Kirish……………………………………………………………………………..3 Asosiy qism 1 Agyusten Lui Koshi – buyuk matematik………………………………..5
2 Koshi tengsizligining sodda hollari……………………………………..6
3 Koshi tengsizligining isbotlash usullari…………………………………8
4 Koshi tengsizligidan foydalanib Koshi-Bunyakovskiy tengsizligini isbotlash. …………………………………………………………………16
5 Koshi tengsizligini umumlashtirish…………………………………….17
6 Yung, Gyo’lder, Minkovskiy va Yensen tengsizliklari………………..20
Xulosa………………………………………………………………………….28 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………29 Kirish O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to`laqonli sheriklik o`rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko`lamlari qanday bo`lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligining oshishida qanday ahamiyat kasb etishiga bog`liq.
Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar quyidagilar etib belgilandi.
Matematika faning yorqin yulduzi, buyuk fransuz olimi Ogyusten-Lyu Koshi 1789 yili asilzodalar oilasida tug`ilgan. 1807 tildan Parijdagi yuqori malakali injenerlarni tayyorlaydigan mashhur Politexnika maktabini tugatdi. 1810 yildanboshlab Sherburgda injener bo`lib ishlagan.
Koshi turi sohalar bilan shug`ullangan: elastiklik nazariyasi, optika, osmon mexanikasi, differensial tenglamalar, geometrita, algebra va sonlar nazariyasi. Ammo Koshi qiziqishlarining asosi matematik analiz bo`lgan. U matematik analiz va kompleks o`zgaruvchili funksiyalar nazariyasi fanlarining asoschilaridan biridir.
1816 yilda O.Koshi Parij fanlar akademiyasining a’zosi qilib qabul qilingan va Politexnika maktabida professor bo`lib ishlay boshlagan. Bu yerda u o`zining matematik analizdan mashhur ma’ruzalar o`qigan. Bu ma’ruzalar keyinchalik uchta kitob shaklida chop qilingan: «Analiz kursi» (1821 y.), «cheksiz kichiklarni hisoblash ma’ruzalar rezyumesi» (1823 y.), «Analizning geometriyaga tadbiqlari bo`yicha ma’ruzalar» (1826-28 y.) . Oliy matematikada Koshining nomi bilan bog`liq bo`lgan teoremalar va terminlar ancha.