Asosiy va qo’shimcha kattaliklar. Kattaliklar, ularning o’lchamlari, birliklar, xalqaro birliklar tizimi, birlik va o’lchamlarni yozish va belgilash qoidalari, kattalik birliklarini hosil qilish



Yüklə 285,7 Kb.
səhifə13/16
tarix03.05.2023
ölçüsü285,7 Kb.
#106464
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Chiziqlilik (To‘g‘ri mutanosiblik)
Chiziqlilik ba’zi diapazonda o‘lchash uchun foydalaniladigan metodlarning muhim xossasi bo‘lib hisoblanadi. Javob chiziqliligini toza moddalarda va real namunalarda aniqlash mumkin. Odatda chiziqlilikni miqdoriy aniqlanmaydi, uni ko‘z bilan yoki nochiziqlilik ahamiyatliligining mezonlari yordamida tekshiriladi. Ahamiyatli nochiziqlilikni odatda nochiziqli darajalovchi tavsifnomalar yordamida hisobga olinadi yoki torroq ishchi diapazonni tanlash yo‘li bilan bartaraf etiladi. Chiziqlilikdan qolgan har qanday og‘ishlar odatda bir qancha o‘lchanayotgan qiymatlarni qamrovchi umumiy presizionlik bahosiga kiradi yoki darajalash bilan bog‘liq bo‘lgan noaniqlik chegarasida qoladi.
Topish chegarasi
Metodning yaroqliligini baholash jarayonida topish chegarasi odatda ishchi diapazonning quyi chegarasini belgilash uchungina aniqlanadi. Ammo topish chegarasi yaqinidagi noaniqliklar alohida ko‘rib chiqishni va maxsus talqin etilishni talab etishi mumkin, topish chegarasi qanday aniqlanganidan qat’iy nazar uning noaniqlikni baholashga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi yo‘q.
Barqarorlik
Ko‘p hujjatlar tahlil metodlarining yaroqliligini baholash va ishlab chiqish bo‘yicha aniq parametrlarni o‘zgartirishga natijalar sezuvchanligini bevosita tadqiqot qilishni talab etadi. Odatda bu bir yoki bir necha faktorlarni o‘zgartirish bilan chaqirilgan ta’sirlar tadqiqot qilinadigan «mustahkamlikka sinash» yordamida amalga oshiriladi. Agar bunday sinov ahamiyatli bo‘lsa (o‘z presizionligi bilan solishtirganda) u holda bu ta’sirning kengligini aniqlash va muvofiq yo‘l qo‘yilgan ishchi diapazonni tanlash uchun mufassalroq tadqiqot olib boriladi. Barqarorlik bo‘yicha ma’lumotlar muhim faktorlarning o‘zgarish natijalariga ta’siri haqida axborot berish mumkin.
Selektivlik/ spesifiklik
Qandaydir o‘lchash metodi aniq o‘lchash parametrlariga bir ma’noda javob beradigan daraja. Selektivlik tadqiqotlarida odatda mumkin bo‘lgan halal beruvchi komponentlar ta’sirini bu moddalarni bo‘sh namunalarga ham, ishchi namunalarga ham qo‘shgan holda va javobni kuzatgan holda o‘rganiladi. Olingan natijalar odatda haqiqiy halal beruvchi ta’sirlar unchalik ahamiyatga ega emasligini ko‘rsatish uchun foydalaniladi. Bunday tadqiqotlarda bevosita javob o‘zgarishi aniqlanganligi uchun bu ma’lumotlardan potensial halaqitlar bilan bog‘liq noaniqlikni baholash uchun foydalanish mumkin, bundan tashqari bunda halaqit beruvchi moddalar konsentratsiyalari diapazoni haqida axborot olinadi.
Kuzatib borish
Turli laboratoriyalarda yoki har xil vaqtda olingan natijalarni ishonch bilan solishtirish imkoniga ega bo‘lish muhim. Bu barcha laboratoriyalar bir xil o‘lchash shkalasi yoki bir xil «sanash nuqtasi» dan foydalanishlari bilan ta’minlanadi. Ko‘p hollarda bunga dastlabki milliy yoki xalqaro etalonlarga, mukammal hollarda esa (uzoq muddatli kelishuv maqsadida). Xalqaro birliklar tizimi (SI) ga olib boruvchi kalibrlash zanjirini o‘rnatish bilan erishiladi. Yaxshi misol bo‘lib analitik tarozilar hisoblanadi. Har bir tarozi etalon toshlari yordamida kalibrlanadi, ular esa o‘z navbatida (oqibatda) milliy etalonlarga nisbatan kalibrlanadi, shu tarzda kilogrammning dastlabki etaloni bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Ma’lum boshlang‘ich qiymatga olib boruvchi taqqoslashlarning uzilmas zanjiri umumiy sanash nuqtasiga «kuzatib borish»ni ta’minlaydi va bu turli insonlarning bir xil o‘lchash vositalaridan foydalanishlarini kafolatlaydi. Oddiy o‘lchashlarda turli laboratoriyalar o‘rtasidagi o‘lchashlarning kelishilganligiga (yoki bir vaqtda o‘lchashlarning kelishilganligi) o‘lchashlar natijasini olish yoki tekshirish uchun foydalaniladigan, bunga tegishli bo‘lgan barcha oraliq o‘lchashlarni kuzatib borishni belgilash tufayli erishiladi. Shuning uchun kuzatib borish o‘lchashlarning barcha sohalarida muhim tushuncha bo‘lib hisoblanadi.
Kuzatib borish noaniqlik bilan chambarchas bog‘liq va kuzatib borish o‘zaro bog‘liq bo‘lgan barcha o‘lchashlarni kelishilgan o‘lchash shkalasida joylashtirishga yo‘l qo‘yadi, bunda noaniqlik bu zanjir xalqalarining «chidamliligi» ni va o‘xshash o‘lchashlarni bajaruvchi laboratoriyalar o‘rtasidagi kutilgan kelishuv darajasini tavsiflaydi.
Umuman, aniq etalonga kuzatib boriladigan bo‘lib hisoblanuvchi natija noaniqligi bu etalon noaniqligi va bu etalonga tegishli o‘lchash noaniqligi sifatida ifodalanadi.
Analitik metodika natijasining kuzatib borilishi umuman quyidagi protseduralarning (muolajalarning) qo‘shilishi bilan belgilanishi lozim:
- kuzatib borilayotgan etalonlardan o‘lchash uskunasini kalibrlash uchun foydalaniladi;
- dastlabki metodni realizatsiya qilish yoki dastlabki metod natijalari bilan solishtirish;
- taqqoslash namunalaridan toza moddalar sifatida foydalanish;
- matritsa jihatidan mos keluvchi standart namunalardan foydalanish;
- ma’lum, yaxshi aniqlangan metodika bilan solishtirish.



Yüklə 285,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin