Asosiy Qism : Qirg’iziston va Tojikiston Respublikalari iqtisodiyotiga qiyosiy tafsif



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə2/9
tarix25.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#80583
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maftuna

Tabiiy resurslari. Qo‘shnisi Qirg‘azistonga o‘xshash Tojikistonning eng ahamiyatli tabiiy boyligi bo‘lib, uning gidroenergetika resurslari hisoblanadi. U jami energetika quvvatlari zahirasi hajmiga ko‘ra Rossiyadangina ortda qoladi. Maydoni eng kichik bo‘lishiga qaramay Tojikiston hissasiga jami Markaziy Osiyo respublikalari, asosiy yirik daryolari, gidroenergiya zahiralari (300 mlrd. kVt/s) ning 60 % dan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Tabiiyki, bu nihoyatda katta ko‘rsatkich. Ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda bu ko‘rsatkichning atigi 5 % dan ko‘prog‘igina o‘zlashtirilgan xolos. Asosiy manbalari Panj, Vaxsh, Zarafshon xisoblanadi.
Mineral resurslarning barcha guruhlari respublikada uchraydi. Yoqilg‘i mineral resurslar orasida qo‘ng‘ir ko‘mir konlari ko‘proqdir. Ular orasida SHo‘rob (qo‘ngir ko‘mir), Fan-Yongob (toshko‘mir) konlari ancha ahamiyatli. Neft konlari faqat Quyi Vahsh vodiysida va Konibodom rayonlarida topilgan. Lekin ular ancha kam quvvatli konlardir. Muhim qazilma boyliklaridan polimetall, volfram, surma, oltin, nefelin, qalayi, turli tarqonq rangdor metallar hisoblanadi.
Shulardan, Shimoliy Tojikistondagi Qoramozor polimetal va Janubiy Tojikistondaga Takob polimetal konlari hozirga vaqtda xalq xo‘jaligida foydalanilmoqda. Respublikada hozirgi vaqtgacha 28 ta oltin koni ochilib foydalanilmoqda. Eng asosiylari Shimoliy Tojikistonda Djilau, Taror, Zarafshon vodiysida Chore, Shoxbas Kum-Manor konlarida katta ishlar olib borilmoqda. Shimoliy Tojikistonning “Qoyali” surma koni MDH dagi 50 % surma zaxirasiga ega. So‘g‘d oblastida surma va simobdan tashqari 214 ta boshqa turdagi foydali qazilmalar mavjud, ularning qatorida: qurg‘oshin-ruh(16ta koni), mis va vismut (3ta), volfram va molibden (1ta), stronsiy (2ta), temir (3ta), oltin (15ta), kumush (7ta), toshko‘mir (11ta), neft-gaz (11) va boshqa konlar mavjud. Respublika kimyoviy mineral resurslardan tuzlarga ancha boy. Xatlon oblastidagi Mo‘minobod tosh tuzi koni Markaziy Osiyodagi eng yiriklardan biridir. Mineral qurilish materiallari geografiyasi juda keng va xilma-xildir. Bular orasida sement, oyna xom ashyolari, pardozlash materiallari, qadimdan dong taratib kelayotgan nodir rangdor la’li toshlari ("La’li Badaxshon") alohida ahamiyatga ega. Shuningdek, Tojikiston xilma-xil rekreatsiya resurslariga ham ancha boy: minerallashish darajasi juda xilma-xil issiq ( + 38 gradusdan 96 gradusgacha) yoki sovuq mineral suvlar, davolash balchiqlari ming bir dardga davo. Nihoyat, o‘ziga xos o‘rmon, o‘z o‘simlik qoplamiga ega tog‘ landshaftlari, toza havo, tez oqar daryo va soylar uziga tog‘ turizmi ishqibozlari, alpinistlarni ko‘plab tortishi turgan gap. Agar ularning xalqaro doiradagi ahamiyatini xisobga olsak, respublika iqtisodiyotida kelgusida muhim o‘rin tutishini tushunish qiyin emas.
Qirg’iziston Respublikalarining aholisi , tabiiy resurslari .

Qirg‘iz Respublikasi milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra mamlakat aholisi 2019 yil 1 iyul holatida 6389,5 ming kishini tashkil etgan. 1913 yilda respublika hududida 1 mlndan kam aholi qayd qilingan. Demak, shu yillar davomida aholi soni 6,5 baravar ko‘paygan. 60-yillar boshlarigacha Qirg‘izistonda aholi tabiiy ko‘payish va ko‘chib keluvchilar hisobiga ancha tez o‘sdi. Keyingi davrlar davomida tug‘ilishning va ko‘chib keluvchilarning kamayishi hisobiga aholining o‘sish sur’atlari sekinlashib bordi. Buning ko‘p hollarda asl sababi respublika aholisining milliy tarkibida ko‘riladi.


Aholisi milliy tarkibining asosiy hususiyatlaridan biri, xuddi qo‘shnisi Qozog‘istonga o‘xshash, unda yevropalik millat vakillari, birinchi navbatda ruslar hissasining kattaligidir. So‘nggi davrlar davomida respublika aholisi tarkibida qirgiz va rus millatlari hissasining o‘zgarib borishi ma’lumotlarini keltiramiz: 1959 yilda aholi ro‘yxati ma’lumotlarita ko‘ra qirg‘izlar hissasi 40 %, ruslar hissasi esa 29,8 % edi. Bu kursatkichlar 1970 yilda o‘z navbatida 43,8 % va 29,2 %, 1979 yilda esa 48 % va 25 % , 2000 yilda 64,6 % va 12,5 %ga teng bo‘ldi.
O’zbeklar 16%, ukrainlar va nemislar har birining hissasi 1 % ni tashkil qiladi. Shu bilan birga qozoqlar, tojiklar, uyg‘urlar, dunganlar, yahudiylar, tatarlar va boshqa millat vakillari aralash yashaydi. Qirg‘izistonda yashayotgan yirik milliy guruhlardan ruslar asosan Shimoliy Qirg‘izistonda, o‘zbeklar esa Janubiy Qirg‘izistonda (ular o‘z hududlarida jami aholining 1/3 qismiga yaqinini tashkil qiladi) joylashganlar. Respublika aholisi ancha notekis joylashgan. Har 1 km2 maydonga o‘rtacha 32.4 kishidan to‘g‘ri kelgani holida, aholi eng zich yashaydigan Farg‘ona va Chu vodiylarida (respublika aholisining bu hududlarda 3/4 qismi yashaydi) bu ko‘rsatkich 100-150 kishiga, Farg‘ona vodiysining intensiv dehqonchilik rayonlarida esa 150-200 kishiga to‘g‘ri keladi. Asosiy aholi manzilgohlari dengaz yuzasidan 1500 m gacha bo‘lgan balandliklardagi tog‘ oralig‘i vodiylarida joylashgan. Undan baland hududlarda aholi zichligi keskin pasayib boradi va hududining 1/3 qismini tashkil qilgan baland tog‘ rayonlarida aholi deyarli yashamaydi.
Urbanizatsiya darajasi ko‘pchilik Markaziy Osiyo davlatlariga o‘hshash unchalik yuqori emas (38%). Eng yirik shaharlari Bishkek (600 ming kishi) va O‘sh (226 ming kishi), qolgan shaharlari o‘rta va kichik shaharlar guruhiga kiradi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin