Tarkibida fosfor bo‘lgan ko‘p xil minerallardan vulqon natijasida chiqqan apatit va cho‘kma fosforitlar fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarishning xom-ashyosi hisoblanadi
Apatit-vulqon natijasida chiqqan, keng tarqalgan mineral bo‘lib, tog‘ jinslarida dispers holatda bo‘ladi. Uning konlari juda kam. Eng yirigi 1025 yil Kola yarim orolini Xibin degan joyida topilgan edi. Appatitlarning biroz kamroq va kam qimmatliroq konlari Ural, Baykalning janubi, hamda Braziliya, Ispaniya, Kanada, AQSh va Shvetsiyadan topilgan.
Fosforitlar qadim geologik davrlarda yerda yashab o‘tib ketgan hayvonlarning skeletlarini mineralizatsiyasi, hamda suvdagi kaltsiy yordamida fosfat kislotaning cho‘kishi tufayli hosil bo‘lgan.
Fosforit konlari yer sharida ko‘p uchraydi, lekin /arbiy Yevropada ular uncha katta bo‘lmay ishlab chiqarishda qo‘llash uchun yaroqli emas. Osiyo mamlakatlarida Xitoydan tashqari boshqa yerlarda deyarli uchramaydi. Fosforitlarning katta konlari Shimoliy Amerika davlatlarida uchraydi. Amerika qit’asida bu jinsga mansub konlar - Florida, Tennesi va boshqa shtatlarda topilgan.
Afsuski, MDH mamlakatlarida uchraydigan fosforitlarda fosfor kam va bir yarim oksidlarga boy bo‘lganligi uchun superfosfatga aylantirish mushkul. Juda qimmatli fosforit koni 1937 y Qoratog‘ tog‘larida (Janubiy Qozig‘iston) ochilgan, u fosforli o‘g‘itlar solinishiga muxtoj bo‘lgan Markaziy Osiyo respublikalarini o‘rtasida joylashgan
Appatit asosan kristall holida, fosforitlar esa ham amorf ham kristall holida uchraydi. Amorf xillari tez parchalanadi, shuning uchun unga kimyoviy ishlov bermasdan ham o‘g‘it sifatida ishlatish mumkin.
Kelib chiqishi jihatidan har xil bo‘lishiga qaramay appatit va fosforitlarning kimyoviy tuzilishida umumiylik bor. Ular ortofosfat kislotaning uch almashingan kaltsiyli tuzlari bo‘lib, tarkibida kaltsiy ftor va shu kationning boshqa birikmalari hamda boshqa chiqindi moddalar bilan birgalikda uchraydi. Apatit kristallari yuqori darajadagi barqarorligi bilan ajralib turadi, ulardan ftorni kimyoviy yoki termik yo‘li bilan ajratish apatitning kristall panjarasini parchalaydi.
Appatitning emperik formulasi Ca5(PO4)3/ yoki (Ca3(RO4)2)3Sa/2 kaltsiy ftorid uning xloridi, karbonati, gidroksili bilan almashinishi mumkin.
O‘zaro mos holda ftor-apatit, xlor-apatit, karbonat-apatit va gidroksil - apatitlar farqlanadi.
Fosfat minerallardan tashqari fosforidlar ham uchrab, ularning tarkibida chiqindilar: polutor oskidlar, qum, tuproq ko‘p bo‘ladi. Xibinda apatitnefelinli jins tarzida uchraydi. Nefelin-(KNa)2Al2O32SiO2Q nSiO2 tarkibli alyumosilikatdir. Fosforitlar jelvaklangan (keng tarqalgan) yumaloqlangan tosh kabi va qatlamlangan, quyib qo‘ygan massaga o‘xshash hillarda uchraydi. Qatlamlangan eng quvvatli fosforit koniga misol tariqasida Qaratog‘ fosforitini keltirish mumkin, uning qatlamini qalinligi 7 m gacha yetadi. Boshqa konlarda esa qalinligi 0,8 m, eni esa 1,5 m gacha bo‘lishi mumkin.
U boshqa fosforit konlardan o‘zining sifati bo‘yicha ham farq qiladi: P2O5 ning miqdori 29,6 dan 35,6% gacha va polutor oksidlarning miqdori bor yo‘g‘i 2-2,5% (boshqalarda 4-11%) bo‘ladi. Lekin Qoratog‘ fosforitining kamchiligi ham bor bo‘lib, uning tarkibida magniyning miqdorini ko‘p bo‘lishi, ishlov berishni qiyinlashtiradi. Hosil bo‘lgan mahsulot o‘ta gigroskopikligi bilan ajralib turadi, uni yo‘qotish uchun maxsus texnologik uslublarni qo‘llash talab etiladi.
Boshqa konlarda fosforning miqdori kam bo‘lib, bir yarim oksidlarning miqdori ko‘p bo‘ladi (41-jadval).
41-jadval