Reja: 1.Psixologiya ilmiy fan sifatida shakillanishi. 2.Emperik model tushunchasi. 3.Emperik modellarning tarkibi.
Boshqa fan sohalari, ayniqsa, tibbiy-biologik izlanishlarda inson va uning murakkab tuzilishi, ruhiy hayotiga qiziqish ortib borgan sari sekin-asta psixik jarayonlarning ham yaxlit bir tizimi bo’lishi va uni ham fanning yutuqlaridan foydalangan holda o’rganish mumkinligi g’oyasi paydo bo’ldi. Qolaversa, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, inson ruhiyati to’g’risidagi psixologik hamda falsafiy qarashlar bilan tabiiy-ilmiy (anatomik, fiziologik, biologik, bioximik va boshqalar) qarashlar o’rtasida tafovutlar chiqqani sari uning alohida fan sifatida shakllanishi zarurati ortib bordi. Olimlar orasida aynan inson ruhiy olamini izchil va tizimli o’rganishga extiyoj paydo bo’ldi
Balki, aynan bir qator fanlarni – ham gumanitar, ham tabiiy fanlar asoslarini yaxshi bilganligi obyektiv sabab bo’lgandirki, olim odam psixologiyasi, unda ro’y beradigan jarayonlar – oddiy sezishdan tortib, mavhum tafakkurgacha bo’lgan jarayonlarni, hissiy holatlarni amaliy tarzda eksperimentlarda o’rgana boshladi. Uning maqsadi – eng avvalo inson ongini tashkil etuvchi sof elementlarni ajratib olishdan iborat edi. Shuning uchun ham psixologiyada u asos solgan yo’nalish strukturalizm deb nomlandi.
XIX asr oxirlarida, aniqrog’i, 1879 yilda nemis olimi Vilgelm Vundt Leybnis universitetida dunyoda birinchi ekmperimental psixologik laboratoriyaga asos soldiki, unda o’tkazilgan yuzlab tajribalar va eksperimentlar psixologiyaning ham alohida fan sifatida o’zini ko’rsatishga haqli ekanligini isbotladi. Aynan shu insonning, Vundtning, psixologiya ilmi maktabini yaratganligida ham ma’no bor. Chunki Vundt tibbiyot fani bo’yicha ham mukammal bilimlarga ega bo’ldi, keyin fiziologiya sohasida muvaffaqiyatli ishladi, so’ngra falsafaga berilib ketdi.
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida G’arbiy Yevropada filosofiya va ilmiy tafakkur sohasida keskin burilish ro’y beradi. Fanda tajribaga asoslangan yangi oqim (empirik oqim) rivojlana boshlaydi. Ilmiy tafakkurdagi bu burilish, odatda, ingliz mutafakkirlari F. Bekon, Gobbs, Lokklarning, shuningdek, fransuz filosofi R. Dekartning nomi bilan bog’langan.Frensis Bekon (1561-1625 y.) va Tomas Gobbs (1588-1679 y.) Bekon ta’limotiga ko’ra, fan, birinchi navbatda atrofdagi tabiatni, uning ba’zi bir hodisa va qonunlarini o’rganish bilan shug’ullanmog’i kerak.
Tabiatni o’rganish uning ustidan hukmronlik qilish uchun kerak. Tabiatni o’rganish metodi umumiy og’zaki mulohazalardan emas, balki tajribadan iborat bo’lmog’i kerak. Bekon rasionalistik deduktiv metodni fanda befoyda deb inkor qildi va tajribaga asoslangan induktiv metodni asoslab berdi. Ayni vaqtda Bekon ruh va ruhiy hayot haqidagi masalalarni ham qo’zg’agan edi.
Bekon ruhni ikkiga bo’ladi: aqliy va hissiy ruhlar. Birinchisi ilohiy nafasdan kelib chiqadi, ikkinchisi moddiy (jismiy) bo’lib, barcha organik mavjudotlarga xosdir. Hayvonlarning tanasi hissiy ruh organidir, insonda esa tana aqliy ruh organi bo’lib xizmat qiladi. Bekon ruhning qobiliyatlari haqida gapirar ekan, fahm, aql, xotira, istak, irodalarni ko’rsatadi. Lekin uning ta’limotining bu qismi rivojlantirilmagan. Psixologiya masalalarida u ayrim-ayrim tasodifiy mulohazalar bilan cheklanib qolgan.Bekonning tasavvurlar mexanikasi haqidagi fikrlarini boshqa bir ingliz faylasufi – Gobbs yanada mufassalroq rivojlantirdi. Gobbsning fikricha, psixik hayotning asosini go’yoki o’ziga tortuvchi, jalb qiluvchi (huzur, istak, muhabbat) va ranjitadigan (og’riq, qo’rquv, nafrat) kuchlaridan iborat bo’lgan ehtiroslar tashkil etadi. Psixologik hodisalarning o’zi moddiy tartibdagi faktlardir. Ularning rivojlanishi nutqning rivojlanishi bilan bog’liqdir.
Dekart psixologiya sohasidagi ta’limotini, asosan o’zining “Ruh ehtiroslari haqida” degan asarida bayon qilgan. Ruhning faoliyati sezgilar, xotira, tafakkur, iroda – o’z qonuniyatlariga, ya’ni ruhiy qonunlarga binoan ro’y beradi, tananing faoliyati (harakat) esa mexanika qonunlariga binoan ro’y beradi. Shunday qilib, psixik va fiziologik (moddiy.) jarayonlar parallel holda ro’y beradi. Shuning uchun ham Dekart XX asrgacha bo’lgan psixologiyada keng tarqalgan nazariyaning, ya’ni; psixofizik parallelizm ta’limotining asoschisi hisoblanadi.Ingliz olimi va pedagogi Jon Lokk Bekon kashf qilgan ilmiy metodning bevosita davomchisi edi.
Lokk psixologiya ham, boshqa tabiat fanlari singari, og’zaki mulohazalarga emas, balki tajribaga asoslanmog’i kerak, deb hisoblaydi. Shuningdek u ruhning va uning kuchlarining asl mohiyatini bilish mumkinligini inkor qildi. “Men, deydi Lokk, ruhning mohiyati nimadan iborat yoki hayotiy ruhimizning qanday harakatlari sezgilarga... yoki tasavvurlarga olib keladi degan tekshirishlar bilan o’zimni qiynab o’tirmayman, chunki bu quruq mavhum fikr yurgizishdir” Lokkning aytishicha, faqat ruhiy hodisalarni o’rganish kerak. Bu hodisalarni o’rganishning birdan-bir metodi tajriba va kuzatishdir.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Foydalanilgan adabiyotlar: Bolotova A.K. Prikladnaya psixologiya: Uchebnik dlya vuzov / A.K. Bolotova. – M.: Gardariki, 2006. – 382 s. Yenikeyev M.I. Obshaya i sosialnaya psixologiya: Uchebnik dlya vuzov. – M.: Norma, 2005. – 624 s. Zarochensev K.D., Xudyakova A.I. Eksperimentalnaya psixologiya: Uchebnik. – M.: TK Velbi, Izd-vo Prospekt, 2005. – 208 s. Karimova V.M. Psixologiya. O’quv qo’llanma. – T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, “O’AJBNT” markazi, 2002. – 205 b. Karimova V.M., Akramova F.A. Psixologiya. Ma’ruzalar matni. 1-qism. – T.: TDIU, 2005. – 208 b. Klimov. Ye.A. Vvedeniye v psixologiya truda: Uchebnik dlya vuzov. – M.: Kultura i sport: YuNITI, 1998. – 343 s.
http://hozir.org