Jamoa tuzilishi Google sinfxona Turlar boyligi va xilmaxilligi. Nima uchun xilma-xil turlarga boy ekosistema barqaror boʻladi. Asos va asosiy turlarning ahamiyati.
Asosiy tushunchalar:
Jamoa strukturasini turlarning moʻlligi (jamoada mavjud turlar soni) va turlarning xilma-xilligi (ham mavjud turlar soni, ham har bir tur vakillarining nisbiy miqdori) bilan izohlash mumkin.
Jamoaning strukturasiga abiotik omillar, turlararo munosabatlar, beqarorlik darajasi va tasodifiy hodisalar kabi koʻplab omillar taʼsir koʻrsatadi.
Ayrim turlar, masalan, asos turlar va tayanch turlar ekologik jamoa tarkibini belgilashda alohida rol oʻynaydi.
Kirish Turli ekologik jamoalar tarkibida qanday turlar borligi va ularning qanchadan vakillari borligiga qarab bir-biridan katta farq qilishi mumkin. Misol uchun, Arktikadagi ayrim jamoalarda sanoqli turlar mavjud boʻlsa, ayrim tropik oʻrmonlarning har bir kub metrida juda koʻp turlar uchraydi.
Jamoalar orasidagi ushbu farqni izohlashning bir yoʻli bu turlar har xil strukturaga ega deyishdir. Sodda qilib aytganda, jamoa strukturasi uning tarkibi boʻlib, jamoada mavjud turlar soni va har bir tur vakillarining nisbiy miqdorini oʻz ichiga oladi\[^1\]. Bu taʼrifni yanada kengroq qilib, turlar orasidagi barcha munosabat qonuniyatlarini ham oʻz ichiga oladi deyish mumkin\[^2\].
[Boshqa taʼriflar ham bormi?] Ushbu maqolada jamoa strukturasini raqamlar bilan ifodalashning turli yoʻllarini koʻrib chiqamiz. Soʻngra jamoa strukturasiga taʼsir qiluvchi omillarni, xususan, asos va tayanch turlarni koʻrib chiqamiz.
Jamoa strukturasini qanday aniqlash mumkin? Jamoa tarkibini aniqlashda ekologlar qoʻllaydigan ikkita asosiy tushuncha – turlar moʻlligi va turlar xilmaxilligidir.
Turlar moʻlligi Turlar moʻlligi bu maʼlum bir jamoadagi har xil turlar sonidir. Agar bir jamoada \[30\] ta, ikkinchi jamoada esa \[300\] ta tur boʻlsa, ikkinchi jamoaning turlar moʻlligi birinchi jamoaga nisbatan yuqoriroq boʻladi.
Turga eng boy jamoalar odatda ekvator yaqinida uchraydi. U yerdagi katta miqdordagi quyosh energiyasi (yuqori birlamchi mahsuldorlikni taʼminlaydi), iliq harorat, koʻp miqdordagi yogʻingarchilik, mavsumlar orasida oʻzgarishning kamligi bunga sabab boʻladi. Turlar soni eng kam jamoalar quyosh energiyasi kam tushadigan, sovuq, quruq va hayot uchun noqulay boʻlgan qutblarga yaqin hududlarda uchraydi. Quyidagi xaritada sutemizuvchilarning hududlar boʻylab tarqalishi koʻrsatilgan. (Tur moʻlligi faqat sutemizuvchilar uchun hisoblangan, hamma turlar uchun emas.) Geografik kenglikdan tashqari boshqa omillar ham jamoaning tur moʻlligiga taʼsir qiladi.
Xaritada Shimoliy va Janubiy Amerikadagi sutemizuvchilarning hududlar boʻylab tarqalishi keltirilgan. Sutemizuvchilarning eng koʻpi Janubiy Amerikaning Amazonka hududida (har bir kvadrat kilometrda 179-228 tur) uchraydi. Tur moʻlligi asosan tropiklarda yuqori boʻlib, shimol va janubga qarab kamayib boradi va Arktika hududlarida nolga tenglashadi.
Sutemizuvchilar turlarining moʻlligi. Manba: “Community ecology: Figure 14” (Jamoa ekologiyasi: 14-rasm) / OpenStax College, Biology, CC BY 4.0. NASA, CIESIN, Columbia University ishlaridan oʻzgartirilgan.