Nazariy qism Ma‟lumki, hayotda har xil sabablar tufayli qon ketish hodisalari ro„y berib turadi.
Ayniqsa jarohatlanganda qon tomirlar shikastlanishi natijasida qon ketishi hayot uchun
xavflidir
‟lumki, hayotda har xil sabablar tufayli qon ketish hodisalari ro„y berib turadi.
Ayniqsa jarohatlanganda qon tomirlar shikastlanishi natijasida qon ketishi hayot uchun
xavflidir. Shuningdek, organizmning turli xastaliklarida ichki a‟zolardan qon ketishi mumkin.
Masalan, bavosil, me‟da va o„n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, ingichka va yug„on ichak
kasalligi, o„pka kasalligi (sil, o„sma va boshqalar), burun qonashi, xayz kurishning cho„zilib
ketib ko„p qon ketishi shular jumlasidandir.
Jaroxatlanish natijasida qisqa muddat ichida ko„p miqdorda qon yo„qotilganda bemor
ko„pincha shok (karaxtlik) holatiga tushib qoladi va bunda zudlik bilan tegishli tadbirlar
ko„riladi (qon va qon o„rnini bosadigan suyuqliklar quyiladi).
Ichki a‟zolardan oz-ozdan, lekin tez-tez va uzoq muddat mobaynida surunkali qon ketib
turganda kamqonlik (anemiya) paydo bo„ladi. Qizil qon tanachalari miqdori kamayishi sababli
ulardagi gemoglobin ham kamayadi. Natijada hujayralar, to„qimalar, a‟zo va sistemalar kislorod
bilan to„la ta‟minlana olmaydi. Kishida kislorod tanqisligi seziladi. Unda kamquvvatlik,
behollik, tinka qurishi, bosh aylanishi, ko„z tinish hollari kuzatiladi. Kamqonlikning og„ir
turlarida ichki a‟zolar, ayniqsa markaziy nerv sistemasi faoliyati susayadi va bu
ko„ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Organizm qon yo„qotishining asosiy sabablaridan yana biri qon ivish jarayonining
buzilishidir. Ma‟lumki, mayda qon tomirlar jarohatlanganda to„qima qonaydi va bir ozdan so„ng
esa qon ketishi o„z-o„zidan to„xtaydi, ya‟ni qon iviydi. Bu organizmga xos normal fiziologik
jarayondir.
Hozirgi zamon tushunchasiga ko„ra qon oqishining to„xtashi asosan ikki xil namoyon
bo„ladi: qon tomir-trombotsitar va koagulyatsion gemostaz. Qon tomir-trombotsitar gemostaz
mayda qon tomirlar jarohatlanganda kuzatiladi. Bunda qon tomirlar torayadi, jarohatlangan
mayda qon tomirlar (kapillyarlar, venalar) jarohatlangan joyda trombotsitlarning yig„ilishi va
ularning bir-biri bilan yopishishi hisobiga tromb hosil bo„ladi. Bunda jarohatlangan joy
bekitilib, qon ketishi to„xtatiladi.
Koagulyatsion qon ivishi esa murakkab fiziologik jarayon, bunda bir qator omillar,
fermentlar va boshqalar qatnashadi. Ulardan protrombin, tromboplastin, fibrinogen, kalsiy ionlari
asosiy omillar hisoblanadi. Protrombin jigarda K vitamini ishtirokida hosil bo„ladi,
tromboplastin trombotsitlar yorilishi natijasida ajraladi, fibrinogen jigarda xosil bo„ladi va kalsiy
ionlari qonda doimiy bo„ladi.
Keyingi ma‟lumotlarga qaraganda ushbu jarayonda yuqoridagi omillardan tashqari,
o„nlab boshqa omillar qatnashar ekan. Ularning ayrimlari qon ivishini sekinlashtirsa, boshqalar
esa, aksincha, bu jarayonni tezlashtiradi, ayrim omillar qonning haddan tashqari ivishga yo„l
qo„ymaydi, ortiqchasini yemiradi. Ushbu omillar qonni suyuq holda saqlab turadi. Agar tomir
shikastlansa, shu joyda qon iviydi va qon ketishi to„xtaydi.
Lekin bu jarayonda qatnashadigan omillardan birining butunlay yoki yetarli bo„lmasligi
qon ivishini izdan chiqaradi, natijada qon ketadi, Masalan, qon ivishida qatnashadigan K
vitamini yetishmasligi, trombotsitlarning qonda kamayib ketishi, kalsiy ionlarining qonda
yetarli bo„lmasligi, fibrinogen sintezining buzilishi, bu omillar o„zaro aloqasining uzilishiga va
hokazalar qonning ivimasligiga va natijada kamqonlikka sabab bo„lishi mumkin.
205
Bunday hollarda qon tomirlarni toraytiradigan dori (adrenalin, noradrenalin, efedrin)
preparatlari ham tayinlanadi. Lekin bu tadbirlar hamma vaqt ham yaxshi samara beravermaydi.
Shuning uchun qon ketishini to„xtatishda beriladigan dori preparatlari ichida qon
ivishining tabiiy omillarini saqlagan dori vositalari samarali hisoblanadi. Bulardan K vitamini
preparati (vikasol), tarkibida kalsiy bo„ladigan preparatlar ( kalsiy xlorid, kalsiy glyukonat),
hayvonlar qonidan tayyorlangan qon ivishi omillarini saqlaydigan preparatlar kiradi. Bulardan
tashqari, qon tomirlari devori o„zkazuvchanligini kamaytiradigan dorilar (rutin, parmidin,
askorbinat kislota) va boshqalar ishlatiladi.
Quyida keltirilgan dorivor o„simliklarning ko„pchiligi tarkibida qon ivish jarayonida
qatnashadigan omillar (K vitamini) va qon tomirlar devorini mustahkamlaydigan moddalar (
rutin, kversitin) va boshqalar bo„ladi. Shu tufayli ular qon ketganda yaxshi ta‟sir ko„rsatadi va
qon ivishini tezlashtiradi.
Shuni aytish kerakki, keltirilgan shifobaxsh o„simliklar faqat qon ketganda emas, balki
uning oldini olish maqsadida ham ishlatilishi mumkin. Masalan, qon tomiriga boy a‟zolar
operatsiyasi (bodomcha bezlarini olib tashlash va boshqalar) oldidan 5- 10 kun davomida bunday
o„simliklar damlamasi yoki qaynatmasidan ichish mumkin.
1. Achchiq toron (suvqalampir, suvzamchi). Gorets perechniy (Vodyanoy perets)
(Polygonum hydropiper L.).
Achchiq toron bo„yi 70 sm ga yetadigan bir yillik o„t o„simlik. O„simlik ariq, hovuz,
ko„lmak suvlar bo„yida va boshqa nam yerlarda o„sadi.
Tibbiyotda achchiq toronning yer ustki qismidan foydalaniladi. Tarkibida flavonoidlar,
glikozidlar, organik kislotalar, K, S, YE vitaminlari va boshqa moddalar bor.
Xalq tabobatida achchiq toronning yer ustki qismidan tayyorlangan damlama bezgak,
ich ketish, bavosil va boshqa kasalliklarda qon ketishini (bachadondan, yo„g„on ichakdan)
to„xtatuvchi va og„riq qoldiruvchi dori sifatida hamda turli yaralarni (chipqon, qorason)
davolashda qo„llaniladi.
Tibbiyotda achchiq toron yer ustki qismidan tayyorlangan dori preparatlar: damlama,
suyuq ekstrakt hayz buzilganda qon ketishini to„xtatuvchi dori sifatida hamda bavosil kasalligini
davolash uchun qo„llaniladi. O„simlikning suyuq ekstrakti bavosil kasalligida qo„llaniladigan "
Anuzol" shamchasi tarkibida bor.
O„simlikning yer ustki qismi qon to„xtatuvchi choy - yig„malar tarkibiga kiradi.
2. Oddiy bodrezak, (kalina, chingiz). Kalina obiknovennaya (Viburnum opulus L.).
Bodrezak bo„yi 1,5-3 metrga yetadigan bo„ta. U o„rmon va o„rmon- cho„l hududlarida,
ariq, ko„l va botqoqlik yoqalarida, o„rmon chetlarida o„sadi. Manzarali daraxt sifatida
ko„chalarda, bog„larda va oromgohlarda o„stiriladi.
Tibbiyotda bodrezakning po„stlog„i va mevasi ishlatiladi. Ular tarkibida viburnin
glikozidi, K va S vitaminlari, oshlovchi va boshqa moddalar bor.
Xalq tabobatida bodrezak po„stlog„i, guli va mevasidan tayyorlangan qaynatma va
damlamadan keng foydalaniladi. Bodrezak po„stlog„idan tayyorlangan qaynatma qon ketganda
qon oqishini to„xtatuvchi, ayniqsa bachadondan qon ketishini to„xtatuvchi, qon tomirini
toraytiruvchi dori vositasi sifatida ishlatiladi. Mevasidan tayyorlangan qaynatma yurak faoliyati
ishini yaxshilaydi (yurak mushagi qisqarishini kuchaytiradi). Shuningdek o„t va siydik
haydovchi, shamollashda yo„tal qoldiruvchi dorivor vosita sifatida qo„llaniladi. Bodrezak
gulidan tayyorlangan damlama bilan angina kasalligida tomoq chayiladi.
Tibbiyotda bodrezak po„stlog„idan tayyorlangan suyuq ekstrakt bachadondan
qon ketishini va hayz ko„rganda paydo bo„ladigan og„riqni qoldirish uchun ishlatiladi.
Bodrezak mevasi vitaminli choylar-yig„malar tarkibiga kiradi.
3. Gangituvchi bozulbang. Lagoxilus opyanyayuщiy (Lagochilus inebrians Bge.).
Bozulbang bo„yi 60 sm yetadigan ko„p yillik o„t o„simlik yoki yarim bo„ta. Bozulbang
asosan Qozog„iston va Tojikistoning shag„alli tog„ yon bag„irlarida, yarim adir cho„llarida
o„sadi.
206
Tibbiyotda bozulbangning bargi va guli ishlatiladi. Uning tarkibida lagoxilin va uning
birikmalari, flavonoidlar, iridoid, S, K vitamini va boshqa moddalar bor.
Xalq tabobatida bozulbangdan tayyorlangan damlama qon to„xtatuvchi, tinchlantiruvchi
dori sifatida hamda allergik va gipertoniya (qon bosimining ko„tarilishi) kasalliklarini
davolashda qo„llanidi.
Tibbiyotda bozulbangdan tayyorlangan damlama, nastoyka, quruq ekstrakti tabletka
bachadondan, o„pkadan va burundan hamda bavosil kasalligida qon oqishini to„xtatuvchi dori
sifatida qo„llaniladi. Bu preparatlar yana gemofiliya, Verlgof kasalliklarini davolash uchun ham
ishlatiladi.