Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi


Sh.Shoxa’zamiyning fikricha moliya bozori o‘z ichiga quyidagi segmentlarni (hususiy bozorlarni) oladi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə9/14
tarix14.06.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#61382
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Документ Microsoft Word (3)

Sh.Shoxa’zamiyning fikricha moliya bozori o‘z ichiga quyidagi segmentlarni (hususiy bozorlarni) oladi:
-pul-kredit (bank va boshqa kredit tashkilotlari kapitallari) bozori;
-qimmatli qog‘ozlar (fond, kapitallar) bozori;
-valyuta va unga tenglashtirilgan avuarlar (qimmatbaho metallar, kamyob elementlar, san’at asarlari va h.k.) bozori;
-sug‘urta va pensiya fondlari bozori, lotereya o‘yinlari instrumentlari.
Moliya bozori iqtisodiyotda qo‘yidagilar mavjud bo‘lgandagina samarali faoliyat ko‘rsatishi mumkin:
-effektiv (samarali) mulkchilik tizimi1;
-investitsiya uchun mo‘ljallangan yetarli jamg‘armalar (moliyaviy resurslar, mablag‘lar) va iqtisodiy-xuquqiy mexanizm bilan ta’minlangan moliyaviy instrumentlar.
-talab va taklifni ob’ektiv mutanosibligi;
-moliya bozori infratuzilmasini samarali faoliyati;
-bozor qonunlari, tamoyillari va qonunchiligini xukm surishi;
-moliyaviy barqarorlik, raqobatbardoshlilik va havfsizlik, risklarni bashoratliligi.
Moliya bozorida moliyaviy resurslar jarg‘armachilardan iste’molchilarga tomon va aksincha yo‘nalishda harakat qiladi. Bunda jamg‘armalar investitsiyalarga transformatsiyalanadi (aylanadi).
Moliya bozorida resurslar harakati quyidagi omillarga bog‘liq:
- bozorning daromadlilik darajasi;
- bozorni soliqqa tortish shart-sharoitlari;
- kapitalni yo‘qotish yoki nazarda tutilgan foydani ololmaslik riski;
- bozorni samarali institutsional va funksional tashkillashgani;
- bozorni samarali muvofiqlashtirilganligi va nazorat qilinishi;
- moliyaviy instrumentlarning real bazis bilan ta’minlanganligi va shu asosda iqtisodiyot va moliya bozorini ekvivalentligi;
- jamiyatning mentaliteti va tanlab olgan rivojlanish modeli;
- makro va mikroiqtisodiy barqarorlik;
- tashqi kuchlar va hodisalarning bozorga ta’siri va boshqalar.
Moliya bozorining hossalari quyidagilardan kelib chiqadi:
- moliyaviy instrumentlar va ular bo‘yicha iqtisodiy-xuquqiy munosabatlarni ta’minlovchi tashkillashgan murakkab infratuzilmaga (institutsional va funksional tuzilmaga) va faoliyat mexanizmiga ega dinamik tizim;
-ochiqlik, teng imkoniyat, erkin raqobat, ob’ektiv bozor bahosi, risklilik, omillar va voqeliklarni (jarayonlarni) o‘lchamliligi (tahlil qilinishi, baholanishi va prognozlanishi mumkinligi);
-moliyaviy instrumentlarning monetizatsiyalashgan real bazis va sifat bilan ta’minlanganligi, standartlashganligi va unifikatsiyalan-ganligi;
-bozor va uning qatnashchilarini transparentliligi (informatsion shaffofligi);
-moliyaviy instrumentlarning optimal hajmi va baholarini ob’ekiv talab va taklifdan kelib chiqqan holda shakllanishi;
-moliyaviy instrumentlarning erkin muomalasi industriyasi uchun bozor infratuzilmasi bilan ta’minlanganligi;
-bozor qatnashchilarining biznes quvvati potensiali (sifat parametrlari darajasi miqdori bo‘yicha);
-bozorni tartiblashtirilganligi (muvofiqlashtirilishi va nazorat qilishishi darajasi bo‘yicha).



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin