Asosiy saqlovchi vositalar yordamida fuqarolarni muhofaza qilish. Reja



Yüklə 170,37 Kb.
səhifə4/5
tarix16.12.2023
ölçüsü170,37 Kb.
#183152
1   2   3   4   5
Asosiy saqlovchi vositalar yordamida

Yengil himoya kostumi L-1. U qalpoqchadan, shim bilan birga tikilgan paypoq hamda ikki qavatli qо‘lqop va podshlemnikdan tashkil topgan.
L-1ning ham о‘lchamlari huddi himoya kombinezoniga о‘xshash bо‘ladi. L-1 kiyimlari asosan fuqarolar muhofazasining razvedka qismlarida kiyiladi.
Umumiy himoya jamlamasi (OZK) vositasi himoya plashidan (OP-1) va himoya paypoq, qо‘lqopdan tashkil topgan.
Umumqо‘shin himoya jamlamasii qо‘yilgan maqsadga kо‘ra:
a) radioaktiv birikmalardan, zaharlovchi moddalar va biologik vositalar ta’sirlaridan saqlashda, radiaktiv moddalar va biologik shikastlangan joylarda hatti-harakatlar hamda texnika, transportlarni zararsizlantirish ishlarini bajarishda yopqich kо‘rinishda; b) shikastlangan о‘choqlardagi xatti-harakatlarda va qutqaruv-evakuatsiya ishlarini bajarishda kombinezon kо‘rinishda foydalaniladi.
Filtrlovchi terini himoyalovchi vositalar paxtali materiallardan tayyorlangan kiyimlarga maxsus kimyoviy moddalar shimdirilgan bо‘ladi. Bunda zaharli moddalar kiyimdan о‘tayotganda yutilib qoladi va terini shikastlashdan saqlaydi.ZFO
Filtrlovchi himoya kiyimlari (ZFO-58). Bu vosita kombinezondan, paytava, shlemostilidan tashkil topgan. ZFO-58 gazniqob, rezinali etik va qо‘lqopdan iborat jamlama holida ham foydalaniladi (6-rasm).
.
6-rasm. Filtrlovchi himoya kiyimi ZFO-58:
1-kombinezon; 2-kapushonkani mahkamlovchi qism; 3-bosh klapani; 4-mahkamlovchi klapan; 5-qо‘lqopni ushlovchi; b-podshlemnik-qalpoqni ichidan kiyadigan bosh kiyim.

Kombinezon 3 xil о‘lchamdada chiqariladi: 1 - 160 sm gacha, 2 - 161-170 sm gacha va 3 - 171 sm dan yuqori bо‘yli odamlar uchun.


Oddiy terini himoya qiluvchi vositalarga oddiy hech narsa shimdirilmagan yopqich, plashlar, qalin zich tо‘qilgan paltolar, paxtali, charm-terili kurtkalar va boshqa kiyim kechaklar kiradi.Trikotaj, sherst va paxtali matolardan tayyorlangan kiyimlar, qо‘lqoplar faqat radioaktiv changlardan va biologik ta’sirlardan saqlaydi.

Yüklə 170,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin