Fosforit konlaridagi fosforning miqdori
Konlar
|
Miqdoriy ko‘rsatkichlar ( % )
|
P2O5
|
Al2O3 + Fe2O3
|
Aktyubinsk
|
18 ga yaqin
|
3,4
|
Vyatsko-Kamskoe
|
23-27
|
5-10
|
Yegorevsk
|
16-25
|
5-6 va ko‘proq
|
Krolovetskoe
|
18 ga yaqin
|
3,5
|
Higrovskoe
|
16-17
|
3,5
|
Loysimon fosforitlar tarkibida fosforning miqdori ko‘p bo‘ladi, ular jumlasiga: Vyatsko-Kamskoe, Vurnarsk, Yegorevsk, Kijshemsk, Krolovetskoe konlari kiradi. Qumsimonlari (glaukonitlilardan tashqarilarda fosforning miqdori kam bo‘ladi), jumlasiga Donetsk, Marshansk, Seshansk konlari kiradi. Glaukonit K2O4P2O310SiO2nH2O tarkibli alyuminoferisilikat bo‘lib, undagi kaliy oksidining miqdori 8% gacha borib yetadi. Glaulonit fosforitlarida kaliy 1-4% bo‘lib, fosfor miqdori bo‘yicha loysimon va qumsimonlar o‘rtasidagi oraliq miqdorni tashkil qiladi.
Fosfatli xom-ashyoda polutor oksidlarning bo‘lishi maqsadga muvofiq emas, chunki ularga qo‘shimcha ishlov berishda qo‘shimcha miqdorda kislota sarflanishini talab qiladi va fosfat kislota tuzlarini retrogradatsiyasi (ularni kamroq eriydigan shaklga o‘tishi) ga olib keladi.
Fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun Xibinsk apatit koni yaxshi xom ashyo beradi. Maydalangan jinsni suvga solinib, olein kislotasi, kerosin va eruvchi shishadan iborat reagent qo‘shiladi (1 t jinsga 1 kg). Pulpa orqali havoni jadal ravishda puflash natijasida apatit zarrachalari ko‘pikka o‘xshab qalqib yuzaga chiqadi va o‘zaro yopishadi, nefelin esa tubda qolib suv bilan yuvilib chiqib ketadi. Boyitilgan nefelindan tozalangan appatit kontsentranti 39-40% P2O5 ga ega bo‘ladi va dunyoda eriydigan fosforli o‘g‘itlar olishda eng yaxshi xom ashyo hisoblanadi. Nefelinni ham xalq xo‘jaligida ishlatiladi. Nordon tuproqlarda uni kaliyli o‘g‘it sifatida ishlatish mumkin.
Yer kurrasida topilgan appatit va fosforit konlaridagi fosforning umumiy zahirasi 1,109 t ni tashkil qiladi, lekin ularning faqat biroz qismigina sanoat ahamiyatiga ega. Fosfat xom ashyosini zamonaviy qazib olinishi jadalligi bir yilda 28 mln.t ni tashkil etadi, u 3000 yilgacha yetgan bo‘lardi. Lekin yildan-yilga qazib olish jadalligi oshib borishi va undan fosforni ajratib olish uslublari takomillashganligini e’tiborga olish lozim. Shu nuqtai nazardan termik jihatdan qayta ishlash istiqbolli hisoblanadi, u elementar fosforni ajratib olish, shu asosida esa yuqori kontsentrlangan polifosfor kislotalarni hamda ularning tuzlarini olish imkonini beradi. Hozirgi kunda ekstraktsion uslubdan (apatit yoki fosforitni sulfat kislota yoki uning nitrat kislota bilan aralashmasi yoki fosfat kislota yordamida parchalash) ko‘proq foydalaniladi. Ekstraktsion uslubda olingan fosfat kislotaning kamchiligi uning ifloslanganligi va undan olingan sunggi mahsulotlarning chiqindi moddalarga boyligi hamda ishlab chiqarilgan o‘g‘itning kontsentratsiyasini pastligi hisoblanadi. Elementar (qizil fosforning ishlab chiqarish istiqbollari, unga mis oksidi (P massasiga 1% miqdorda) qo‘shilganda, asta-sekin tuproqda o‘simlik tomonidan oson o‘zlashtiriladigan ortofosfat (H3PO4) kislotagacha oksidlanadi. Elementar fosfor tarkibida chiqindi mahsuloti yo‘q va tashish uchun eng kam xarajatli (P2O5 ning miqdori 22,9%).
Sinov savollari
Apatitlar va fosforitlar: ularning o‘xshash va farqlanuvchi belgilari.
Dostları ilə paylaş: |