1.2 Xom ashyo materiallarining xususiyatlari
Tarkibida ikki molekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfatli cho‘kindi tog‘-jinsi gipsni (CaSO4∙2N2O), suvsiz gips deb ataluvchi angidrid toshni (CaSO4) va ayrim sanoat chiqindilarini pishirib gipsli bog‘lovchilar olinadi. Standartda ko‘rsatilishicha, birinchi nav gips ishlab chiqarish uchun tarkibida CaSO4∙2H2O ning miqdori 90%, ikkinchi nav uchun esa 65% dan kam bo‘lmagan tabiiy gips-tosh kerak.
Tabiiy gips-tosh oq rangli, qattiqligi 2 (Moos shkalasi bo‘yicha) zichligi 2200….2400 kg/m3 bo‘lgan jinsdir. Gipsli jinslar odatda ma’lum miqdorda gil, qum, ohaktosh, bitumsimon moddalar va boshqalardan tashkil topgan.
Gips toshining kimyoviy tarkibi 1-jadvalda ko‘rsatilgan.
1-jadval
Kogon koni tabiiy gips toshining kimyoviy tarkibi
Moddalar miqdori, %
|
CaO
|
SO4
|
SiO2
|
Al2O3
|
Fe2O3
|
MgO
|
H2O xim. bog‘langan
|
CaSO4·2H2O
|
30.84-32.69
|
38-44.79
|
0.84-5.78
|
0.21-1.48
|
0.16-0.45
|
0.47-2.39
|
17.7-19.8
|
82-96
|
GOST 4013-82 bo‘yicha gips bog‘lovchilar ishlab chiqarish uchun 1 - sinf xom ashyosi tarkibida CaSO4·2H2O miqdori kamida 95%, 2-sinf xom ashyosida kamida 90%, 3-va 4-sinflarda esa 80 - 70% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Gips toshi jinslari tarkibida 12% gacha aralashmalar mavjud. Ushbu konning gips toshi tarkibidagi CaSO4·2H2O miqdoriga ko‘ra birinchi sinfga kiradi.
Tarkibidagi aralashmalarni turi va miqdoriga qarab gips toshining o‘rtacha zichligi 2,2-2,4 g/sm3 ga teng. Gips chaqaq toshining uyma zichligi 1200-1400 kg / m3, namligi 3-5% oraliqda o‘zgaruvchan. Gips toshining namligi turli partiyalarida o‘zgarib turadi va uning fizik xususiyatlariga, nisbiy namligiga, yil fasliga va saqlash sharoitlariga bog‘liq
Dostları ilə paylaş: |