Asosiy saqlovchi vositalar yordamida fuqarolarni muhofaza qilish. Reja


Yakka tartibdagi tibbiyot vositalaridan foydalanish



Yüklə 170,37 Kb.
səhifə5/5
tarix16.12.2023
ölçüsü170,37 Kb.
#183152
1   2   3   4   5
Asosiy saqlovchi vositalar yordamida

Yakka tartibdagi tibbiyot vositalaridan foydalanish. Ionlantiruvchi nurlardan, zaharlovchi moddalardan, bakterial vositalardan hamda kuyishdan saqlashda shaxsiy (SHD-2) doriqutilardan foydalaniladi. Bu vosita 130 gr. bо‘lib, saqlanish muddati - 3 yil. Doriqutiga dori moddalar va qirg‘in qurollari ta’siriga qarshi kurashadigan protektorlar joylashtirilgan:
a) shaxsiy tibbiyot doriqutisiga og‘riq qoldiradigan shpris-tyubik ninasi bilan joylashtirilgan;
b) fosfor organik zaharli moddalar bilan zaharlanganda ishlatiladigan taren-6 tabletka dorisi bor. Bu dori kimyoviy ogohlantirishda bir tabletkadan ichiladi;
v) baktereologik vositalarga qarshi ishlatiladigan dori. «№1» (oq shishada - tetrasiklin gidroxlorid) joylashgan. Bu dorini baktereologik qurol ishlatilganda, jarohatlar olgan va kuyganlar uchun foydalaniladi. Bunda bir yо‘la 5 ta tabletka ichiladi va yana 6 soatdan keyin yana 5 tasi ichiladi (vabo, о‘lat, sibir yarasi).
g) biologik ta’sirlarga qarshi ishlatiluvchi (sulfodometoksin-15 tabletka dorisi) qо‘yilgan. Bu dorini oshqozon-ichak kasali boshlanganda bir yо‘la 7 ta tabletkasi va keyingi kunlarda 4 tadan ichiladi;
d) Radiosaqlovchi vosita №1 (sistamin) joylashgan bо‘lib, u  nurlanish yuz berganda bir yо‘la 6 ta tabletka ichiladi;
e) Radiosaqlovchi vosita №2 (kaliy yodit) bо‘lib, har kuni bitta tabletkadan ichiladi (10 kun maboynida). Bu dori radiaktiv changlar tushganda ichiladi;
j) Qusishga qarshi ishlatiladigan vosita - etaperazin (havorangli shishada) joylashtirilgan. Bu dori odam nur qabul qilganda, et uzilganda ichish tavsiya etiladi.
Yuqorida qayd etilgan dorilarni kichik bolalarga ham ichish tavsiya etiladi, 8 yoshgacha bо‘lganlar: 1/4 tabletka, 8-15 yoshgacha 1/2 tabletka.
Kimyoviy zaharlovchilarga qarshi yakka tartibdagi paket (SHKP-8) qo’llaniladi. Bu vosita har bir odamda bо‘lishi shart. Bu paket kimyoviy zaharlovchilarni teriga, kiyimlarga, shaxsiy saqlovchi vositalarga tushganda, zararsizlantirishda foydalaniladi. Bu paketda degazatsiya qiluvchi idish eritmasi va tо‘rtta paxta dokali tampon bо‘lib, bular polietilen qopchada germetik joylashtirilgan bо‘ladi. Agar biror zaharlovchi moddalar teriga yoki kiyim boshga tushib qolsa, darhol, tampon, degazatsiya qiluvchi eritmaga shimdirilib, keyin о‘sha joy artiladi.
Degazatsiya qiluvchi eritmalar 3% H2O2+3% NaOH yoki 3% H2O2+(150 g natriy silikatning suvdagi aralashmasi).


Mustahkamlash uchun savollar
1. Fuqarolarni muhofaza qilishning ogohlantirish uslubini mohiyati qanday?
2. Nafas organlarni saqlovchi vositalar va ularning xususiyatlarini tushuntiring?
3. Shaxsiy tibbiyot vositalari va ularning vazifalari nimalardan iborat?
4. Terini saqlovchi vosita turlari va xususiyatlarini tushuntiring.
Yüklə 170,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin