Asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish texnik va texnologik yangilash
3. Pechlar turlari va ularning o’txonalari. Sanoat pechlarida yonish mahsulotlari – gazlar issiqlik tashuvchi vazifasini bajaradi. Ularning issiqligi energetik maqsadlarda emas, balki, texnologik maqsadlarda ishlatiladi.
Pechlar maishiy va sanoat pechlariga bo‘linadi. Sanoat pechlarining asosiy vazifasi – materiallar va buyumlarga termik ishlov (materiallarni qizdirish va eritish, kulolchilik buyumlarini pishirish, non yopish, quritish va sh.k.) berishdir. Ular yuqori temperaturali jarayonlar kechadigan qurilmalar qatoriga kiradi. Masalan, metallarni marten pechlarida eritish uchun 1800-2000 S temperatura zarur bo‘ladi.
Temirchilik pechlarida po‘latlar 1300 – 1500 S temperaturada qizdiriladi, o‘tga chidamli materiallar esa, 1500 – 1800S temperaturalarda pishiriladi. Pechlar ishlab chiqarishning ko‘p sohalarida (metallurgiya, mashinasozlik, oziq – ovqat va kimyo sanoati, qurilish materiallari va boshqalar) keng ko‘lamda ishlatiladi. Sanoat pechlarida asosiy issiqlik manbai – organik yoqilg‘idir. Elektr pechlari ham hozirgi vaqtda keng qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda sanoat pechlarining umumiy qabul qilingan aniq bir tasnifi yo‘q. Masalan, ularni quyidagicha tasniflash mumkin:
Texnologik vazifasiga ko‘ra:
Eritish pechlari – bularda metallar, minerallar, shisha va shu kabilar (domna va marten pechlari, rangli metallar eritish pechlari va shu kabilar) eritiladi;
Qizdirish pechlari – bularda metallarga ishlov berishdan oldin ular qizdiriladi (temirchilik pechlari), termik pechlar –bularda materiallarga termik ishlov berish maqsadida ular qizdiriladi;
kuydirish (pishirish) pechlari – bularda turli hil materiallar (sopol, oxak, tsement) kuydiriladi;
quritish pechlari - bularda materiallardan namlik chiqarib yuboriladi, bo‘yalgan buyumlar quritiladi.
Energiya ta’minotiga ko‘ra:
yoqilg‘i pechlari – bular ham o‘z navbatida qattiq, suyuq va gaz yoqilg‘i pechlariga bo‘linadi.
Elektr pechlari – bularda elektr energiyasi isiqlik energiyasiga aylanadi. Bu pechlar ham quyidagicha ajratiladi: elektr qarshilik pechlari, yoy, induktsion, kontakt, elektron hamda yuqori chastotali pechlar.
Ishlash vaqtiga qarab: uzluksiz ishlaydigan davriy ishlaydigan.
Ishchi yuzaning shakliga qarab: kamerali tonnelli; xalqasimon (2-rasm) – bu pechlar pishiq g‘isht ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.