1. Bir tekisda (to’g’ri chiziqli) eskirishni hisoblash usuli. Bu usulda ob’ekt qiymatining eskirish hisoblanayotgan qismi xarajat hisobvaraqlariga uning xizmat qilish muddati davomida bir tekisda (maromda) o’tkazib boriladi. Har yil uchun eskirish summasi (A) eskirish hisoblanadigan qiymat (ob’ektning bosh-langich qiymati (B)dan uning tugatish qiymati(Т)ni chegirilgan qismi)ni asosiy vositalarning foydali xizmat muddati(M)ga bo’lish orqali aniqlanadi, ya’ni
B - Т
A = ------------ .
M
Masalan, dastgohning boshlang’ich qiymati 550.000 so’m, xizmat muddati besh yil, xizmat muddati oxiridagi tugatish qiymati - 50.000 so’m. Bu holda har yillik eskirishso’mmasi eskirish hisoblanadigan qiymatning 20% ni tashkil qiladi yoki to’g’ri chiziqli hisobdan chiqarish usuliga binoan 100000 so’mni tashkil etadi, ya’ni
Boshlang’ich qiymat (B) - tugatish qiymati (Т) 550.000 – 50.000
A = -------------------------------------------------------- = ------------------------ = 100.000 so’m
Хizmat qilish muddati (M) 5
Ushbu dastgohga besh yil mobaynida eskirish hisoblashni quyidagi ishchi jadval orqali ko’rsatish mumkin:
(so’m hisobida)
Sana
|
Boshlangich
qiymat
|
Yillik eskirish summasi
|
Jamlangan eskirish
summasi
|
Balans qiymati
|
xarid sanasi
|
550.000
|
-
|
-
|
550.000
|
1 yil oxiri
|
550.000
|
100.000
|
100.000
|
450.000
|
2 yil oxiri
|
550.000
|
100.000
|
200.000
|
350.000
|
3 yil oxiri
|
550.000
|
100.000
|
300.000
|
250.000
|
4 yil oxiri
|
550.000
|
100.000
|
400.000
|
150.000
|
5 yil oxiri
|
550.000
|
100.000
|
500.000
|
50.000
| Jadval yordamida ko’rsatilgan eskirish hisoblashdagi asosiy xususiyatlarga to’xtalsak, ularni quyidagi uchta holatga ajratish mumkin:
birinchidan, besh yil davomida eskirishso’mmasi hisobi bir xil;
ikkinchidan, jamg’arilgan eskirishso’mmasi bir me’yorda ortib boradi;
uchinchidan, balans qiymati qoldiq qiymatiga etmagunicha bir me’yorda kamayib boradi.
Dostları ilə paylaş: |