Mavzu: Normal taqsimot parametrlari uchun ishonchlilik oraliqlari Reja: O`lchash xatoliklari
Normal taqsimot qonuni
Normal taqsimot parametrlari uchun ishonchlilik oraliqlari
1.Asosiymasalaningqo’yilishi. Berilgan o’zgarmas a sonini aniqlash maqsadida n ta o’zaro bog’liqsiz o’lchashlar o’tkazilgan bo’lsin. Bu o’lchashlar hatoliklari Z tasodifiy miqdor bo’ladi. Ihtiyoriy o’lchashlar natijalarida turli hil turdagi hatoliklarga yo’l qo’yiladi. Bular sistematik, tasodifiy va qo’pol hatoliklardan iborat bo’ladi.
Sistematikhatoliklar.
Sistematik hatoliklarga birinchi navbatda asboblar hatoliklari kiradi. Ya’ni o’lchashlar uchun ishlatiladigan asboblarni ishlab chiqishda aniqlikni yuz foyiz ta’minlash mumkin emas. Oddiy asboblar hatoliklariga asbobdagi o’lchash shkalalarini hatoliklar bilan belgilash, yoki hisob boshini noto’g’ri belgilashlar kiradi. Bu hatoliklar tufayli o’lchash natijalari aniq qiymatdan har doim bir hil ishorali qiymatga farq qiladi. Shu sababdan ham bu hatoliklar sistematikhatoliklar deb ataladi.
Tasodifiyhatoliklar.
Tasodifiy hatoliklarga asosan o’lchashlarnatijalarigaoldindanbilibbo’lmaydirgan tasodifiy fizik sabablar ta’siri ostida yo’l qo’yiladigan hatoliklar kiradi.
Hatoliklar nazariyasi deganda biz tasodifiy hatoliklarni o’rganadigan nazariyani ko’zdatutamiz. Hatoliklar nazariyasini qurish uchun ehtimollar nazariyasini ishlatiladi.
Qo’polhatoliklar.
O’lchashlar natijalarini qayta ishlash jarayonida tashqi ta’sirlar yoki mumkin bo’lgan chetlanishlar ta’sirida shunday hatoliklarga yo’l qo’yish mumkinki, o’lchash natijasi katta hatolik bilan aniqlanadi. Eng oddiy mumkin bo’lgan chetlanishlardan biri shunday bo’lishi mumkin: o’lchov o’tkazuvchi asbobdagi o’lchov natijasi 20 o’rniga jadvalga 30 sonini yozadi. Qo’pol hatolikka olib keluvchi eng oddiy tashqi sabablardan biri, kuzatuvchining o’zi sezmagan holda yo’l qo’ygan hatoligidir. Qo’pol hatolikning borligini ko’rsatuvchi belgilardan biri, bir biridan kam farq qiladigan o’lchash natijalari orasida ulardan tubdan farq qiladigan natijalarning mavjudligidir.
Umuman olganda o’lchash natijalarining tasodifiy hatoliklari turlicha taqsimot qonunlariga bo’ysinishi mumkin. Lekin amalda juda ko’p hollarda tasodifiy hatoliklar normaltaqsimotqonuniga boysinadi.