Kursloyihas I


Korxonaning ish rejimini aniqlash



Yüklə 266,15 Kb.
səhifə7/7
tarix15.06.2023
ölçüsü266,15 Kb.
#130972
1   2   3   4   5   6   7
Bekzod bog\'lovchi moddalar.docx tayyor

1.4 Korxonaning ish rejimini aniqlash
Qurilish gipsini ishlab chiqarishda tabiiy ikki suvli gips toshi asosiy komponent sifatida ishlatiladi.
β-gips 6000C haroratda aylanuvchi pechlarda va gips pishirish qozonlarida 6000C haroratda gips toshini, oldindan maydalab va saralab pishirish yo‘li bilan olinadi.
Quritish barabanlari uzluksiz ishlaydigan agregatlar bo‘lganligi tufayli uch smenali ishlash rejimini ta’minlanishi kerak.
Uzluksiz ishlashda korxonaning yillik vaqt fondi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Tf.kor=(365 - n) = 3×8 (365 - 15) = 3×8×350= 8400 soat / yil
bu yerda, n - yirik ta’mirlash uchun kun soni (qabul 15 kun qabul qilinadi).

2-jadval


Korxonaning bog‘lovchi ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish dasturi



Mahsulot nomi

Mahsulotni chiqishi, tonna

Yilda

sutkada

smenada

Soatda

Qurilish gipsi

800

2,28

0,76

0,095

Xom ashyo materialiga texnologik loyihalash me’yorlari bo‘yicha talablaridan kelib chiqib solishtirma sarf 1,25t / t ni tashkil qiladi, ya’ni


36·1,25=45 t/soat.


1.5. Yuk oqimlarini hisoblash
3-jadval
Qurilish gipsi ishlab chiqarishda yuk oqimlarini hisoblash

Operatsion texnolog nomi

Yo'qotishlar-ning tezligi

Yuk okimlari, ton

Yili

sutkada

smenada

soatda

Qabul qiluvchi bunker

0,5

1201,36

3,43

1,14

0,14

Lotokli ta’minlagich

0,5

1195,39

3,41

1,13

0,14

Tasmali konveer

0,5

1189,44

3,39

1,13

0,14

Bolg’ali maydalagich

0,5

1183,52

3,38

1,12

0,14

Elevator

0,5

1177,63

3,36

1,12

0,14

Gipstosh bunkeri

0,5

1171,78

3,34

1,11

0,13

Tarelkali ta’minlagich

0,05

1165,95

3,33

0,41

0,05

Aylanuvchi pech

1,03

1160,15

3,31

1,04

0,13

Elevator

0,005

816,12

2,33

0,77

0,097

Kuydirilgan gipstosh bunkeri

0,005

812,06

2,32

0,77

0,096

Elevator

0,005

808,02

2,30

0,76

0,96

Sharli tegirmon

0,005

804

2,29

0,76

0,95

Tayyor maxsulot bunkeri




800

2,28

0,76

0,095

II.Uskunalarni tanlash va hisoblash.
2.1. Xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar
omborlarini loyihalash

Omborlar texnologik loyihalash me’yorlariga asosan, yuk oqimlarining hajmi va texnologik tarmoqning ishlashini tashkil etish uchun qabul qilingan shartlarni hisobga olgan holda loyihalanadi. Xom ashyo ishlab chiqarish sexlariga zavodning xom ashyo omborlaridan yetkazib beriladi. Ombor turlarini tanlash texnologik va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi. Yopiq omborlar asosan saqlanayotgan materialning sifat xususiyatlarining barqarorligini ta’minlovchi omborlardan foydalani-ladi. Ombor to‘g‘ri ishlaganda kiruvchi transportni tez tushirish, ishlab chiqarishga xom ashyoni uzluksiz yetkazib berish va transport operatsiyala-rining eng kam xarajatini ta’minlaydi.


Omborlar hajmi minimal bo‘lishi kerak, bu esa korxonaning aylanma mablag‘laridan foydalanishni oshiradi. Xom ashyo omborlarida material zaxirasi me’yorlariga ko‘ra ombordagi fond:
joriy - 2 kun,
sug‘urta - 1 kun.
Tayyor mahsulotlar uchun:
joriy - 2 kun
sug‘urta - 1 kun
Bu ma’lumotlar asosida omborda saqlanayotgan xom ashyoning joriy hajmi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Vmater= Qsut.∙ 3
bu yerda: Qsut. - kundalik material iste’moli, m3;
3-ombordagi materialning umumiy zaxirasi, kun.
Shunday qilib, omborda saqlanadigan gips toshining hajmi:
Vgips=1201,36×3=3604 m3.
Hisoblangan xom ashyo hajmi uchun ombor hajmi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Vomb=Vmater / K
bu yerda K - ombor hajmidan foydalanish koeffitsienti (K =0.8)
Gips toshi ombori hajmi
Vomb = 3604 / 0,8= 4505 m3
Ombor kengligi (v) saqlanayotgan materialning tabiiy qiyalik burchagini hisobga olgan holda qabul qilingan balandligiga qarab beriladi. v=18 m;
Ombor uzunligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Lomb= Vomb /G‘omb,
bu yerda G‘omb - ombor ko‘ndalang kesimining material bilan to‘ldirilgan yuzasi ( kichik rasm ko‘rinishida belgilanadi).
Lomb =4505 / 90= 50 m
Ombor uzunligi 50 m deb qabul qilamiz.
2.2. Tayyor mahsulot omborlarini hisoblash

Qurilish gips silos turidagi omborda saqlanadi. Ombordagi zaxirasi to‘rt kunga yetadigan qilib olinadi.


Silos ombori hajmi:
Vsil.=A∙4/365∙K∙G ,
bu yerda Vsil - silos ombori hajmi,
K- ombor hajmidan foydalanish koeffitsienti, K= 0.9;
4 - ombordagi materialning umumiy zaxirasi, kun.
A - korxona maxsuldorligi, t / yil;
G - silosga yuklangan gipsning o‘rtacha hajmiy massasi.
Vsil =800 ∙ 4 / 365 ∙ 0,9 ∙ 1,3 = 7,4 m3;
Bonkalar soni-12 dona, u holda bir bonka hajmi
V1= Vsil /12 = 7,4 / 12 = 0,61 m3
Bonkalarning balandligi:
h = 4∙V /π∙ d2,
bu yerda d kanalning diametri, d = 8m;
h = 4 ∙ 0,61 / 3,14 • 82 = 0,02 m.


2.3. Uskunalarni tanlash
4-jadval
Uskunalar qaydnomasi





Jihozni nomi

Tipi, markasi

Ishlab chiqarish quvvati

Elektr dvig. quvvati,Kvt

Xarakteris-tikasi

Soni

1

2

3

4

5

6

7

1

Lotokli ta’minlagich

RChN-120-1 15,5
AO-42-4

15 m3/ch

2,8x3=7,4

1500 ayl./min

3

2

Tasmali konveyer

LK-N 300

40t/soat

3

Tasma eni 300mm.

1

3

Bolg‘ali maydalagich

smd-112

10-15 t/soat

1

D=200 mm, d=25 mm.

1

3

Elevator

ELG- 160

10 m3/soat

0,6x3=1,8

N=45m.

3

4

Shnek

KV-9/219

50 t/soat

11x8=88

L=9m

8

5

Aylanuvchi pech




20 t/soat

21.0

D=2,2m., L=9m

1

6

Sharli tegirmon

F900×3000

0.8-2.5 t/soat

22

35.6 ayl./min

1



II. Ishlab chiqarish tarmog‘ida uskunalarni joylashtirish tartibi
Tarmoqda uskunani joylashtirishda uning samarador ishlashi uchun sharoit yaratishi kerak. Joylashtirish bir tekisda - ustunlar oralig‘i 18 yoki 24 metr, 6 yoki 12 metrlik kenglikda amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish jarayoni hech qanday qaytarma harakatlarsiz yoki kesishishlarsiz davom etishi kerak. Jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun yo‘laklar, shuningdek, chang ushlovchi qurilmalar, nazorat va avtomatlashtirish hisobga olindi. Asosiy sexdagi jihozlarning joyla-shish tartibi ham undan eng to‘liq va samarali foydalanish shartlari ta’minlandi (ilova).


III. Tayyor mahsulot sifatini va ishlab chiqarish
nazorat qilishni tashkil etish

Amaldagi standart va texnik shartlarning talablariga javob beradigan bog‘lovchi ishlab chiqarilishini ta’minlash uchun tayyor mahsulot sifati va ishlab chiqarish ustidan nazoratni tashkil etish lozim.


Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish va tartibga solish, namuna olish, kimyoviy tahlil, material namligini aniqlash va hokazolaruchun avtomatik qurilmalar qo‘llashga alohida e’tibor qaratish lozim.
Zavodda tayyor mahsulot, xom ashyo sifatini va texnologik rejimlarga rioya qilish ustidan joriy operativ nazorat o‘rnatilgan.
Nazoratni tashkil etish bo‘yicha hulosalar 4-jadvalda keltirilgan.

5-jadval
Qurilish gipsi ishlab chiqarish texnologik jarayonini nazorat qilish xaritasi





Texnologik operatsiya, jarayon

Nazorat xarakte-ristikalari

Nazorat
joyi

Davomiy
ligi

Nazorat qiluvchi shaxs

Nazorat
turi

Gips tosh yetkazib berish, saqlash

Namlik, kimyoviy tarkibi

Laborato-riya

Har kuni bir marta

Laborant

Titrlash, quritish

Kuydirish

Boshlang‘ich va oxirgi harorat va namlik, kimyoviy tarkibi

Laborato-riya, sex




Laborant

Chamalash, quritish, titrlash

Tuyish mayinligi

Namlik, dispers-lik, kimyoviy va mineralogik tarkibi

Laborato-riya




Laborant

Titrlash, quritish

IV. Loyihada qabul qilingan yechimlar samaradorligini baholash

Loyiha yechimlaridagi samaradorlikni baholash uchun energiya sarfi (yoqilg‘i, elektr energiyasi), mehnat sarfi (natural birliklarda), tayyor mahsulotni 1 m2 ishlab chiqarish maydoniga to‘g‘ri keladigan miqdori bo‘yicha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlash lozim.


Bu ko‘rsatkichlarni quyidagicha aniqlash mumkin:
1. Mahsulot birligiga yoqilg‘i sarfi qurilmani hisoblash aniqlangan,
2. Elektrenergiyani solishtirma quvvat sarfi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Esol=Eyil/Pyil,
bu yerda Eyil -yillik elektr iste’moli, kVt/soat,
Pyil -korxonaning yillik unumdorligi.
Pyil = N∙F∙Kv∙Kz∙1,1 / Z ,
bu yerda N -o‘rnatilgan uskunaning quvvati, kvt, N = 144,2 kVt
G‘-korxona ish vaqti,
Kv-dvigateldan vaqt bo‘yicha foydalanish koeffitsienti, Kv =0.75
Kz-dvigatel quvvatini yuklovchi omil, Kz =0.85
Z - dvigatelning samaradorligi, Z = 0,8
3. Mahsulot birligiga mehnat xarajatlari (mehnat hajmi):
T = 192∙8∙350/800=672 soat / tonna
4. Mehnat unumdorligi - bir ishchi boshiga yiliga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori.
Ro‘yxatdagi ishchilar soni (Ki) ga teng:
Ki =Kya∙Kp ,
bu yerda Kya ishchilar soni, Kya = 120
Kp -bir yilda ishlanmaydigan kunlar sonini hisobga oluvchi koeffitsient,
Ki =120∙1,6=192 odam.
5. Energiya bilan qurrolanganlik - bir ishlab chiqarish ishchi boshiga to‘g‘ri keladigan elekr dvigatellarning quvvatni yig‘indisi
E = N / Ks
E =144,2/192=0,75 kVt/odam
6. 1 m2 ishlab chiqarish maydoniga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqlori(S):
C = Pg /F
bu yerda G‘ - sexlarning ishlab chiqarish maydoni, m2.
C =800 /4505=0,17 tonna /m2


V. Havfsizlik texnikasi, mehnat va atrof muhit muhofazasi chora-tadbirlar
Bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda binolar havosidagi chang va namlikning ortishi, quritish barabanlari va tegirmonlarining ishonchsiz issiqlik izolyatsiyasi noqulay ish sharoitlarini keltirib chiqaradi. Changga qarshi kurashish uchun barcha konstruktiv uskunalar va mexanizmlar mahkam, qattiq, muhrlangan yopiq metall kassetalarga joylashtirilishi kerak.Gazlar hosil bo‘ladigan joylarda umumiy ventilyatsiyadan tashqari mahalliy ventilyatsiyani ham tashkil qilish kerak. Tutun gazlar va havoni 99% gacha tozalashga kafolat beradigan eng samarali chang-yig‘ish qurilmalardan foydalanish talab etiladi. Mexanizmlarning barcha aylanuvchi qismlari ishonchli himoyalangan bo‘lishi kerak. Korxonada xizmat xodimlarini muayyan uskunani ishga tushirish haqida ogohlantiruvchi tovush va yorug‘lik signalizatsiyasi tizimiga ega. Barcha tok o‘tkazuvchi qismlar (ichki kabellar, o‘chirgichlar va boshqalar.) izolyatsiya qilinishi kerak. Xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish texnologiyani yanada takomillashtirish, barcha ishlab chiqarish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish orqali ta’minlanishi lozim.

Xulosa
Ushbu kurs loyihasi mobaynida biz gips bog’lovchilar turiga mansub bo’lgan qurilish ishlab chiqarish sexini loyihalash ishlarini olib bordik. Gips ishlab chiqarish sexida yiliga 800 tonna qurilish gips ishlab chiqarishni loyihalashni o’rgandik.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati





  1. Qosimov E. Qurilish ashyolari. T., Mehnat, 2004.

  2. Maxmudova N.A. Bog‘lovchi moddalar T., TAQI, o‘quv qo‘llanma 2012. -118 b.

  3. A.Hamidov – Qurilish materiallari va buyumlari. –T.: “Fan va texnologiya”, 2014, 344 bet.

  4. Yushkevich M.O., Anastasiadi A.P., Borovskiy V.R. Spravochnik po proizvodstvu gipsa i gipsovыx izdeliy. - M.: Stroyizdat, 1963 - 464s.

  5. Kabanov V.S. Metodicheskie ukazaniya po kursovomu proektirovaniyu. - Voronej: VGASA, 1990 - 100s.

  6. Shmitko Ye.I. Protsessы i apparatы v texnologii stroitelnыx izdeliy (raschet apparatov). Uchebnoe posobie. - Voronej: VGASU, 2006 - 165s.

  7. http://www.liapor.com/at/index.php

  8. http://tetravion.com.ua/sidishield

  9. http://science.fentu/cms_files/Image/Bekker.pdf

  10. http://www.nanonewsnet.uz/

  11. http://www.stroinauka.uz/


Gipsli bog‘lovchilar ishlab chiqarish sexida jihozlarni
joylanish sxemasi






Yüklə 266,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin