16.4-jadval. Nomoddiy aktivlarga kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha amortizatsiya hisoblash (so‘mda)
Sanalar
Dastlabki qiymati
Amortizatsiyaning yillik summasi
Jamlangan eskirishi
Qoldiq qiymati
Xarid sanasi
25 000 000
-
-
25 000 000
1-chi yilning oxiri
25 000 000
(25 000 000 x 40%) = 10 000 000
10 000 000
15 000 000
2-chi yilning oxiri
25 000 000
(1 5 000 000 x 40%) = 6 000 000
16 000 000
9 000 000
3-chi yilning oxiri
25 000 000
(9 000 000 x 40%) = 3600 000
19 600 000
5400 000
4-chi yilning oxiri
25 000 000
(5400 000 x 40%) = 2160000
21760 000
3240000
5-chi yilning oxiri
25 000 000
(3240 000 x 40%) = 1296000
23056000
1944000
Jadallashtirilgan usulda amortizatsiyani hisoblanganda sonlar ya’ni kumulyativ usulini ham qo‘llash maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Chunki amaldagi me’yoriy hujjatlarda bu masalaga yetarlicha yondashilmagan.
Amortizatsiya bo‘yicha sonlar yig‘indisi usulini qo‘llash yaxshi samara keltiradi. Sonlar yig‘indisi (Sum-of-the-ears-digits method) bo‘yicha hisobdan chiqarish ya’ni kumulyativ usul aktivni xizmat qilish yillari summasi orqali aniqlanadi va bu summa hisoblash koeffitsiyentida mahraj bo‘lib xizmat qiladi. Koeffitsiyentning sur’atida aktivning hizmat muddati oxirigacha qolgan yillar soni turadi, bu teskari tartibda ko‘rsatiladi. Sonlar yig‘indisi-nomoddiy aktivdan foydalanishda yillar mobaynidagi tartib raqamlarini qo‘shishdan olingan summa bo‘lib, tegishli yilning amortizatsiya me’yori ob’ektning dastlabki qiymati bilan uning likvidlik qiymati o‘rtasidagi farqqa ko‘paytiriladi. Umumiy formula quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.
; bunda – S- jami yillar.
Amortizatsiya boshlanadigan ob’ektlardan foydalanish muddati yetarlicha davomli bo‘lgan taqdirda sonlar yig‘indisi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: