O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVOTSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“QURILISH” FAKULTETI
“QURILISH MATERIALLARI VA BUYUMLARINI KONSTRUKSIYALASH ISHLAB CHIQARISH” KAFEDRASI
“Bog’lovchi moddalar”FANIDAN
K U R S L O Y I H A S I
Mavzu: “Yiliga 800 tonna qurilish gipsi ishlab chiqaruvchi sexini loiyihalash”
Bajardi: 81A-20 QMBKICH guruh talabasi Zulfiqaxxorov B
Rahbar: Mirzajonov M
Taqrizchi: Mirzayev B
Kaf.mudiri: Ergashev M
FARG’ONA 2023
Kurs loyihasi uchun ma’lumotlar
Korxonani ishlab chiqarish quvvati: 800t/yil;
Ishlab chiqariladigan mahsulot: Birinchi nav qurilish gipsi
Mustahkamlik bo‘yicha markasi G-5
Ishlatiladigan xom ashyolar: tabiiy gips toshi, namligi-12%
aralashmalar miqdori-7%
I. KIRISH
Anorganik yoki mineral bog‘lovchi moddalar kukunsimon bo‘lib, mayda va yirik to‘ldirgichlar bilan birga suvda qorilganda suyuq yoki plastik qorishma hosil qiladi va ast -sekin qotishi natijasida suniy toshga aylanadi.
Anorganik bog‘lovchilarni ishlatilishiga va xossalariga ko‘ra quyidagi gruppalarga bo‘lish mumkin:
1) Havoda qotadigan bog‘lovchi materiallar: ohak, gips va kaustik magnezit;
2) Gidravlik bog‘lovchilar. Bunday materiallar faqat havoda emas, balki suvda va namlikda ham qotish xususiyatiga ega. Masalan, portlandsement, shlakli portlandsement, kengayuvchi sementlar va boshqalar;
3) Kislotalarga chidamli bog‘lovchilar. Bunday bog‘lovchilarninig qotish
protsessidan keyingi mustaxkamligining ortishi kislotalar tasirida ham davom yetaveradi. Bunga kislotaga chidamli eruvchan suyuq shisha asosida olinadigan sementlar va qorishmalar misol bo‘la oladi.
Bog‘lovchilar zamonaviy qurilishning asosi hisoblanadi. Ularni to‘g‘ri tanlash uchun ularning tarkibi va xossalarini o‘rganish, sifatini aniqlay olish va texnik talablarga muvofiqligi haqida xulosa chiqarish kerak.
Gips toshi jinslarini kuydirish natijasida olingan moddalar ananaviy mineral bog‘lovchi hisoblanib, insoniyatga bir necha ming yillardan beri ma’lumdir.
Gips bog‘lovchi moddalar nafaqat suvokchilikda, balki xajmli qurilish buyumlari olishda ham keng ko‘lamda ishlatiladi. Bog‘lovchi modda olishda xom ashyo tabiiy tog‘ jinslari (gipsli tosh jinslari, angidrit), va xamda tarkibida kalsiy sulfat bo‘lgan ishlab chiqarish chikindilari (fosfogips, borogips, oltingugurt ishlab chiqarishdagi chikindilar) xizmat qiladi.
Jahonda hammasi bo‘lib 35-40 mln.t. gips bog‘lovchi moddalari ishlab chiqariladi, shundan 90% qurilish ishlarida ishlatiladi.
AQSh, Fransiya, Angliya, Ispaniya eng ko‘p miqdorda gips bog‘lovchi moddalar ishlab chiqaradigan davlatlar hisoblanadi.
O‘zbekistonda gips bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish Buxoro va Fargona viloyatlarida yaxshi rivojlangan. Toshkent, Fargona, Samarkand viloyatlarida ishlab chiqarish chikindilaridan foydalanib gips ishlab chiqarish ustida ancha ishlar qilinayapti.
Gipsli bog‘lovchi moddalar ko‘ydirilgan gips-toshini mayda qilib tuyib hosil qilinadi (gips-tosh asosan tarkibida ikki molekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfatli CaSO4∙2N2O dan iborat). Gips-toshining ko‘ydirilish temperaturasiga va sharoitiga qarab qurilish gipsi, juda mustahkam gips hamda angidridli sement hosil bo‘ladi.
Gips bog‘lovchi moddalar parda devorlar, qurilishda juda ko‘p ishlatiladigan girs plitalari (gips va yogoch kipigidan ishlangan), «quruq suvok» deb ataladigan taxtalar (ikki kogoz orasiga quyilgan gips taxta), devorbop bloklar, toki-ravok buyumlari ishlashda katta axamiyatga ega. Bundan tashqari gips bog‘lovchi moddalar bino devorlarining ichki tomonini suvashda, nakkoshlikda va bezak buyumlar tayyorlashda ko‘p ishlatiladi.
Gips utga chidamli bo‘lganligi uchun, bundan binoni shamollatuvchi kurilmalar, lift kataklari va boshkalar tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: |