“asosiy texnologik jarayon va qurilmalar” faniga kirish



Yüklə 4,15 Kb.
tarix03.03.2023
ölçüsü4,15 Kb.
#86477
“asosiy texnologik jarayon va qurilmalar” faniga kirish-fayllar.org


“asosiy texnologik jarayon va qurilmalar” faniga kirish

TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI SHAHRISABZ FILIALI
Ma’ruzachi: Elmanov Abbos

ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYON VA QURILMALAR” FANIGA KIRISH

REJA:
1.Kirish. O`zbekistonda fanning tarixiy rivojlanishi,vazifa va maqsadlari.


2. Jarayon turlari, qonunlari.
3.Suyuqliklarning asosiy fizik xossalari.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, hukumatimiz tomonidan xalq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha qator amaliy ishlar qilinmoqda. Asosiy e’tibor qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtirishning yangi zamonaviy, ekologik toza texnologiyalarini joriy qilib maxsulot olish, xosildorlikni oshirish, qishloq xo‘jalik maxsulotlarini qayta ishlash va saqlashning yangi samarali texnologiyalar joriy qilib, mahalliy xom ashyolar asosida istemol mollari ishlab chiqarishga, yangi zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilishga, mavjud ishlab chiqarishni qayta qurishga qaratilgan. Shuning o‘zi texnologik jarayonlar va uskunalarning yangilanishiga va ulardan samarali foydalanish yo‘llarini izlashga olib keladi.
Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar» fanining klassifikatsiyasini ko`rib chiqamiz.
Sanoat jarayoni- Ma`lum natijaga erishish uchun amalga oshiriladigan ketma-ket harakatlarning majmuasi va yog`indisi.
Texnologiya- bu xomashyodan avvaldan belgilangan xossalar ega mahsulot olish maqsadida o`tkazilgan bir qator usullardir.
Mashina- energiya yoki materialni o`zgartirish uchun mexanik harakat qiladigan uskuna yoki moslama.
Kimyo va boshqa texnologiyalarni ko`p qirrali, turli asosiy jarayonlarning o`tish qonuniyatlariga qarab asosan 5 guruhga ajratsa bo`ladi.

  • Gidromexanik jarayonlar

  • Issiqlik almashinish

  • Massa almashinish

  • Mexanik jarayonlar

  • Kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar.


Gidromexanik Jarayonlar-bu shunday jarayonki ularning tezligi mexanika va gidrodinamika qonunlari bilan belgilanadi.
Ularga truba va qurilmalarda gaz va suyuqliklarni uzatish, suyuqliklarni aralashtirish emulsiya va suspenziyalarni cho`ktirish,
Filtrlash,sentrifugalash usullarini ajratish,teskari osmos va ultra-filtrlash, donador,sochiluvchan materiallarni mavhum qaynashi
kabi jarayonlar kiradi.
Issiqlik almashinish jarayonlari-bu shunday jarayonki ular temperaturasi yuqori jismdan temperaturasi past jismga issiqlik o`tadi.Ularga isitish pasterizatsiya, sterilizatsiya, sovitish, bug`latish, kondensatsiyalash va boshqalar kiradi.
Massa almashinish yoki diffuzion jarayonlar-bu shunday jarayonda konsentratsiyasi yuqori fazadan konsentratsiyasi past fazaga turli agregat holatlarda massa o`tadi. Bu jarayonlarga absorbsiya va desorbsiya, haydash va rektifikatsiya, adsorbsiya,ektraksiyalash,erish,kristallash, namlash,quritish,ion almashinish va boshqalar kiradi.
Mexanik jarayonlar- bu shunday jarayonda qattiq jismlarning faqat mexanik o`zaro ta`siri o`tadi. Ularga qattiq, ochiluvchan
Materiallarning maydalash, klassifikatsiyalash, presslash, granullash va boshqalar kiradi.
Kimyoviy va Biokimyoviy jarayonlar-bu jarayonda moddalarning kimyoviy tarkibi va xossalari o`zgarishi bilan xarakterlanadi.Ushbu jarayonlarning tezligi kimyoviy kinetika qonunlari bilan aniqlanadi.
Ideal suyuqlik deb, bosim va xarorat ta’sirida o‘z xajmini o‘zgartirmaydigan yoki siqilmaydigan, o‘zgarmas zichlikka ega bo‘lgan va ichki ishqalanishi (qovushqoqligi) bo‘lmagan suyuqliklarga aytiladi. Aslida esa, har qanday suyuqlik bosim yoki harorat ta’sirida o‘z hajmini o‘zgartiradi. Har qanday suyuqlikda ichki ishqalanish kuchlari va qovushqoqlik bo‘ladi. Demak, haqiqatda tabiatda ideal suyuqlik bo‘lmaydi, ya’ni barcha suyuqliklar real suyuqlik hisoblanadi
http://fayllar.org
Yüklə 4,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin