Asosiy qism Muavr-Laplasning lokal va integral teoremalari
3. Ehtimollar nazariyasining limit teoremalari. Ehtimollar nazariyasining limit teoremalari deb nomlanuvchi qator tasdiq va teoremalarni keltiramiz. Ular yetarlicha katta sondagi tajribalarda t.m.lar orasidagi bog‘lanishni ifodalaydi. Limit teoremalar shartli ravishda ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh teoremalar katta sonlar qonunlari(KSQ) deb nomlanadi. Ular o‘rta qiymatning turg‘unligini ifodalaydi: yetarlicha katta sondagi tajribalarda t.m.larning o‘rta qiymati tasodifiyligini yo‘qotadi. Ikkinchi guruh teoremalar markaziy limit teoremalar(MLT) deb nomlanadi. Yetarlicha katta sondagi tajribalarda t.m.lar yig‘indisining taqsimoti normal taqsimotga intilishi shartini ifodalaydi. KSQ ni keltirishdan avval yordamchi tengliklarni isbotlaymiz.
Teorema(Chebishev). Agar X t.m. DX dispersiyaga ega bo‘lsa, u holda uchun quyidagi tengsizlik o‘rinli:
(18)
(18) tengsizlik Chebishev tengsizligi deyiladi.
Isboti. ehtimollik X t.m.ning oraliqqa tushmasligi ehtimolligini bildiradi bu yerda . U holda
,
chunki integrallash sohasini ko‘rinishda yozish mumkin. Bu yerdan ekanligi kelib chiqadi. Agar integrallash sohasi kengaytirilsa, musbat funksiyaning integrali faqat kattalashishini hisobga olsak,
. ■
Chebishev tengsizligini quyidagi ko‘rinishda ham yozish mumkin:
(19)
Chebishev tengsizligi ihtiyoriy t.m.lar uchun o‘rinli. Xususan, X t.m. binomial qonun bo‘yicha taqsimlangan bo‘lsin, . U holda va (18) dan
; (20)
n ta bog‘liqsiz tajribalarda ehtimolligi , dispersiyasi bo‘lgan hodisaning chastotasi uchun,
. (21)
X t.m.ni oraliqga tushushi ehtimolligini baholashni Markov tengsizligi beradi.
Teorema(Markov). Manfiy bo‘lmagan, matematik kutilmasi MX chekli bo‘lgan X t.m. uchun da
(22)
tengsizlik o‘rinli.
Isboti. Quyidagi munosabatlar o‘rinlidir:
. ■
(22) tengsizlikdan (18) ni osongina keltirib chiqarish mumkin.
(22) tengsizlikni quyidagi ko‘rinishda ham yozish mumkin:
. (23)
1-misol. X diskret t.m.ning taqsimot qonuni berilgan: Chebishev tengsizligidan foydalanib, ehtimollikni baholaymiz. X t.m.ning sonli xarakteristikalarini hisoblaymiz: ; .
Chebishev tengsizligiga ko‘ra: