4.4. Mahsulot ishlab chiqarish хarajatlari rеntabеlligi (Riх), bu ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qilingan хarajatlarning bir so`miga olingan yalpi foyda yoki sof foydani ifoda qiladi. Bu ko`rsatkichdan turli mahsulotlar ishlab chiqarishning solishtirma samaradorligini aniqlashda kеng f oydalaniladi.
SF – sof foyda;MIT – mahsulot ishlab chiqarish tannarхi.
Xo’jalik yurituvchi subyektmoliyaviybarqarorliginioshirishningomillariquyidagilardaniborat:
asosiy va aylanma mablag‘larning mazmunini optimallashtirish: innovatsion texnologiyalar sotib olishni ko‘paytirish, tugallanmagan ishlab chiqarishni qisqartirish, mahsulot tannarxini pasaytirish;
-pul-hisob-kitob o‘zaro aloqalarining samaradorligini oshirish;
-oqilona baho siyosati va foydani taqsimlashni optimallashtirish;
-muvaffaqiyatli moliyaviy strategiyani amalga oshirishni, XYuS ning sog‘lom (normal) ishini ta’minlovchi moliyaviy resurslarni shakllantirishning mumkin bo‘lgan variantlarini asoslash.
19…Moliyaviy barqarorlik va uni ta’minlash omillari. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligi quyidagilar bilan xarakterlanadi:
-tashqi qarz manbalaridan moliyaviy mustaqillik;
-moliyaviy resurslardan erkin va samarali foydalanish borasida xo’jalik yurituvchi subyektlar ning qobiliyati;
-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan o‘z mablag‘lari summalarining xo’jalik yurituvchi subyektda barqaror mavjudligi.
Moliyaviy barqarorlik mazmunining asosida xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy re- surslarini samarali shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish yotadi. Moliyaviy barqarorlikning tahlili tahlil davri mobaynida xo’jalik yurituvchi subyekt o‘zining moliyaviy resurslarini quyidagi vazifalarni yechish uchun qanchalik to‘g‘ri boshqarganligini aniqlashga imkon beradi:
- talab mahsulotiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash;
- mahsulot realizatsiya qilinishining uzluksizligini yo‘lga qo‘yish;
- innovatsion asosda ishlab chiqarish bazasini kengaytirish va yangilash.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligiga xilma-xil bo‘lgan juda ko‘plab omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ular, odatda, quyidagi belgilariga ko‘ra klassifikatsiya qilinadi:
-vujudga kelish joyiga qarab; -natijasining muhimligiga ko‘ra;
-tarkibiy tuzilmasi bo‘yicha; -harakat etish davriga muvofiq.