lishi va uning uchun iqtisodiyot mafkuradan xoli qilinishi:
Bu tamoyilning mahnosi shuki, iqtisodiy islohotlar xech qachon siyosatning ta’siri ostida bo'lmasligi, Ya’ni biror bir mafkuraga buysundirmasligi kerak. Bu esa iqtisod xamisha siyosatdan ustun turmogi kerak. Na siyosat, na mafkura iqtisodiyotni nazorat qilish, unga tayzik o'tkazish darajasiga kutarilmasligi, xam ichki, xam tashki iqtisodiy munosabatlar xar qandaymafkuradan xoli bo'lishi lozim. Avval iqtisodiyot keyin siyosat, "avval taom, badaz kalom" degan xikmalar bekorga aytilmagan. Butun insoniyat tajribasi shuni ko'rsatadiki, xar bir ishchi, muxandis, texnik o'z ish joyida korxona, birlashma, tsexlarda o'zini xujayin deb xis qilish, o'z mexnatining pirovard natijasidan moddiy jixatdan manfaatdor bo'lishi kerak. Ular ishlab chiqarilgan traktor, mashina, taer va boshqa maxsulotlar ichki bozorda va jaxon bozorida, bozorning o'zi belgilab beradigan narxlar bo'yicha erkin sotilish kerak. Bozor qoidasiga ko'ra kimning maxsuloti yuqori sifatli, kurinishi yaxshiroq va narxi arzonlik bo'lsa, qsha maxsulotga talab boshqa maxsulotlarga nisbatan ko’proq bo'ladi. Bunday vaziyatda bozorga xech qanday siyosat yoki mafkura o'z ta’sirini o'tkaza olmaydi. Soliq tizimi Respublikamiz ijtimoiy iqtisodiy xayotidagi xarakatiga qarab xilma xil guruxlarga bo'linadi. Soliq tizimi iqtisodiy moxiyatiga qarab, kelib tushish manbaiga qarab, byudjetga o'tkazish nuqtai nazaridan qo'llaniladigan stavkalarga va soliq imtiyozlariga qarab guruxlanadi. Ularni aloxida-aloxida ko'rib chiqamiz.
Iqtisodiy moxiyatiga qarab guruxlanish. Iqtisodiy moxiyatiga qarab O'zbekiston soliqlarini to'g'ri va egri soliqlarga bo'lish mumkin. To'g'ri soliqlar xaqikiy daromad oluvchi yoki mulk egasidan olinadi. Ularning oboekti yalpi daromad, mulk qiymati, yer maydoni, ot kuchi va boshqalar xisoblanadi.
Egri soliqlar esa sotilayotgan tovar, bajarilayotgan ish, ko'rsatilayotgan xizmat qiymati ustiga ustama qo'yiladi. Egri soliqlarni to'lovchilar sotilgan tovar va ko'rsatilgan xizmatni dastlabki iste’mol qiluvchi korxonalar va yakuniy iste’mol chilar, Ya’ni, axoli xisoblanadi. Byudjetga kelib tushish manbaiga qarab huquqiy va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga bo'linadi. Huquqiy shaxslardan QQS, aksiz solig'i, Respublikadan tashqariga chiqarib sotiladigan tovarlar va maxsulotlar solig'i, qimmatli qog'ozlar opreatsiyalariga solinadigan soliq, daromad solig'i, korxonalar mol-mulki solig'i, korxonalar transport vositalari solig'i, yer solig'i, jamoa a’zolarining mexnat xaqi fondi solig'i, sanoat ko'rilishi solig'i va boshqalar olinadi.
Jismoniy shaxslardan daromad solig'i, axolining mol-mulk solig'i, transport solig'i, yer solig'i, reklama solig'i, maishiy va xisoblash texnikalarini qayta sotish solig'i va boshqalar olinadi.
Byudjetga o'tkazish nuqtai nazardan soliqlar umumdavlat soliqlari va maxalliy soliqlarga bo'linadi.
Soliq qonunchiligida soliqlarning qaysi turlari to'g'ri davlat byudjetiga, qaysilari esa maxalliy byudjetga tushishi aniq ko'rsatib qo'yilgan. Ammo shu aniqki davlat byudjetiga tushgan mablag'larning bir qismi maxalliy byudjetlarga ajratib beriladi.
Soliq turlariga qarab bevosita va bilvosita soliqlarga bo'linadi. Bunday guruxlanish Soliqqa tortish oboektiga, to'lovchi bilan davlatning o'zaro munosabatlariga bog'liq buladi. Bevosita soliqlar to'g'ridan-to'g'ri daromadga va mol-mulkka belgilanadi. Tovarning baxosida to'lanadigan yoki taxrifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar bilvosita soliqlarga kiradi.
Bevosita soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo'linadi. Real soliqlar soliq to'lovchining mol-mulkining ayrim turlaridan kadastr asosida undiriladi.
Xar qanday tadbir, ish va faoliyat ilgaridan belgilanib, aniqlanib ishlab chiqilgan siyosat bilan amalga oshiriladi. Siyosat deganda davlatning ilgaridan belgilab, aniqlab qo'ygan chora-tadbirlari yig'indisi tushuniladi. Soliq ishlarini tashkil qilishda xam shu siyosat bilan ish yuritiladi. Soliq siyosati davlatning moliya siyosatini eng muxim, tarkibiy ajralmas qismidir.
Xar qanday iqtisodiy kategoriyaning bajaradigan funksiyasi bo'ladi. Funksiya - bu soliq kategoriyasining amaliyotdagi xarakatidir va soliqlarning moxiyatini ochib beradi. Funksiya deganda kategoriyaning xaetda ko'p tarkaladigan va takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunamiz. Bizni fikrimizga kura soliq quyidagi funksiyalarni bajaradi: - xazina (fiskal) funksiyasi:
" Fiskal funksiyasi
" Rag'batlantirish funksiyasi
" Nazorat funksiyalari mavjuddir. Ayrim iqtisodchilar fikrlari bo'yicha taqsimlash va iqtisodiyotni tartibga solishlarni xam ko'shadilar. Lyokin bizni fikrimizga kura soliqlar asosan 3 - ta funksiyani bajaradi, taqsimlash va iqtisodiyotni tartibga solish asosan uchta funksiyani ichiga kirib ketadi. Xazina (fiskal) funksiyasi. Fiskal (lotincha Fiscus so'zidan olingan bo'lib, gazna degan mahnoni anglatadi) xusuiyatiga ega ekanligidir.
Fiskal funksiya davlatning iqtisodiyotga aralashuvi uchun obyektiv shart-sharoit vujudga keltiradi. Byudjet daromadlarini ta’minlash soliq tizimi vazifalaridan bittasi xolos. Soliq tizimi ana shu vazifani xal etar ekan, jamgarma va ishlab chiqarishning usish jarayonlariga tuskinlik kilmasligi, ijtimoiy adolatni bo'zmasligi, xalq xo'jaligi to'zilishida buzilishlar va chetga chikishlar sodir bo'lishiga yo'l kuymasligi, bozor jarayoniga putur etkazmasligi zarur.
Bozor munosabatlarning shakllanishi va riaojlanishi sharoitida aynan soliqlar davlatning iqtisodiyotiga ta’sir o'tkazishdan asosiy vositalardan biri bo'lib kolmokda. Davlatning iqtisodiy funksiyasi orqali xalq xo'jaligining rivojlantirishni rag'batlantiriladi, shuning barobarida uning xazina (fiskal) funksiyasi uchun bazani kengaytiriladi. Oqilona tashkil etilgan davlat soliq siyosati soliqlarining rag'batlantirish funksiyasi orqali ishlab chiqarishni rag'batlantirish, rivojlantirishlar olib boriladi.
Soliqlarning izga solib turuvchi sifatidagi funksiyasining axamiyati bozor sharoitida o’sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari yuk bo'lib ketadi yoki juda oz xolda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko’rsatmalar va buyruklar yerdamida idora qilish huquqiga ega bo'lgan "yuqori tashkilot" tushunchasining o'zi asta-sekin yo'qola bordi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun makbo'l bo'lgan yunalishda rag'batlantirish zaruriyati saklanib qoladi.
Shunday qilib, soliqlarning rag'batlantirish funksiyasi orqali ishlab chiqarish korxonalar yangi tashkil etilgan paytlarida soliqlardan ozod etiladi va boshqa imtiyozlar beriladi. Bu funksiyasi orqali ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarga imtiyozlar berish orqali ularning moliyaviy-iqtisodiy axvolini yaxshilashga xizmat qiladi.
Soliqlarning nazorat funksiyasiga kelsak, bu funksiya orqali soliqlar ijtimioy maxsulot qiymatini qanchaga tushganligi, milliy daromadning salmogini nazorat qilib bilib olgandan so'ng undan qancha qismini soliqlar orqali byudjetga tuplash zarurligi, ularning obyektlarini, soliq to'lovchilarini, soliq stavkalarini to'g'ri belgalish hamda soliqlarni o'z vaqtida to'g'ri xisoblab byudjetga o'tkazish jarayonini nazorat qilib boradi. Bu nazorat doimo taqsimlash funksiyasi bilan yonma-yon olib boriladi. Soliqlarning nazorat funksiyasi ba’zan taqsimlash funksiyasidan xam kengayib ketadi. Chunki taqsimlashda faqat pul munosabatlari bilan chegaralanib qolinsa, soliqlarning nazorat funksiyasi pul munosabatlari orqali taqsimlashdan tashqari soliq obyektilarini buyum shaklida xam to'liqligi, maxsulotlar koldiklari xom ashe va yoqilgilardan boshqa manbalardan foydalanish ustidan xam nazoratga aylanadi. Demak, soliqlarning nazorat funksiyasi soliq idoralarini xodimlarining kundalik olib boradigan umumiqtisodiy nazoratining nazariy asosini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq idoralarining nazorati asosan yagona iqtisodiy qonunlar talabiga javob beradigan nazoratga aylanadi.
Xulosa
Ochiq iqtisodiyotda byudjet-soliq siyosati davlatimizda rivojlanyotgan davrda desak noto`g`rib bo`lmaydi, chunki axborot texnikalari rivojlanib borayotganini ko`rishimiz mumkin va har kuni har yangilik sodir bo`lgan vaqtdan deyarli 1soat o`tar o`tmas bundan boxabar bo`lyapmiz. Albatta byujet-soliq tizimi ochiqlanishi bu korrupsion holatlarni oldini olishga, fuqorolar bu jarayonni kuzatib turishga erishyaptilar. Bu mamlakatimiz rivoji uchun juda ajoyib rivojlanish jarayonlari boshlab beradi desam adashmagan bo’laman.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Dostları ilə paylaş: |