Asosisiy qism


chizma. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə3/7
tarix23.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#134593
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Byudjet-soliq siyosatining iqtisodiy o\'sishga ta\'siri

chizma. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi


O’rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YaIM hajmini, uning potentsial hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to’liq tugatmaydi va ishlab chiqarishning har qanday darajasida mavjud bo’lishi mumkin.
To’liq bandlikni ta’minlagan diskret fiskal siyosat yuritilishi natijasida davlat byudjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya’ni to’liq bandlik sharoitida byudjet xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o’rtasidagi farq yuzaga keladi. Davriy taqchillik ko’pincha davlat byudjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy taqchillik farqi sifatida baholanadi.
Nazariy jihatdan olib qaralganda byudjetning sog’lom (normal) faoliyat ko’rsatishi unga tegishli bo’lgan daromadlar va xarajatlarning tengligini taqozo eadi. Haqiqatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun byudjet shu miqdordagi daromadlarga ea bo’lishi kerak. Aks holda bu xarajatlarni amalga oshirishning iloji bo’lmaydi. Byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligi byudjetning balanslashtirilganligidan dalolat beradi. Amaliyotda byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko’p bo’lishi mumkin. Bunday byudjet profitsitli byudjet deyiladi.
jadval
O’zbekistonda 2013 yilda fiskal siyosat ko’rsatkichlari

Yil

Davlat byudjeti xarajatlari, mlrd.
so’m

Davlat byudjeti daromadlari, mlrd. so’m

Davlat byudjeti kamomadi, YaIM ga nisbatan %

2013

25833,7

26223,1

+0,3

Aksincha, ba’zi hollarda esa byudjetning xarajatlari uning daromadlaridan ko’proq bo’ladi. Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan boshqa hollar teng bo’lgan sharoitda, byudjet defitsiti vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
• iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital quyilmalarini amalga oshirishning zarurligi;
Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikki guruhga bo’lish qabul qilingan:

  1. ichki manbalar;

  2. tashqi manbalar.

Byudjet defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  • mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar;

  • mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilayotgan davlat zayomlari;

  • davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar;

  • davlat zaxiralari va rezervlar bo’yicha daromadlaming xarajatlardan o’sgan qismi summasi; 2

  • byudjet mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlaridagi mablag’lar qoldig’ining o’zgarishi; 3

  • va boshqalar.

Byudjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar kiradi:

  • mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari;

  • xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kreditlari.

Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlarni qo’shgan holda) mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari hukumatning davlat qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil etadigan davlat mulki bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak.
Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika byudjetining daromadlarini shakllantirish bo’yicha barcha vakolatlardan foydalanadilar.
Mamlakatning qarziy majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:

  • qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va shartnomalari;

  • mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilgan davlat zayomlari;

  • mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to’g’risidagi shartnomalar;

  • o’tgan yillardagi mamlakatning qarziy majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish va muddatini o’zgartirish to’g’risidagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan (shu jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnomalar;

  • va boshqalar.

Mamlakatning qarziy majburiyatlari o’zining muddatiga qarab qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan yuqori) bo’lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda (zayom shartlarini, jumladan, to’lov muddatlari, foiz to’lovlarining miqdori, muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak.
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  • hukumatning davlatni qimmatbaho qog’ozlari bo’yicha qarzining asosiy nominal summasi;

  • hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarzning hajmi;

  • mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo’yicha majburiyatlar hajmi;

  • va boshqalar.

O’z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:

  • xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlar hajmi;

  • xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo’yicha asosiy qarz hajmidan iborat bo’ladi.

Xususan, bunda iqtisodiyotdagi soliq yukini izchil kamaytirib borish siyosati sharoitida byudjet xarajatlarini manzilli va maqsadlik darajasini oshirish, jon boshiga moliyalashtirish tizimini joriy etish, byudjet ijrosining g’aznachilik tizimini joriy qilish kabi chora-tadbirlarning ahamiyati kattadir.
Respublikamizda chuqur tarkibiy islohotlar, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish bilan bog’liq keng ko’lamli islhotlar olib borilishiga qarmasdan, davlat tashqi qarzlarining YaIMga nisbatan xajmi 13 foizdan ortmaydi. Bu ham amalga oshirilayotgan oqilona qarz siyosatining natijasidir.
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga fiskal siyosat orqali erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, byudjet-soliq siyosati deb ham aytiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to’liq bandlilikni, to’lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o’sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o’zgartirishni o’z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turg’unlik yoki pasayish davrida bo’lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag’batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi.Iqtisodiyotda to’liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo’lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarnni (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo’lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o’sishini chegaralashdan iborat.
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o’ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo’lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o’z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo’lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko’tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo’l hisoblanadi.
Byudjet-soliq siyosati to‘g‘ri va oqilona yurgizilsa, bir so‘mlik mablag‘ni sarflab, ba’zi hollarda o‘n so‘mlik samarani kutsa bo‘ladi. Aksincha bo‘lganda esa, milliard-milliard so‘mlik mablag‘lar samarasiz, “qumga suv singib ketgandek” g‘oyib bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri va oqilona yurgizilayotgan byudjet-soliq siyosati (albatta, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda) ishlab chiqarishning rivojlanishiga, aholi turmushdarajasining yaxshilanishiga, soliqqa tortish bazasinin kengayishiga, mablag‘larning samarali sarflanishiga va h.k.larga olib kelsa, aksincha bo‘lganda esa, bu siyosat iqtisodiy taraqqiyotga to‘siq, xufyona iqtisodiyot ko‘lamini kengaytirish, mablag‘larni talon-taroj qilish va shu kabi salbiy holatlar vujudga kelishining omiliga aylanishi turgan gap. Bunday vaziyatda “Byudjet-soliq siyosatining o‘zi nima,uning asosini nima tashkil etadi, tarkibiy qismlari nimalardan iborat, bu siyosat ishlab chiqilayotgan paytda nimalarga e’tibor berish kerak, uning zamonaviy dolzarb muammolari nimalar va ularni qanday qilib hal qilish maqsadga muvofiq?”kabi ko‘plab savollarga aniqlik kiritib olish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu va shunga o‘xshash yana bir necha o‘nlab hayotiy savollarning mavjudligi, tabiiy ravishda mazkur o‘quv qo‘llanmaning tarkibiy tuzilmasini belgilab (aniqlab) berdi. Shuningdek, o‘quv qo‘llanmaning tarkibiy tuzilmasini belgilashda ta’lim tizimining nisbatan mustaqil bosqichi bo‘lgan magistraturada o‘quv jarayonining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyati (jumladan, ayrim dolzarb mavzuni “ipidan-ignasigacha”yoki chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish) inobatga olindi.
Xususan, o‘quv qo‘llanmada ta’lim tizimining bakalavriat bosqichida muhokama qilingan “Moliyaviy siyosat” mavzusini atroflicha ko‘rib chiqishga harakat qilindi. Bunda uning asosan, ikki jihatiga, ya’ni byudjet va soliq siyosatlarining majmuyidan iborat ekanligiga jiddiy e’tibor qaratildi.Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bu yerda eng avvalo,boshqa bir narsaga aniqlik kiritildi.
Gap shundaki, hozirgi paytda u yoki bu mamlakat doirasida ishlab chiqilayotgan va hayotga tatbiq etilayotgan har qanday siyosatni shu mamlakatda tarkib toptirilayotgan bozor iqtisodiyotining qaysi modelga asoslanganligidan ayro holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda bozor iqtisodiyotinishakllantirish modellari sun’iy tarzda emas, balki tabiiy ravishda mamlakatdagi har qanday siyosatga, jumladan,byudjet-soliq siyosatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Chunki bozor iqtisodiyotini shakllantirishning har bir modeli faqat o‘ziga xos bo‘lgan bir necha xususiyatlarga egaki, ular albatta, siyosatda o‘z izini qoldiradi. Ularni hisobga olmasdan ishlab chiqilayotgan va yurgizilayotgan byudjetsoliq siyosati mamlakatni muvaffaqiyat sari yetaklamaydi.Shu bois o‘quv qo‘llanmaning dastlabki bobidayoq ana shu masalaga alohida e’tibor qaratildi hamda masala bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq siyosatining o‘zaro vobastaligi kesimida qisqacha tarzda bo‘lsada,ilk bora ko‘rib chiqildi. Biroq bu yerda yana bir masalaga oydinlik kiritib olish kerak. Gap bu o‘rinda siyosatning nisbatan mustaqil bo‘lgan bir turi sifatida byudjetsoliq siyosatining qayerdan “start” olishi, unga tegishli bo‘lgan boshlang‘ich “nuqta”ning qayerda ekanligini aniqlab olish xususida ketayapti. Bu bejizemas, albatta. Chunki amaliyotda ayrim hollarda, byudjet-soliq siyosati makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida qaralsa, boshqa hollarda esa, u moliyaviy siyosatning ajralmas qismi sifatida talqin qilinadi. Shu munosabat bilan ushbu masalaga aniqlik kiritishda bizningcha, uning quyidagi jihatlariga e’tibor bermoq lozim: • makroiqtisodiy siyosat iqtisodiy siyosatning tarkibiy (bir) qismi. Uning bunday ko‘rinishi iqtisodiy siyosat tur(ko‘rinish)larining ma’lum bir belgilarga (iqtisodiy siyosatning qaysi darajada ketayotganligiga) qarab turkumlarga ajratish natijasi hisoblanadi; • moliyaviy siyosat ham iqtisodiy siyosatning tarkibiym(bir) qismi. Uning bunday ko‘rinishi iqtisodiy siyosat tur (ko‘rinish)larining boshqa bir belgilarga (iqtisodiy siyosatni amalga oshiruvchi instrumentlarga) qarab turkumlarga ajratish natijasidir;
• ma’lum ma’noda va ba’zi bir istisnolarni hisobga olgan holda bir vaqtning o‘zida moliyaviy siyosatni iqtisodiy siyosatning va makroiqtisodiy siyosatning ham tarkibiy qismi sifatida e’tirof etish mumkin;• xalqaro amaliyotda makrodarajada fiskal siyosatto‘g‘risida gap ketganda uning konkret mazmuni byudjet-soliq siyosati orqali namoyon bo‘layotgan bo‘lishiga qaramasdan,bu narsa byudjet-soliq siyosatining faqat va faqat makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida e’tirof etilishiga yetarli darajada asos bo‘la olmaydi. Chunki aslida, o‘shanda ham makrodarajadagi fiskal siyosatni moliyaviy siyosatdan ajratib bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda, haqiqatdan ham xorij amaliyotida “fiskal siyosat” deyilganda “moliyaviy siyosat” nazarda tutiladi va aksincha;• byudjet-soliq siyosati moliyaviy siyosatdan ajralgan holda mustaqil ravishda, iqtisodiy siyosatning ham va makroiqtisodiy siyosatning ham tarkibiga bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) kira olmaydi; • iqtisodiy siyosat doirasida byudjetsoliq siyosati xususida gap ketayotganda moliyaviy4 siyosat to‘g‘risida gap ketmayapti, deb bo‘lmaydi;• makroiqtisodiy siyosat doirasida ham byudjetsoliq siyosati to‘g‘risida gap ketganda uni moliyaviy siyosatdan ajralgan holda tasavvur etish mumkin emas. Yuqoridagi mulohazalardan “aylanganda ham, o‘rgilgandaham” byudjet-soliq siyosatining “start” oladigan “joyi” yoki “tayanch nuqta”si moliyaviy siyosatdir, byudjet-soliq siyosatining makroiqtisodiy siyosatdagi o‘rni umumiy moliyaviy siyosatning doirasi bilan belgilanadi (amalga oshiriladi), degan mantiqiy xulosaning kelib chiqishi, tabiiy. Byudjet-soliq siyosati moliyaviy siyosat doirasida ishlab chiqiladi va hayotga tatbiq etiladi. Qolaversa, uning tub asosini yoki fundamentini ham moliyaviy siyosat tashkil qiladi.“Byudjet-soliq siyosatini moliyaviy siyosatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Usiz byudjet-soliq siyosati xususida gapirish o‘z ma’nosiga ega emas. Bu siyosat moliyaviy siyosatdan kelib chiqadi va uni yanada konkretlashtiradi” degan fikrlar o‘zida obyektiv reallikni aks ettiradi. Shuning uchun ham oldin moliyaviy siyosatning ma’nomazmuniga yoki mohiyatiga tushunmasdan turib byudjet-soliq siyosatiga nisbatan shunday urinish befoyda hisoblanadi. Moliyaviy siyosat doirasida amal qiladigan byudjet-soliq siyosatining ma’no-mazmunini o‘quvchilarga (ayniqsa, magistrantlarga) qanday tarzda tushuntirish maqsadga muvofiq? “Hamma narsa va hech narsa” tarzidami yoki ayrim hollardagidek, “omixta” qilibmi? Balki“har sohadan – bir shingil” qilib tushuntirish kerakdir? Xursand bo‘lib, qayd etiladigan joyi shundaki, mustaqillik sharofati ila qo‘lga kiritilgan yutuqlardan bahramand bo‘lgan hozirgi kundagi ko‘plab o‘quvchilarning bilim saviyasi juda baland, didi nozik. Ular o‘z oldilariga qo‘yilgan har qanday taomni iste’mol qilavermaydilar (bu jumlalarni “qo‘llariga tushgan har qanday kitobni o‘qiyvermaydilar”, deb o‘qing). Shu bois, kurs ishimizning keyingi qismlarida masalaning ana shu jihatlari e’tiborga olindi



Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin